Miku Makita
Miku Makita (2003-yil 16-iyunda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Tyler Gunara bilan birga 2021-yil Fransiyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining kumush va 2022-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Makita / Gunara juftligi 2020-yilgi O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida kuchli sakkizlikka kirgan va 2020-yilgi O‘smirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.
Miku Makita | |
---|---|
Makita/Gunara juftligi 2020-yilda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Kanada |
Tavalludi |
16-iyun 2003-yil New Westminster, Britaniya Kolumbiyasi |
Boʻyi | 1.59 m (5 ft 2 1⁄2 in) |
Sherigi | Tyler Gunara |
Murabbiyi |
Aaron Lowe Megan Wing |
Uchishni boshlagan | 2008 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa raqs | 62.25 |
Erkin raqs | 92.33 |
Shaxsiy hayoti
tahrirMakita 2003-yil 16-iyunda Britaniya Kolumbiyasining New Westminster shahrida tugʻilgan. Uning Riku ismli akasi bor.
Faoliyati
tahrirMiku Makita 2016-yilning mart oyida Tyler Gunara bilan ufttlik hosil qilgan. Ularga Britaniya Kolumbiyasining Burnabi shahrida Megan Wing va Aaron Lowe murabbiylik qilgan[1]. 2016 — 2017-yilgi mavsumda Makita / Gunara juftligi yangi konkida uchuvchilar toifasida boʻlib oʻtgan Skate Canada Challenge musobaqasida rekord natija bilan gʻolib chiqqan. Juftlik „2017 Skate Canada BC/YK Section Awards“ taqdirlash marosimida „Ice Dance Youth Promise Award“ mukofoti bilan taqdirlangan[2].
2017 — 2018-yilgi mavsum
tahrirMakita / Gunara juftligiSkate Canada Challenge musobaqasida ishtirok etib, yana oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2018-yilgi Kanada chempionatida bir nechta xatoga yoʻl qoʻyib, Bashynska / Beaumont juftligi ortidan kumush medal sohibiga aylangan. Ularning natijasi ularga birinchi xalqaro topshiriq, 2018-yilgi Egna Dance Trophy turnirida ishtirok etgan Makita / Gunara juftligi rossiyalik Lukinskaya / Angelopol va Bashinska/Beaumont juftligini ortda qoldirib, oʻzining birinchi xalqaro bronza medalini qoʻlga kiritgan[3].
2018 — 2019-yilgi mavsum
tahrirMakita / Gunara juftligi xalqaro miqyosda o‘smirlar darajasiga ko‘tarilgan va 2018-yilgi Lake Placid Ice Dance International musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritib, oʻzlarining mavsumini boshlagan. Ular 2018-yili Kanadada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida sakkizinchi oʻrinni egallagan. Makita / Gunara juftligi Skate Canada Challenge turnirifa ham sakkizinchi oʻrindan joy olgan. Ular mavsumni 2019-yilgi Kanada chempionatida ishtirok etib, toʻqqizinchi oʻrinni olgan holda yakunlaganlar.
Dasturlari
tahrir- Gunara bilan
Mavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
2022 — 2023 |
|
|
2021 — 2022 |
|
|
2020 — 2021 |
|
|
2019 — 2020 |
|
|
Natijalari
tahrirGP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
- Gunara bilan
Xalqaro | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 16 — 17 | 17 — 18 | 18 — 19 | 19 — 20 | 20 — 21 | 21 — 22 | 22 — 23 |
GP Skate Canada | WD | ||||||
CS Nepela yodgorligi | WD | ||||||
Xalqaro: Oʻsmirlar | |||||||
Jahon chempionati | 8 | ||||||
Olimpiada | 5 | ||||||
JGP Kanada | 8 | ||||||
JGP Fransiya I | 2 | ||||||
JGP Fransiya II | WD | ||||||
JGP Polsha | 4 | ||||||
JGP AQSh | 4 | ||||||
Bavarian Open | 5 | ||||||
Egna Cup | 3 | ||||||
Lake Placid IDI | 2 | 6 | |||||
Milliy | |||||||
Kanada chempionati | 2 | 9-J | C | 3-J | |||
SC Challenge | 1 | 1 | 8-J | 3-J | 2-J | WD | |
WD = musobaqani tark etgan; J-oʻsmirlar darajasi, C = musobaqa bekor qilingan |
Manbalar
tahrir- ↑ „Canadian junior skaters headed to Estonia for the 2020 ISU World Junior Figure Skating Championships“. Skate Canada (2020-yil 2-mart).
- ↑ Heroux, Devin „Canadian figure skaters motivated by 'valuable' Youth Olympic experience“. CBC (2020-yil 13-yanvar).
- ↑ „Figure skaters mix it up in glorious send-off“. International Olympic Committee (2020-yil 15-yanvar).