Ukraina Davlat madhiyasi (ukraincha: Державний гімн України) - bayroq va gerb bilan birga Ukrainaning asosiy davlat ramzlaridan biri hisoblanadi.

oʻzbekcha: Ukraina Davlat madhiyasi

Ukraina davlat madhiyasi
Soʻz muallif(lar)i Pavel Chubiniskiy, 1862
Bastakor Mixail Vereviskiy, 1863
Qabul qilindi

Ukraina Oliy Radasi ma'lumotlari[1] Ukraina parlamentining rasmiy veb-portali[2] Ukraina Davlat madhiyasi haqida

Ukraina Oliy Radasi Prezidiumining farmoni 15.01.1992 № 2042-XII[3]

" Ukraina hali o'lmagan " kompozitsiyasi (с ukrain — "Не погибла ещё Украина")[4][5], 2003 -yil 6-martda Ukraina Oliy Radasi tomonidan tasdiqlangan bo'lib Ukraina Davlat madhiyasidir. So'zlari muallifi - Pavel Chubinskiy, 1862-yil. Musiqa bastakori - Mixail Verbitskiy, 1863-yil.

Yaratilish tarixi

tahrir
 
Mixail Verbitskiy, qishloq ruhoniysi, Ukraina Davlat madhiya musiqasi bastakori

1862-yil kuzida ukrainalik etnograf, folklorshunos va shoir Pavel Chubinskiy " Ukraina hali o'lmagan " she'rini yozib tugatadi, dastlab Ukraina davlatining milliy, keyinroq esa davlat madhiyasiga aylandi.

Chubinskiyning she'ri birinchi marta Lvovdagi "Meta" ("Maqsad") jurnalida 1863-yil 4-sonida nashr etilgan. G'arbiy Ukrainada mashhur bo'lgan vatanparvarlik she'ri o'sha davrdagi din arboblarining ham e'tiboridan chetda qolmadi. Ulardan biri, o'z davrining taniqli bastakori va ruhoniysi Mixail Verbitskiy ushbu she'rdan ilhomlanib, she'riyat uchun musiqa yozgani kirishadi va birinchi marta Przemisl[5] (o'sha paytda Premzel) shahridagi diniy konferernsiya zalida o'zining kompozitsiyani o'zi ijro etgan.[5]. Birinchi marta 1863-yilda nashr etilgan hamda 1865-yilda notalar bilan "Ukraina hali o'lmagan" kompozitsiyasi 1917-yilda boshlab Ukraina davlatiningning milliy madhiyasi sifatida ishlatila boshlandi.

Chubinskiyni yoshligidan bilgan L.Beletskiy 1914-yilda "Ukraina hayoti" jurnalida chop etilgan o'zining xotiralarida qo'shiqning yaratilish tarixi haqida gapirib berdi: " Matbuotda men "qo'shiq" degan jumlalarga duch keldim. " Ukraina hali o'lmagan " - xalq qo'shig'i. Aslida bu noto'g'ri fikr ekanligiga hech qanday shubham yo'q: bu haqiqatan ham Pavel Platonovich tomonidan qiyin sharoitlarda tuzilgan edi. Kiev jamoasining Serblar bilan Pavel Platonovich ham yashagan uyda ziyofatlardan birida ular serb xor qo'shig'ini kuylashdi, uning mazmuni esimda yo'q, lekin unda aniq ayta olaman ''sizning ozodligingiz uchun''... so'zlari bor edi). Chubinskiyga bu qo'shiq juda yoqdi. U darrov xonadan g'oyib bo'ldi va bir muncha vaqt o'tgach, u o'zining serb qo'shig'iga monan tarzda yozilgan " Ukraina hali o'lmagan " qo'shig'i bilan xonagadi. Darhol Pavel Platonovich rahbarligidagi xor guruhi ushbu yangi qo'shiqni zo'r ishtiyoq bilan o'rgandi va takrorlashdan tinmaydi. Shunday ekan, aslida bu qo'shiqni Pavel Platonovich yaratdi ".

Ushbu she'rning " Xromada " ga endigina birlasha boshlagan ukraina aholisi orasida tarqalishi bir zumda sodir bo'ldi. Biroq, o'sha yilning 20-oktabrida imperatorning shaxsiy vazirlari boshlig'i knyaz V. Dolgorukov Chubinskiyni "oddiy odamlarning ongiga zararli ta'sir ko'rsatganligi uchun" Arxangelsk viloyatiga doimiqo'riqchilary nazorati ostida yashashga buyruq beradi.

Madhiyaning dastlabki satrida Polsha madhiyasi''Dombrovskiy yurishi" (Jeszcze Polska nie zginęła) sezilarli darajada ta'sir ko'rsatganligini sezish mumkin. O'sha paytda u Polsha mustaqilligi uchun kurashgan xalqlar orasida juda mashhur edi. "Dombrovskiy yurishi" sababli, slovak shoiri Tomashek o'zi keyinchalik Yugoslaviya madhiyasiga aylangan "Gey, slavyanlar" qo'shig'ini yaratdi.

1917-1920-yillarda " Ukraina hali o'lmagan " sh'eri yagona milliy madhiya sifatida qonuniy tasdiqlanmagan edi va ko'p yillar davomida boshqa madhiyalardan foydalanib kelingan.

1939-yilda " Ukraina hali o'lmagan " Ukraina Karpat madhiyasi sifatida tasdiqlangan.

Sovet Ittifoqi respublikalarining o'z milliy madhiyalarini yaratish to'g'risida qaror qabul qilinganda, " Ukraina hali o'lmagan " sh'erini Ukraina SSRning madhiyasi deb bo'lmas edi. Ukraina SSR madhiyasi matni 1949-yilda taniqli ukrain shoiri Pavlo Tychina tomonidan yozilgan, bastakor Anton Dmitrievich Lebedynets unga musiqa yaratgan. Ikkinchi misrada Stalin tilga olinganligi sababli, u uzoq vaqt davomida so'zsiz ijro etildi, 1978-yilgacha Mikola Bazhan (Tychina bu vaqtga kelib vafot etgan edi) matnni tahrir qilib qayta ishlaydi. Yangi tahrir qilingan Madhiya 1991-yilgacha ishlatilgan.

Ukraina madhiyasining rok versiyasi
Filmlar va teleseriallar
Film(lar)   Ukraina madhiyasining rok versiyasi (2014) YouTubeda

1992-yil 15-yanvarda Davlat madhiyasining musiqiy nashri Ukraina Oliy Radasi tomonidan tasdiqlandi , bu qonunan Ukraina Konstitutsiyasida o'z aksini topadi. Biroq, faqat 2003-yil 6-martda Ukraina Oliy Radasi prezident Leonid Kuchma tomonidan taklif qilingan "Ukraina Davlat madhiyasi to'g'risida" gi qonunni qabul qiladi. Qonun loyihasida Mixail Verbitskiy musiqasini faqat birinchi misrasi va Pavel Chubinskiyning “ Ukraina hali oʻlmagan ” qoʻshigʻining xor soʻzlari bilan Davlat madhiyasi sifatida tasdiqlash taklif qilingan. Shu bilan birga, madhiyaning birinchi bandi, prezidentning taklifiga ko'ra, " Ukraina hali o'lmagan, na shon-shuhrat, na ozodlik " so'zlari bilan qayta to'ldirilib yangraydi. Dastlab madhiya matnida “ Vorozhenki halok boʻlsin ” degan soʻzlar bor edi, ammo Konstitutsiya qabul qilinganda “o” harfi “ i ” harfi bilan almashtirildi va natijada gap mazmuni o'zgarib “ To bizning vorozhenki halok bo'ladi " so'zlariga o'zgartiriladi. Ushbu qonunni 334 nafar xalq deputati tomonidan qoʻllab-quvvatladi, ovoz berish uchun roʻyxatga olingan 433 nafardan 46 nafari qarshi ekanligini ko'rsatgan. Sotsialistik partiya va Kommunistik partiya fraksiyalari esa umuman ovoz berishda qatnashmadi. Ushbu qonunning qabul qilinishi bilan Ukraina Konstitutsiyasining 20-moddasi qayta tahrirlangan shaklga ega bo'llib, Verbitskiy musiqasiga endilikda milliy madhiya qonuni bilan tasdiqlangan so'zlar kiritiladi.

Madhiya matni

tahrir

Rasmiy nashri

tahrir

2003-yil 6-martda Ukrainaning Oliy Rada tomonidan birinchi misralari xor madhiya sifatida tasdiqlangan:

Madhiyaning mashhur nashri

tahrir

Norasmiy nashrdagi ko'plab ukrainaliklar madhiyani ushbu shaklda kuylashni afzal ko'rishadi (rasmiy matn bilan farqlar kursivda keltirilgan):

Chubinskiyning asl matni

tahrir

She'rning Lvovdagi "Meta" jurnalida nashr etilgan varianti (ukrain tilidan - "Nishon"), 1863-yil, 4-son[8] (zamonaviy imlo):

Boshqa slavyan xalqlarining o'xshash qo'shiqlari

tahrir

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • За волю України. Антологія пісень національно-визвольних змагань. Упорядник Євген Гіщинський. — Луцьк: Видавництво «Волинська обласна друкарня», 2002. — 316 с.
  • Салтан Н. М., Салтан О. М. Живи Україно незламна і сильна… Парламентські дебати навколо затвердження тексту Державного гімну України 4 та 6 березня 2003 року // Сіверянський літопис. Всеукраїнський науковий журнал. — 2016. — № 4 (130). — С. 16-36.

Havolalar

tahrir