U dunyoda
„U dunyoda“ (tojikcha: Дар он дунё), toʻliq nomi „U dunyoda, yoki haj qissasi“ — tojik yozuvchisi Fazliddin Muhammadiyev qalamiga mansub qissa. Muallif dinni tanqid qiluvchi ushbu asarni 1965-yil bir guruh musulmon bilan Makka va Madina shaharlariga qilgan haj davomida boshidan kechirganlariga asoslanib yozgan. Qissa ilk bor 1966-yil Dushanbe shahrida „Irfon“ nashriyotida chop etiglan. Muhammadiyev „U dunyoda“ va „Chekkadagi uy“ qissalari uchun 1965-yil Rudakiy nomidagi Tojikiston SSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan[1].
Asl nomi | Дар он дунё |
---|---|
Muallif(lar) | Fazliddin Muhammadiyev |
Tarjimon(lar) | Ashurali Ahmedov |
Til | tojik |
Janr(lar)i | qissa |
Nashr etilgan sanasi | 1966 |
Nashriyot | Irfon |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1968 |
Asarda Islom diniga satirik nazar bilan qaralgan. Muhammadiyev hajdan qaytib kelganidan keyin hoji unvonini olishdan bosh tortgan va „U dunyoda“ qissasini yozgan[2]. Natijada 1986-yil radikal musulmonlar muallifni pichoqlab oʻldirgan[manba kerak].
Asarni 1968-yil Ashurali Ahmedov oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1970-yil Yuriy Smirnov rus tiliga tarjima qilgan[3]. Ruscha nashr kitobxonlar tomonidan yaxshi kutib olingan. 1982-yil Cecīlija Dinere latish tiliga tarjima qilgan[4][5]. 1983-yil „Maorif“ nashriyotida rus tilida qayta nashr qilingan[6].
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrirAsarni 1968-yil Ashurali Ahmedov oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Rahimov – muharrir, G. Golovkov – rassom, Yu. Pavlov – rasmlar muharriri, M. Mirqosimov – texnik muharrir, M. Abdushukurova – musahhih. Kitob adadi – 15 000 nusxa.
Manbalar
tahrir- ↑ „Muallif Fazliddin Muhammadiyev biografiyasi va kitoblari“ (ruscha). SentrAziya. Qaraldi: 2016-yil 5-avgust.
- ↑ „Muhammadiyev Fazliddin Aminovich“ (ruscha). RuLit. 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-avgust. (Wayback Machine saytida 2016-08-09 sanasida arxivlangan)
- ↑ „U dunyoda“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
- ↑ „Cecīlija Dinere“ (latischa). Literatura. Qaraldi: 10-mart 2024-yil.
- ↑ „U dunyoda“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
- ↑ „U dunyoda“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
Havolalar
tahrir- „U dunyoda“ Lib.ru saytida (rus.)