Urban Dance Squad

rok guruh
(UDSdan yoʻnaltirildi)

Urban Dance Squad – 1986-yil 20-dekabrda Utrextdagi festivalda bir martalik norasmiy chiqish qilish paytida tashkil etilgan gollandiyalik rap-rok guruhi[1]. Ushbu guruh gitarachi, baschi, barabanchi, reper va DJdan iborat boʻlgan. Urban Dance Squad 90-yillarning eng muvaffaqiyatli Gollandiya guruhlaridan biri boʻlib, beshta studiyaviy albomini chiqargan.

Urban Dance Squad
Urban Dance Squad 2006-yilda
Urban Dance Squad 2006-yilda
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Utrext, Niderlandiya
Janrlar Rap rock, rap metal, hip hop, funk metal
Faoliyat yillari 1986–2000
2006
Guruhlari Arista
Sony BMG
Triple X
Virgin/EMI
Aʼzolar Rudeboy Remington (Patrick Tilon)
Tres Manos (René van Barneveld)
Silly Sil (Silvano Matadin)
Magic Stick (Michel Schoots)
DJ DNA (DoNotAsk) (Arjen de Vreede)
Veb-sayt www.uds.nl

Faoliyati

tahrir

Urban Dance Squad birinchi marta 1986-yilda Utrextdagi De Vrije Vloer klubida norasmiy chiqish qilish maqsadida toʻplanishgan[2]. Guruh 1989-yilda Brusselda oʻzining dastlabki Mental Floss for the Globe albomini yozadi (Jean-Marie Aerts, TC Matic tomonidan ishlab chiqarilgan) va albom bir zumda muvaffaqiyat qozonadi. Ushbu albom Edison mukofotiga sazovor boʻlgan hamda albomdagi Deeper Shade of Soul singli Yevropada va Qoʻshma Shtatlarda mashhur boʻlib, Billboard Hot 100 roʻyxatida 21-oʻrinni egallaydi.

Albomga yana ikkita singl qoʻshiladi hamda Urban Dance Squad 1991-yilda AQSh boʻylab gastrollarda boʻlib, Living Colour uchun ochilish marosimida albomni ijro etishadi. The Pittsburgh Press ularning musiqasini: „qayta ishlangan Zeppelin rifflari hamda neoHendriks gitara singllari ovoz effektlari va eski soul yozuvlari bilan toʻla“ deb taʼriflaydi[3]. UDS har doim guruh aʼzolari bilan tez-tez bahslashib turadigan oʻzgaruvchan birlik boʻlgan[4].

Guruh faoliyatining oʻrtalarida granj va alternativ rok muvaffaqiyatlaridan foydalanish uchun Urban Dance Squad 1994-yil yanvar oyida Persona Non Grata albomini chiqaradi. Barcha treklar distortion va gitaradan kuchli foydalanish xususiyatiga ega boʻlgan. „No Rostly“ va „Candy Strip Exp“ singllari ushbu albomdan joy oladi. Soʻnggi singl qoʻshiqdan oldingi shovqinning koʻp qismini qisqartiradigan radio tahriri sifatida chiqarilgan. Guruhning Artantica nomli albomi 1999-yilda chiqadi va ushbu albom eski hip-hop davrlariga qaytish bosqichi sifatida qayd etiladi hamda tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻladi. Urban Dance Squad keyingi yili tarqab ketdi, ammo ular 2006-yil oxirida yana birga chiqish qilishadi[2].

Musiqiy yoʻnalishlari

tahrir

Urban Dance Squad musiqasi fank, soul, heavy metal, hip-hop, reggie, jazz va ska kabi musiqiy yoʻnalishlarda boʻlgan. Guruh musiqasi rap rok[5] rap metal[6], hip hop[manba kerak], funk metal[7], deya tasniflangan. 

Guruh aʼzolari

tahrir
  • Rudeboy Remington (Patrick Tilon) – vokal
  • Tres Manos (René van Barneveld) – gitara
  • Silly Sil (Silvano Matadin) – bas gitara
  • Magic Stick (Michel Schoots) – barabanlar
  • DJ DNA (Arjen de Vreede) – turnteybl (1987—1993, 1997—2000, 2006)
  • U-Gene – klaviaturalar (1996—1997)

Diskografiyasi

tahrir

Albomlar/kompilyatsiyalar

tahrir

Singllar/EP taronalar

tahrir
Yil Musiqa nomi Eng yuqori pozitsiyalar Albom
NED

[8]
AVS

[9][10]
BEL

(FLA)


[11]
AQSh

[12]
1989 "Deeper Shade of Soul" 52 56 21 Mental Floss For The Globe
1990 "No Kid" 52
1991 "Fastlane" 59 146
"Mental Relapse" EP (US only)
"Bureaucrat Of Flaccostreet" Life 'N Perspectives Of A Genuine Crossover
1992 "Routine" 65
"Grand Black Citizen" 65
1994 "Demagogue" 31 39 Persona Non Grata
"Candy Strip Experience"
1996 "Dresscode" Planet Ultra
"Temporarily Expendable" 61 15
1997 "Ego" 94
"Carbon Copy"
1999 "Happy Go Fucked Up" Artantica
"—" diagrammaga kiritilmagan yoki chiqarilmagan nashrlarni bildiradi.

Boshqa koʻrinishlar

tahrir

Filmlar

tahrir
  • „Fast Lane“ musiqasi 1990-yilda Pump Up the Volume filmida paydo boʻlgan, ammo ushbu saundtrek albomdan joy olmagan[13].
  • „Good Grief“ qoʻshigʻi 1995-yilda Hackers filmining saundtrekida paydo boʻladi va guruh filmda xuddi shu qoʻshiq bilan kameo koʻrinishida namoyon boʻladi[14].
  • „Demagogue“ qoʻshigʻi 2001-yilda Crazy/Beautiful[15] filmining saundtrekida va 2003-yilda Gigli filmida paydo boʻladi[16].

Hujjatli film

tahrir
  • 5 jaar wanorde (5 yillik tartibsizlik) rejissor Bram van Splunteren tomonidan VPRO ning Onrust filmi uchun Urban Dance Squad haqidagi ikki qismli hujjatli film, dastlab, 1992-yilda efirga uzatilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Urban Dance Squad“ (17-noyabr 2008-yil). 2009-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  2. 2,0 2,1 Baartman, Nicoline. „Zo goed zo nieuw zo fris“. de Volkskrant (25-iyul 2006-yil). Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
  3. King, Peter B.. „UDS, Living Colour bring new hues to rock“. The Pittsburgh Press (24-yanvar 1991-yil), s. D7. Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
  4. Haagsma, Robert. „Bang voor het buitenland“ (nl). Lust for life (30-may 2014-yil). 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2016-yil.
  5. Phares. „Urban Dance Squad – Artist Biography“. AllMusic. All Media Network. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
  6. Anderson. „Urban Dance Squad – Artantica“. AllMusic. All Media Network. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
  7. Haire, Chris. „Psychostick returns funk metal to its silly roots“. Charleston City Paper (12-avgust 2009-yil). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
  8. „Urban Dance Squad - Dutch Chart“. dutchcharts.nl. Qaraldi: 2014-yil 7-may.
  9. Ryan, Gavin. Australia's Music Charts 1988-2010. Mt. Martha, VIC, Australia: Moonlight Publishing, 2011. 
  10. „Bubbling Down Under Week Commencing 24-iyun 1991-yil“. Qaraldi: 2022-yil 25-iyun.
  11. „Urban Dance Squad - Belgian Chart“. ultratop.be. Qaraldi: 2014-yil 7-may.
  12. „Urban Dance Squad - US Hot 100 Chart“. billboard.com. Qaraldi: 2014-yil 7-may.
  13. „Pump Up the Volume Soundtrack“. IMDb (17-noyabr 2008-yil).
  14. „Hackers Soundtrack“. IMDb (17-noyabr 2008-yil).
  15. „Crazy/Beautiful“. IMDb (17-noyabr 2008-yil).
  16. „Gigli“. IMDb (17-noyabr 2008-yil).