Uchkoʻprik — Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi qishloq. Tuman markazi, yakin temir yoʻl stansiyasi — Quqon (8 km). Aholisi 6 ming kishidan ziyod (2004). Xoʻjaliklari Katta Fargʻona kanalidan suv oladi. Asfaltbeton, paxta tozalash, meva sabzavot konserva zavodlari, qurilish tashkilotlari, MTP, non kti, avtokorxona, qoʻshma korxonalar, kichik va xususiy firma va korxonalar faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim maktablari, litsey, bolalar musiqa va sport maktablari bor. Madaniyat saroyi va boshqa madaniyat muassasalari, markaziy kutubxona va uning shoxobchalari ishlab turibdi. Stadion, sport zallari, bir qancha sport va futbol maydonlari mavjud. Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, tez tibbiy yordam st-yasi faoliyat koʻrsatadi. U.dan Qoʻqon va Fargʻona sh.lariga avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Uchkoʻprik
shahar
40°32′32″N 71°3′39″E / 40.54222°N 71.06083°E / 40.54222; 71.06083
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Uchkoʻprik tumani
Aholisi
 (1989)
4 277[1]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Uchkoʻprik xaritada

Manbalar

tahrir