Tyias Charlz Browning (1994-yil 27-mayda tugʻilgan), shuningdek Jiang Guangtai nomi bilan tanilgan (xitoycha: 蒋光太), Xitoy Superligasi klubi Guangzhou FC himoyachisi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi. Angliyaning Liverpool shahrida tugʻilgan[1], 2021-yildan beri Xitoy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Tyias Browning
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jiang Guangtai
Tavallud sanasi 27-may 1994-yil (1994-05-27) (29 yosh)
Tavallud joyi Liverpool, Angliya
Boʻyi 1.87m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shanghai Port F.C.
Raqami -
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2012 Everton
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2019 Everton 7 (0)
2014Wigan Athletic (Ijara) 2 (0)
2017Preston North End (Ijara) 8 (0)
2017—2018Sunderland (Ijara) 27 (0)
2019—2022 Guangzhou Evergrande 48 (0)
2022- Shanghai Port F.C. 0 (0)
Milliy terma jamoa
2010 Angliya U17 4 (0)
2013 Angliya U19 4 (0)
2014—2015 Angliya U21 5 (0)
2021- Xitoy 14 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-avgust 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (27-iyul 2022-yil uchun)

Browning markaziy himoyachi sifatida oʻynashdan tashqari, oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynay oladi[2][3].

Yoshlar jamosi tahrir

Browning Angliyaning Liverpool shahrida tugʻilgan[4]. U oʻzining sobiq Wigan Athleticdagi jamoadoshlari Li Nikolls va Jek Fillips bilan bir maktabda oʻqigan[5]. U Xitoy terma jamoasida oʻynash huquqiga ega boʻlgan, buning sababi uning onasi tomonidan bobosi Ying-Ving Chiang (1939—1992), Angliyaning Maklesfild shahrida oshpaz boʻlib ishlagan, Xitoyning Sinxuy okrugidagi Meige qishlogʻidan Angliyaga koʻchib kelgan[6]. Uning ona tomondan bobosi qora tanli britaniyalik ayolga uylangan. 2019-yilda Browning Xitoy fuqaroligini qabul qilgan[7].

Klubdagi faoliyati tahrir

Everton tahrir

 
Browning 2011-yil iyul oyida „Everton“ safida mavsumoldi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻynagan.

Browning „Everton“ga 2004-yilda oʻn yoshida kelib qoʻshilgan[8][9]. Bungacha u „Everton“ga oʻtgunga qadar sakkiz oy davomida mahalliy jamoada oʻynagan[9]. „Everton“ yoshlar jamoasida oʻtganidan soʻng, Browning klub zaxirasida oʻynay boshlagan va u yerda asosiy tarkib oʻyinchisiga aylangan[10]. Keyin u 2010/11-yilgi mavsumda Everton Reservesga U18 Premer-liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan[11][12][13].

Browning klub zahirasida rivojlanib, u yerdagi faoliyati davomida oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan[14].

Guangzhou Evergrande tahrir

2019-yilning 20-fevralida Browning nomaʼlum toʻlov evaziga Xitoy Superligasining „Guangzhou Evergrand“ klubiga oʻtgan[15][16]. 2019-yilning 5-martida u OChL-2019 doirasida Yaponiyaning „Sanfrecce Hirosima“ jamoasiga qarshi oʻz uyida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan holda klub safida debyut qilgan[17].

Shanghai Port F.C. tahrir

2022-yilning 22-avgustida Browning Xitoy Superligasining „Shanhay Port“ klubigaoʻtgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

Brownning Angliyani 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan toifada himoya qilgan[18][19].

2010-yilda Browning toʻrt marta, Angliya U17 uchun maydonga tushgan, jumladan, Nordic turniriga chaqirilgan[20][21].

2013-yil mart oyida Browning Angliya U19 terma jamoasiga ilk bor chaqiruv olgan va Turkiya U19 terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[22]. U 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoa safida toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan.

2014-yilning may oyida Browning birinchi marta 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga chaqirilgan[23]. 2014-yil 22-may kuni Browning Angliya U21 terma jamoasida debyut qilgan va oʻyinda Qatar U21 ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan[24].

Browning 2020-yilda Xitoy terma jamoasiga ilk bor chaqiruv olgan, ammo xalqaro maydondagi debyutini 2021-yil 30-may kuni Guamga qarshi Jahon chempionati saralash oʻyinida oʻtkazgan[25].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Everton 2012-13 Premier Liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2013-14 0 0 0 0 0 0 0 0
2014-15 2 0 0 0 0 0 1 0 3 0
2015-16 5 0 0 0 1 0 6 0
2016-17 0 0 0 0 0 0 0 0
2017-18 0 0 0 0 0 0 0 0
2018-19 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 7 0 0 0 1 0 1 0 9 0
Wigan Athletic (Ijara) 2013-14 Championship 2 0 0 0 0 0 2 0
Preston North End (Ijara) 2016-17 Championship 8 0 0 0 0 0 8 0
Sunderland (Ijara) 2017-18 Championship 27 0 1 0 1 0 29 0
Guangzhou Evergrande 2019 Xitoy Super Ligasi 4 0 1 0 8 0 13 0
2020 17 0 0 0 4 0 21 0
2021 19 0 0 0 0 0 19 0
2022 8 0 0 0 0 0 8 0
Jami 48 0 1 0 0 0 12 0 0 0 61 0
Karyerada jami 92 0 2 0 2 0 13 0 0 0 109 0

Xalqaro statistika tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyinlar Gollar
2021 9 0
2022 2 0
Jami 11 0

Manbalar tahrir

  1. 杨兴乐; 潘晓晨. „布朗宁归化有望,属江门新会蒋氏"光"字辈“. Southern+. Guangzhou: Southern Metropolis Daily (20-iyun 2019-yil). 9-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „10 FACTS ABOUT TYIAS BROWNING“. Wigan Athletic F.C. (10-yanvar 2014-yil). 20-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  3. „Tyias Browning: all you need to know about Everton FC's latest defensive hope“. Liverpool Echo (13-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  4. „Tyias Browning“.
  5. „10 FACTS ABOUT TYIAS BROWNING“. Wigan Athletic F.C. (10-yanvar 2014-yil). 20-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  6. 杨兴乐; 潘晓晨. „布朗宁归化有望,属江门新会蒋氏"光"字辈“. Southern+. Guangzhou: Southern Metropolis Daily (20-iyun 2019-yil). 9-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „布朗宁入籍成功是中国公民 但能否出场需FIFA审核“ (xitoycha). Sina Sports (11-iyul 2019-yil).
  8. „Everton defender Tyias Browning signs for Chinese side Guangzhou Evergrande“. BBC Sport (20-fevral 2019-yil).
  9. 9,0 9,1 „Exclusive Tyias Browning PNE column“. Lancashire Evening Post (9-fevral 2017-yil). Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  10. „10 FACTS ABOUT TYIAS BROWNING“. Wigan Athletic F.C. (10-yanvar 2014-yil). 20-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  11. „Where are they now? Looking back at Everton's U18 Premier League champions of 2010/11“. Liverpool Echo (25-may 2014-yil). Qaraldi: 27-sentabr 2014-yil.
  12. „Everton FC academy stars hoping to become the cream of the national crop (GALLERY)“. Liverpool Echo (11-may 2011-yil). Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  13. „Tyias Browning: all you need to know about Everton FC's latest defensive hope“. Liverpool Echo (13-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  14. „Browning Eyes Bolton Double“. Everton F.C. (25-noyabr 2012-yil). 23-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  15. „恒大官宣归化球员布朗宁加盟 携手韩国外援朴志洙“ (xitoycha). Sina Sports (20-fevral 2019-yil).
  16. „Everton defender Tyias Browning signs for Chinese side Guangzhou Evergrande“. BBC Sport (20-fevral 2019-yil).
  17. „Group F: Guangzhou Evergrande FC (CHN) 2-0 Sanfrecce Hiroshima (JPN)“. the AFC (5-mart 2019-yil). Qaraldi: 6-mart 2019-yil.
  18. Tyias Browning (Wayback Machine saytida 9-oktabr 2014-yil sanasida arxivlangan) at TheFA.com
  19. „高拉特明年或以内援身份注册 布朗宁已获中国国籍“. Sina Sports (29-iyul 2019-yil). Qaraldi: 31-iyul 2019-yil.
  20. „Blues Head To Nordic Tournament“. Everton F.C. (2-avgust 2010-yil). 4-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  21. „Everton FC academy stars hoping to become the cream of the national crop (GALLERY)“. Liverpool Echo (11-may 2011-yil). Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  22. „International Blues“. Everton F.C. (18-mart 2013-yil). 23-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  23. „Defensive Duo Get U21s Call“. Everton F.C. (13-may 2014-yil). 22-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  24. „Browning Makes England Under-21 Bow“. Everton F.C. (22-may 2014-yil). 22-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2019-yil.
  25. „China vs Guam Teamsheet“. Twitter (30-may 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2021-yil.