Tyrick Mitchell
Tyrick Kwon Mitchell (1999-yil 1-sentyabrda tug'ilgan) - angliyalik professional futbolchi, chap qanot himoyachisi. Angliyaning Crystal Palace klubi sharafini himoya qiladi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Tyrick Kwon Mitchell[1] | ||
Tavallud sanasi | 1-sentyabr 1999-yil | ||
Tavallud joyi | Brent, Angliya[2] | ||
Boʻyi | 1.75m[2] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Crystal Palace | ||
Raqami | 3 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2009–2012 | AFC Wembley | ||
2012–2016 | Brentford | ||
2016–2020 | Crystal Palace | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2020– | Crystal Palace | 143 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
2022 | Angliya | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (23-noyabr uchun) |
Brentford va Crystal Palace akademiyalari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2020-yilning iyul oyida asosiy jamoada debyut qilgan va keyingi mavsumda jamoaning muhim oʻyinchilaridan biriga aylangan.
Bolaligi
tahrirMitchell Londonda tug'ilgan. Harrow shaharchasi yaqinidagi oʻrta maktabda tahsil olgan. Faoliyatini Pinner Albion klubida boshlagan va to'qqiz yoshida Watford klubi sinovidan sinovidan o'tgan. Bolalik davrida Tyrickning otasi qamoqda boʻlgan. Oilani boqish onasining boʻynida qolib ketganligi uchun unga yordam berishgaharakat qilgan. Shu sababli Mitchell mashgʻulotlarga borishda muammoga duch kelgan[3]. Keyinchalik Abdi Farah boshchiligidagi AFC Wembley klubi safiga borib qoʻshilgan[4]. Brentford akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi kechgan bahsda ushbu klub skautlarini hayratda qoldirgan.
Faoliyati
tahrirBrentford
tahrir2012-yilda Mitchell Brentford akademiyasiga oʻtgan[5][6]. Jamoa safida 15 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida 2014-yilgi oʻtkazilgan „Milk Cup“ nomli musobaqada Junior Globe sovrinini qoʻlga kiritgan[7][8]. 2016-yilning may oyida moliyaviy muammolar tufayli akademiya yopilgan[9][10][11]. Tyrick esa oilasini boqish uchun Londonda qolishga qaror qilgan.
Crystal Palace
tahrir2016-yil iyul oyida Premyer-liganing Crystal Palace klubiga o'tgan[12]. Ilk mavsumni oʻrinbosarlar tarkibida oʻtkazgan. 18 yoshgacha va 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar oʻrtasidagi chempionatlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[8][13]. 2018-yilda Crystal Palace U23 jamoasining asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. 2019-yil yanvar oyida klub bilan shartnomasini uzaytirgan[14].
2019—20-yilgi mavsum
tahrir2019-yilgi mavsumoldi mashgʻulotlari paytida sonidan jarohat olgan va besh oyga safdan chiqqan[15][16]. 16-dekabr kuni Brighton & Hove Albion klubiga qarshi kechgan (1:1) uchrashuvda qaydnomaga kiritilgan, lekin maydonga tushirilmagan[17]. COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan oldin olgan navbatdagi jarohati esa uning yana uzoq vaqt oʻyinlarda ishtirok eta olmasligiga sabab boʻlgan[18][19].
Chempionat 2020-yil iyun oyida qayta tiklanganidan so'ng, Mitchell toʻqqizta oʻyinning hammasida qaydnomaga kiritilgan[20][19]. 4-iyul kuni Crystal Palace Leicester Citydandan 3:0 hisobida mag'lub bo'lgan. Mazkur uchrashuvda Patrick van Aanholt o'rniga maydonga tushirilgan[21]. 16-iyul kuni Manchester Unitedga qarshi oʻyinda (2:0 hisobida Crystal Palacening magʻlubiyati bilan yakunlangan) ham zaxiradan maydonga tushgan. Chempionatning soʻnggi ikki oʻyinini (Wolverhampton va Tottenhamga qarshi) asosiy tarkibda boshlagan[22][23][24].
2020—21-yilgi mavsum
tahrir2020—2021-yilgi mavsumda asosiy jamoa murabbiyi Roy Hodgson tomonidan muntazam ravishda asosiy tarkibga jalb etilgan. Chempionatning dastlabki 6 ta oʻyinida ishtirok etgan va 6-oʻyinda jarohat olgan. Dekabr va fevral oylarida oʻtkazilgan 7 ta oʻyinda ham maydonga tushgan[19]. 2021-yil aprel oyida Arsenal Tyrick Mitchellga qiziqish bildirgan. Lekin futbolchi Crystal Palace bilan 4 yillik yangi shartnoma imzolagan[25][26]. May oyida mavsumning so'nggi olti o'yinida chap qanot himoyachisi pozitsiyasida maydonda harakat qilgan[19]. 16-may kuni debyut golini Aston Villa klubi darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Xuddi shu oʻyinda klub safidagi ilk golli uzatmasini amalga oshirgan. Oʻyin 3:2 hisobida Crystal Palace foydasiga hal boʻlgan[27].
2022—2023-yilgi mavsum
tahrir2023-yil 6-may kuni Crystal Palace Tottenhamga safarda 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Mazkur uchrashuvda Mitchell jamoa safidagi 100-oʻyinini oʻtkazgan[28].
2023—24-yilgi mavsum
tahrir2023-yilning 4-noyabrda Burnley klubi darvozasiga toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan. Oʻyin 2:0 hisobida yakunlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ Andoza:ENFA
- ↑ 2,0 2,1 Tyrick Mitchell WorldFootball.net saytida
- ↑ „Mitchell: Debut a proud moment after life's battles“. Premier League (2020-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ Burgess, Callum. „The rise of Tyrick Mitchell“. VAVEL (2021-yil 2-mart). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ Warlow. „Former Brentford defender signs contract extension with Palace“. footballlondon (2019-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
- ↑ „Forest United boys are top of the tree“ (en). Kilburn Times. Qaraldi: 2020-yil 16-iyul.
- ↑ „Milk Cup: Brentford U15s 4 Southampton U15s 0“ (en-gb). Brentford FC. Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.
- ↑ 8,0 8,1 „Tyrick Mitchell“. www.cpfc.co.uk. Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.
- ↑ Vegas, Paul. „Tyrick Mitchell: Brentford shutting down academy saw me make Crystal Palace move“. Tribal Football (2021-yil 28-iyun). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ „Club statement: Brentford Academy restructuring“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2019-yil 27-yanvar.
- ↑ Warlow. „Former Brentford defender signs contract extension with Palace“. footballlondon (2019-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 27-yanvar.
- ↑ „List of Players under Written Contract Registered Between 01/07/2016 and 31/07/2016“. The FA. Qaraldi: 2018-yil 19-iyun.
- ↑ „Three Young Eagles Sign New Deals“ (en). Crystal Palace FC. Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.
- ↑ „Tyrick Mitchell Signs new Deal with Palace“ (en-gb). www.cpfc.co.uk. Qaraldi: 2019-yil 27-yanvar.
- ↑ Warlow, Robert. „Seven young players included as Crystal Palace confirm squad for pre-season tour of Switzerland“. Football London (2019-yil 5-iyul). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ „Meet last night's Development sub: Tyrick Mitchell“. Crystal Palace F.C. (2019-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ Begley, Emlyn. „Crystal Palace 1–1 Brighton & Hove Albion“. BBC Sport (2019-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ „Coronavirus: Premier League and EFL suspended in England - Scotland, Wales and Northern Ireland halt games“. BBC Sport (2020-yil 13-mart). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ 19,0 19,1 19,2 19,3 Tyrick Mitchell Soccerway saytida. Qaralgan sana: 31 December 2018.
- ↑ MacInnes, Paul. „Premier League plans restart on 17 June with Manchester City v Arsenal“. The Guardian (2020-yil 28-may). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ Dawkes, Phil. „Leicester City 3–0 Crystal Palace“. BBC Sport (2020-yil 4-iyul). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ McNulty, Phil. „Crystal Palace 0–2 Manchester United“. BBC Sport (2020-yil 16-iyul). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ Hafez, Shamoon. „Wolverhampton Wanderers 2–0 Crystal Palace“. BBC Sport (2020-yil 20-iyul). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ Sutcliffe, Steve. „Crystal Palace 1–1 Tottenham Hotspur“. BBC Sport (2020-yil 26-iyul). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ „Tyrick Mitchell signs extension to summer 2025“. Crystal Palace F.C. (2021-yil 13-aprel). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ Hopkinson, Tom. „Crystal Palace boost as young star agrees new four-year contract amid Arsenal interest“. The Mirror (2021-yil 20-fevral). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ Dawkes, Phil. „Crystal Palace 3–2 Aston Villa“. BBC Sport (2021-yil 16-may). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
- ↑ „100 up for Mitchell: Palace's Academy graduates to reach a century - News“ (en-GB). Crystal Palace F.C.. Qaraldi: 2023-yil 12-may.