Umar Magomednabievich Nurmagomedov 1997-yil 3-yanvarda Dogʻistonning Qizilyurt hududida dunyoga kelgan. Umar Nurmagomedov UFC homiyligidagi musobaqalarda qatnashadigan rossiyalik aralash yakkakurash sportchisi hisoblanadi. 2016-yilda MMA boʻyicha Rossiya chempioni, tay boks boʻyicha Dogʻistonning koʻp karra chempioni, Shimoliy Kavkaz federal okrugi chempioni, jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni, yengil vazn toifasida Gorilla Fighting chempionati chempioni, UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi. Umar aralash yakkakurash jangchisi Usmon Nurmagomedovning ukasi hisoblanadi[1]. 2022-yil 18-iyul holatiga koʻra, u yengil vazn toifasida 14-oʻrinni egallab turibdi[2].

Biografiyasi tahrir

Umar Nurmagomedov 1997-yil 3-yanvarda Dogʻiston Respublikasining Qizilyurt shahrida tugʻilgan. Etnik kelib chiqishi boʻyicha u avar millatiga mansub. U amakisi, Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy Abdulmanap Nurmagomedov qoʻl ostida „Eagles“ MMA lagerida sport bilan shugʻullangan.

Bolaligida ukasi Usmon Nurmagomedov bilan tugʻilib oʻsgan qishlogʻida yashab, erkin kurash seksiyasiga qatnay boshlagan, biroq murabbiylar ishidagi maʼlum tanaffuslardan soʻng u bu ishni tark etgan. Keyin u oʻjarlik bilan Tailand boksi bilan shugʻullana boshlagan. Umar Nurmagomedov Maxachqal’aga koʻchib oʻtgach, sportchi amakisi Abdulmanap Nurmagomedovning lagerida mashgʻulotlarni boshlagan.

Karerasining boshlanishi tahrir

U Moskvada EFN Fight Nights Global 57 turniri doirasida debyut qilgan va uning raqibi Rishat Xarisov boʻlgan bahsda Umar gʻalaba qozongan.

Ikkinchi jang 2017-yil 5-yanvar kuni Fight Star Battle on Sura 6 turnirida boʻlib oʻtgan. Umar birinchi raundda Ulukbek Amanboevni taslim qilgan.

2017-yilning 31-mart kuni Moskvada boʻlib oʻtgan uchinchi jangida Alym Isaboev raqibi sifatida harakat qilgan, Nurmagomedov ikkinchi raundda texnik nokaut bilan gʻalaba qozongan.

Toʻrtinchi jang 2017-yil 29-iyulda FNG Fight Nights Global 71 turniri doirasida boʻlib oʻtgan. Umar Nurmagomedov raqibi Valisher Rahmonovni orqadan boʻgʻish usulida gʻalaba qozongan.

Navbatdagi jang 2017-yilning 8-oktabr kuni FNG Fight Nights Global 76 turnirida boʻlib oʻtdi va unda Umar oʻz raqibi Nauruz Dzamixovni yakdil qaror bilan magʻlub etgan.

Nurmagomedov Moskvadagi FNG Fight Nights Global 83 turnirida oltinchi jangini braziliyalik Shiyudi Yamauchiga qarshi oʻtkazgan va ochkolar hisobida gʻalaba qozongan.

2018-yil 11-may kuni Samara shahrida boʻlib oʻtgan „Battle on Volga 4“ turnirida Fatxudin Sobirov oʻz raqibi sifatida qatnashgan yettinchi jangida Umar hakamlar qaroriga koʻra gʻalaba qozongan.

Manbalar tahrir

  1. „Двоюродный брат Хабиба сразится с Морозовым в дебютном бою в UFC“. Sport 24 (2020-yil 1-sentyabr).
  2. „Rankings | UFC“. www.ufc.com. 2019-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-may.