Uchar lagʻmon jonivori

pastafarianizm dini xudosi
(Uchar Lagʻmon Jonivoridan yoʻnaltirildi)

Uchar lagʻmon jonivori — pastafarianizm yoki Uchar lagʻmon jonivori cherkovi deb ataluvchi parodiya din xudosi[1]. Ushbu din 2005 yili Oregon Davlat Universiteti fizika fakulteti bitiruvchisi Bobby Henderson tomonidan Kanzas shtati Xalq Taʼlimi boʻlimining maktablarda evolutsiya nazariyasi bilan birgalikda aqlli loyihani ham oʻqitish haqidagi qaroriga norozilik sifatida yaratildi. Xalq Taʼlimi boʻlimiga yozgan ochiq xatida Henderson olamni yaratgan, Uchar Lagʻmon Jonivori deb ataluvchi va lagʻmon hamda goʻshtdan iborat „Yaratuvchi“ borligini eʼtirof etadi[2]. Agar dunyoni xudo yaratgani maktabda oʻqitiladigan boʻlsa, „Pastafarianizm“ ham oʻqitilishi zarurligini uqtiradi. Chunki bu din boshqa dinlaridan hech ham qolishmaydi[3].

Uchar Lagʻmon Jonivori ramzi. Xristianlikning ixtis ramziga parodiya.

Uchar Lagʻmon Jonivori ateist va agnostiklar tomonidan Russell choynagining zamonaviy shakli oʻlaroq argument sifatida ishlatiladi[4].

Henderson: „Mening din bilan muammom yoʻq. Muammo shundaki, din oʻzini fan qilib koʻrsatmoqda. Agar xudo bor va u aqlli boʻlsa, u holda menimcha uning mutoyiba hissi ham boʻladi“, degan[5].

2011-yili avstriyalik ateist Niko Alm shaxsni tasdiqlovchi hujjat uchun suratga boshiga „diniy bosh kiyim“ sifatida chovgi kiyib tushish huquqiga erishdi[6]. Alm bu ishni boshqa dindagilar shunday suratlarga boshiga hijob, kipa kiyib tushayotganiga javob sifatida qilganini izohladi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir