Uchtepa (qishloq)
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Uchtepa — Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidati qishloq, tuman markazi. Tumanning shimolida. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Jizzax (15 km). Aholisi 10 ming kishiga yaqin (2004). Uchtepada 3 avtokorxona, „Jizzax don mahsulotlari“, qurilish, mahsulotlarni qadoqdash korxonalari, non kombinati va boshqa bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, litsey, 2 kasbhunar kolleji, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, klub muassasalari, madaniyat uylari, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. Stadion, tennis korti faoliyati koʻrsatadi. Markaziy kasalxona, tibbiy dispanser ishlab turibdi. Uchtepa — Jizzax yoʻnalishida avtobuslar qatnaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |