Tuxsiturkiy qabilalardan biri. Ular VII—VIII asrlarda turkiy qabila ittifoqi tarkibida boʻlib, Turkash xoqonligining siyosiy hayotida faol qatnashganlar.

Tuxsilar VIII—X asrlarda Yettisuv va Issiqkoʻlning janubida yashagan. Ular, asosan, koʻchmanchi chorvador boʻlganlar. 766-yil qarluqlar Yettisuvni egallagach, tuxsilar ularning tarkibiga kirib, oʻzbek elatining shakllanishida faol qatnashgan. X—XI asrlar davomida tuxsilarning katta qismi Movarounnahr hududiga koʻchib kelib oʻtroqlashgan va mahalliy aholi tarkibiga aralashib, keyinchalik oʻz etnik nomlarini batamom unutib yuborgan.

AdabiyotlarTahrirlash