Two Prudential Plaza
Two Prudential Plaza – 64 qavatli osmonoʻpar bino boʻlib, Illinoys shtati, Chikagoning Loop hududida joylashgan. Balandligi 303 metrni tashkil etadi. 2022-yil holatiga koʻra Two Prudential Plaza binosi Chikagodagi yettinchi eng baland bino va AQShdagi eng baland 28-bino hisoblanadi[1]. 1990-yilda qurilgan bino dizayini Loebl Schlossman Hackl firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Stiven T. Wright dizayn uchun mas’ul boʻlgan[2]. Bino 8 ta mukofotga sazovor boʻlgan, jumladan 1995-yilda Illinoys Strukturaviy muhandislar assotsiatsiyasining „Eng yaxshi tuzilma“ mukofotini qoʻlga kiritgan[3].
Two Prudential Plaza | |
---|---|
Two Prudential Plaza | |
2016-yil may oyida Two Prudential Plaza binosi | |
Umumiy maʼlumot | |
Shahar | Chikago |
Mamlakat | AQSh |
Koordinatalar | 41°53′08″N 87°37′22″W / 41.88556°N 87.62278°W |
Qurilishi boshlangan | 1988-yil |
Qurilishi tugagan | 1990-yil |
Texnik holati | |
Qavatlar soni | 64 |
Dizayn va konstruksiya | |
Arxitektor firma | Loebl Schlossman & Hackl |
Asosiy pudratchilar | Turner Construction Company |
onetwopru.com | |
Two Prudential Plaza |
Tarixi
tahrirQurilish 1988-yilda boshlangan va Two Prudential Plaza 1990-yilda yakunlangan. Qurilish tugallanganda Two Prudential dunyodagi eng baland temir-beton bino boʻldi. Uning oʻziga xos shakli shimoliy va janubiy tomonlarida bir-biriga oʻralgan toʻsiqlari hisoblanadi.
Bino 1992-yildan One Prudential Plaza (ilgari Prudential Building deb nomlangan)[3].
2006-yil may oyida Los-Anjelesda joylashgan BentleyForbes investitsiya firmasi investori Frederik Wehba tomonidan Two Prudential Plaza va One Prudential Plaza 470 million dollarga sotib olindi[4].
Ijarachilar
tahrirKanadaning Chikagodagi Bosh konsulligi Suite 2400 da joylashgan Binoning Lake Street plazasida Kanada bayrogʻi va AQSh bayrogʻi bilan birga hilpiraydi.
Audacy toʻqqizinchi va oʻn ikkinchi qavatlarni, jumladan WBBM, WBBM-FM, WBMX, WXRT, WUSN, WSCR va WCFSni egallaydi.
2018-yil iyul oyida Chicago Tribune va Tribune nashriyotlari Tribune minorasini tark etgandan beri Two Prudential Plaza binosi bu nashriyotlarning bosh ofisi hisoblanadi[5].
Ommaviy madaniyatda
tahrirBino 1994-yilda Richie Rich filmida Rich Industries Inc. sifatida paydo boʻladi[6].
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Two Prudential Plaza – The Skyscraper Center“. Council on Tall Buildings and Urban Habitat. Archived from the original on 2013-02-02.
- ↑ Gapp, Paul. „Too prudent Two Pru design is functional but uninspired“. Chicago Tribune (1990-yil 23-dekabr), s. 3.
- ↑ 3,0 3,1 „Two Prudential Plaza, Chicago“. Emporis. 2007-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-iyul.
- ↑ Gallun, Alby. „BentleyForbes secures financing for Prudential Plaza purchase“. Crain's Chicago Business (2006-yil 30-may). Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
- ↑ Kogan. „Farewell to Tribune Tower: Friday we pack our boxes and depart what has been this newspaper's home“. Chicago Tribune.
- ↑ Nicole. „Chicago's Most Famous Movie Spots“. WBBM News (2011-yil 23-mart). 2016-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-fevral.