Ultratovush
Ultratovush — chastotasi 1520103 Gs dan 10’ Gs gacha boʻlgan elastik tebranishlar va toʻlqinlar. Ultratovushni past chastotali (1,5 104 Gs), oʻrta chastotali (105—107 Gs) va yuqori chastotali (107—10’ Gs) ultratovushga boʻlish mumkin.
Ultratovush tebranishlarni hosil qilishda maʼlum fizik hodisalarga asoslanib yasalgan ultratovush nurlatkichlari qurilmalaridan foydalaniladi. Mexanik nurlatkichlarda ultratovush tebranishlar gaz yoki suyuqlik oqimining mexanik energiyasi hisobiga sodir boʻladi. Elektromagnit nurlatkichlarning magnitostriksiya va pyezoelektr hodisalariga asoslangan turlari keng tarqalgan.
Ultratovush suv osti kemalarini izlashda, dengiz (okean) chuqurligini aniqlashda, texnologik jarayonlarni tezlatishda, qiyin kechadigan baʼzi kimyoviy reaksiyalarni roʻyobga chiqarishda, massa almashinish, kristall oʻstirish, elektroliz kabi jarayonlarni tezlatishda, moddalarning fizik xususiyatlarini oʻrganishda, materiallar sifatini tekshirishda, moddalarga ishlov berishda, diagnostika va davolashda keng qoʻllanadi.
Yana qarang
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |