Ummu Ruvmon Zaynab binti Omir ibn Uvaymir ibn Abd Shams ibn Attob al-Kinoniya (vafoti 628-yil; hijriy 6-yilda), kunyasi „Ummu Ruvmon (arabcha: أمّ رومان زينب بنت عامر بن عويمر بن عبد شمس بن عتاب الفراسية الكنانية) Islom payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobasi edi . U Abu Bakr roziyallohu anhoning xotini va Oisha roziyallohu anhoning onasi boʻlgan.[1][2]

Biografiyasi

tahrir

Zaynab Kinana qabilasining Al-Horis ibn G‘anam urug‘idan bo‘lgan Amir ibn Umaymirning qizi edi.[3] U Azd qabilasidan boʻlgan Abdulloh ibn Horisga turmushga chiqdi va ularning Tufayl ismli bir oʻgʻli bor edi.[4] Oila Makkaga koʻchib oʻtdi va u yerda al-Horis Abu Bakr bilan ittifoq tuzdi.[4] Abu Bakr Siddiq esa allaqachon Qutayla binti Abduluzzoga uylangan edi.

Oradan ko‘p o‘tmay, Ummu Ruvmon beva bo‘lib, hech qanday yordamsiz qoldi. Keyin Abu Bakr unga uylandi. Ularning ikki farzandi bor edi, bular: Abdalrahmon va Oishadir .[4]

Ummu Ruvmon 622-yili Oisha va uning o‘gay farzandlari Asmo va Abdulloh hamrohligida Madina shahriga hijrat qildilar.[3]

Ibn Saʼd Ummu Ruvmonni 628-yil aprel/may oylarida Madinada vafot etganini aytadi[4][5] Biroq, Ibn Hajar al-Asqaloniy uning oʻlimini 630-yilda deb maʼlumot keltirgan.  U qabrga tushirilayotganda, Muhammad: „Kim hurning qanday koʻrinishini bilmoqchi boʻlsa, Ummu Ruvmonga qarasin“, dedi.[4]

Manbalar

tahrir
  1. Talhami, Ghada. Historical Dictionary of Women in the Middle East and North Africa, 2012 — 632–634-bet. 
  2. Stone, Caroline. The Embroideries of North Africa, 1985 — 76-bet. „"...and perhaps it should not be forgotten that Aisha, the favourite wife of The Islamic Muhammad, whose name means 'The Living One', was (death 627) the daughter of Umm Ruman, 'The Mother of the Pomegranate'."“ 
  3. 3,0 3,1 Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, pp. 171-172. Albany: State University of New York Press.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Muhammad ibn Saad, Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 193. London: Ta-Ha Publishers.
  5. Nāsikh al-tavārīkh : zindagānī-i Payāmbar vol:2, 1162 ISBN 9643311120