Tyan-Shan marmaragi
Tyan-Shan marmaragi (lotincha: Salvia tianschanica) — ikki urugʻpallalilar sinfi, yalpizdoshlar oilasi, marmarak turkumiga mansub ko‘p yillik gulli o‘simlik turi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Ugom, Chatqol, Qurama tizmasi shimoliy qismlarida, Olmaliq shahri atroflarida uchraydi[1].
Tyan-Shan marmaragi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Marmarak |
Oila: | Yalpizdoshlar |
Binar nomi | |
Salvia tianschanica |
Tavsifi
tahrirBalandligi 25-40 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. O‘q ildiz sistemasiga ega. Poyalari 1-3 ta, tik o‘suvchi, shoxlangan, qalin bezchasimon, uzun oddiy tuklar bilan qoplangan. Barglari uzun cho‘ziq nashtarsimon, uzunligi 7-9 sm, eni 3-4 sm, o‘tkir uchli, chetlari patsimon bo‘lingan. Yopirma barglari uzun bandli, yaproqlarining uzunligi bandiga teng, poyadagi barglari kichikroq bandsiz. Gulqo‘rg‘oni murakkab qisman qo‘shilgan. To‘pgullari 4-6 ta soxta xalqadan tashkil topgan. Gulbandining uzunligi 12-14 mm. Gullari ikki jinsli, uzunligi 35-40 sm, gultojibarglari pushti tusda. May iyun oylarida gullab mevasi iyulda pishib yetiladi. Mevasi quruq yong‘oqcha. Yong‘oqchasi uch qirrali, teskari tuxumsimon, uzunligi 6 mm, yuzasi silliq. Urug‘i orqali ko'payadi.
Tarqalishi va o‘sish sharoiti
tahrirTabiatda juda kam tarqalgan. Toshkent viloyati Ugom, Chatqol, Qurama tizmasi shimoliy qismlarida, Olmaliq shahri atroflarida uchraydi. Tog‘larning pastki qismlaridagi quruq, mayda jins shag‘alli tuproqlarda alohida alohida yoki to‘plar hosil qilib o‘sadi. Chatqol biosfera rezervati qo‘riqxonasi va Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Salvia tianschanica“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.