Tyler Gunara (talaffuzi: Tayler Gunara; 2002-yil 18-avgustda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Miku Makita bilan birga 2021-yil Fransiyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining kumush va 2022-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Makita / Gunara juftligi 2020-yilgi O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida kuchli sakkizlikka kirgan va 2020-yilgi O‘smirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.

Tyler Gunara

Makita/Gunara juftligi 2020-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Kanada bayrogʻi Kanada
Tavalludi 18-avgust 2002-yil (2002-08-18) (21 yosh)
Vancouver, Britaniya Kolumbiyasi
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Sherigi Miku Makita
Oldingi sheriklari Victoria Verrelli
Murabbiyi Aaron Lowe
Megan Wing
Uchishni boshlagan 2008
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 154.11
Qisqa raqs 62.25
Erkin raqs 92.33

Shaxsiy hayoti tahrir

Gunara 2002-yil 1- avgustda Britaniya Kolumbiyasining Vankuver shahrida tugʻilgan.

Faoliyati tahrir

Tyler Gunara2016-yilning mart oyida Miku Makita bilan ufttlik hosil qilgan. Ularga Britaniya Kolumbiyasining Burnabi shahrida Megan Wing va Aaron Lowe murabbiylik qilgan[1]. 2016 — 2017-yilgi mavsumda Makita / Gunara juftligi yangi konkida uchuvchilar toifasida boʻlib oʻtgan Skate Canada Challenge musobaqasida rekord natija bilan gʻolib chiqqan. Juftlik „2017 Skate Canada BC/YK Section Awards“ taqdirlash marosimida „Ice Dance Youth Promise Award“ mukofoti bilan taqdirlangan[2].

2017 — 2018-yilgi mavsum tahrir

Makita / Gunara juftligiSkate Canada Challenge musobaqasida ishtirok etib, yana oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2018-yilgi Kanada chempionatida bir nechta xatoga yoʻl qoʻyib, Bashynska / Beaumont juftligi ortidan kumush medal sohibiga aylangan. Ularning natijasi ularga birinchi xalqaro topshiriq, 2018-yilgi Egna Dance Trophy turnirida ishtirok etgan Makita / Gunara juftligi rossiyalik Lukinskaya / Angelopol va Bashinska/Beaumont juftligini ortda qoldirib, oʻzining birinchi xalqaro bronza medalini qoʻlga kiritgan[3].

2018 — 2019-yilgi mavsum tahrir

Makita / Gunara juftligi xalqaro miqyosda o‘smirlar darajasiga ko‘tarilgan va 2018-yilgi Lake Placid Ice Dance International musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritib, oʻzlarining mavsumini boshlagan. Ular 2018-yili Kanadada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida sakkizinchi oʻrinni egallagan. Makita / Gunara juftligi Skate Canada Challenge turnirifa ham sakkizinchi oʻrindan joy olgan. Ular mavsumni 2019-yilgi Kanada chempionatida ishtirok etib, toʻqqizinchi oʻrinni olgan holda yakunlaganlar.

Dasturlari tahrir

Miku Makita bilan
Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2022 — 2023

2021 — 2022

2020 — 2021

2019 — 2020

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Miku Makita bilan
Xalqaro
Musobaqa 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19 — 20 20 — 21 21 — 22 22 — 23
GP Skate Canada WD
CS Nepela yodgorligi WD
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 8
Olimpiada 5
JGP Kanada 8
JGP Fransiya I 2
JGP Fransiya II WD
JGP Polsha 4
JGP AQSh 4
Bavarian Open 5
Egna Cup 3
Lake Placid IDI 2 6
Milliy
Kanada chempionati 2 9-J C 3-J
SC Challenge 1 1 8-J 3-J 2-J WD
WD = musobaqani tark etgan; J-oʻsmirlar darajasi, C = musobaqa bekor qilingan

Manbalar tahrir