en:Universal House of Justice

Hayfadagi Umumjahon Adolat Uyining qarorgohi, Isroil

Umumjahon Adolat Uyi (arabcha: بيت العدل الأعظ‎, Bayt al-Adl-i-A’zam) Bahoiy E'tiqodining toʻqqiz aʼzodan iborat oliy boshqaruv organi hisoblanadi, zero Kitob-i-Aqdas qoidalariga ko‘ra, a’zolar ko‘proq bo‘lishi ham mumkin. U Bahoiy dinining asoschisi Bahoulloh tomonidan tasvirlangan bo'lib, oʻzgaruvchan sharoitlarga moslashuvchanlikni taʼminlovchi, Bahoiylik bitiklarida koʻrib chiqilmagan masalalar boʻyicha qonun chiqarishi mumkin boʻlgan institut sifatida ta'sis etilgan. Bahoiylar Umumjahon Adolat Uyini bexato organ deb bilishadi, Bahoullohning so‘zlariga ko‘ra: "Darhaqiqat Olloh ularni O‘zining irodasidan ilhomlantiradi...".[1] U birinchi marta 1963 yilda, keyin esa har besh yilda bir marta butun dunyo boʻylab Bahoiy milliy ruhiy majlislari aʼzolaridan iborat delegatlar tomonidan saylanib kelinadi.

Umumjahon Adolat Uyi din rahbariyati sifatida, avvalambor, qator ko'p-yillik rejalar, shuningdek, Rizvon bayramida e'lon qilinuvchi yillik nomalari orqali butun dunyo Bahoiy hamjamiyatiga yo'l-yo'riq ko'rsatadi. Bu nomalar Mahalliy Ruhiy Majlislar sonini ko‘paytirish, Bahoiy adabiyotini tarjima qilish, Bahoiy markazlarini tashkil etish, Bahoiy Ibodat Uylarini qurish, xalqaro anjumanlar o‘tkazish, hamda savodxonlikni, ayollarning rolini, bolalar va yoshlar ma’naviyatini, oilaviy hayotni, ijtimoiy va iqtisodiy ravnaqni, jamoaviy ibodat ruhini rivojlantiradigan ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan. [1] Umumjahon Adolat Uyi, shuningdek, Erondagi Bahoiylarga qarshi tizimli ta'qiblarga javoban butun dunyo ommaviy axborot vositalarining e'tiborini jalb qilishda ham o'z o'rnini egallaydi.[2]

Umumjahon Adolat Uyi tomonidan nashr etilgan kitoblar va hujjatlar vakolatli nufuzga ega va uning qarorlari Bahoiylar tomonidan xatosiz deb hisoblanadi.[3] Garchi, Bahoiy muqaddas bitiklarida ko'rsatilmagan masalalar bo'yicha qonunchilik vakolatiga ega bo'lsa-da, hozirgacha Umumjahon Adolat Uyi ushbu vazifani kamdan-kam hollarda amalga oshirgan.[4]

Umumjahon Adolat Uyining qarorgohi va uning a'zolarining yashash joyi Isroilning Hayfa shahrida, Karmal tog'ining yonbaq'rida joylashgan. [1] Eng oxirgi saylov, 2023-yilning 29-aprelida boʻlib oʻtdi.[5] Garchi, Bahoiy E'tiqodida boshqa barcha saylanadigan va tayinlanadigan rollar erkaklar va ayollar uchun ochiq bo'lsa-da, Umumjahon Adolat Uyiga a'zolik faqat erkaklar uchun; Bahoiy bitiklarida buning sababi kelajakda aniq bo‘lishi aytib o‘tilgan. [1]

Tarixi

tahrir

Bahoiy dinining asoschisi Bahoulloh, dastlab oʻzining “Kitob-i-Aqdas” kitobida, Adolat Uyi muassasini joriy etib, uning vazifalarini belgilab beradi. Ushbu Ta'sisotning mas'uliyati Bahoullohning boshqa bir qancha asarlarida, jumladan, Bahoullohning Lavhalarida ham keltirilgan va ularda bu borada kengroq havolalar mavjud. Bahoulloh o'sha asarlarida Umumjahon Adolat Uyi din ustidan hokimiyatni o'z zimmasiga olishini va o'zi qamrab ololmagan masalalarni ko'rib chiqishini yozadi; u institut a'zolarining ilohiy ilhomga ega bo'lishiga ishintirib, ularning barcha xalqlarni hurmat qilib, ularning sha'nini himoya qilishini aytib o'tadi. [1]

Keyinchalik, Bahoullohning o'g'li va vorisi Abdul-Baho o'zining Vasiyatnomasida uning faoliyati va tarkibi haqida batafsil ma'lumot beradi va uni saylash uslubini belgilab beradi. U Umumjahon Adolat Uyi Bahoulloh himoyasida bo‘lib, xatoliklardan ozod bo‘lishini va unga bo‘ysunishning farzligini yozgan. ʻAbdu'l-Baho birinchilardan bo'lib, oliy organni har bir jamoada tashkil etiladigan mahalliy "Adolat Uylari" va "Ikkinchi darajali "Adolat Uylari" (hozirgi Bahoiy milliy ruhiy majlislari ) dan farqlash uchun "Umumjahon Adolat Uyi" atamasini ishlatgan. Shuningdek, u muassasa qarorlari ko'pchilikning ovozi bilan qabul qilinishi mumkinligini, vaholanki bir ovozdan qabul qilingan qarorlarning afzalligini, hamda uning ikkinchi darajali Adolat Uylarlari a'zolari tomonidan saylanishini aytdi. U, shuningdek, Bahoullohning ayollar va erkaklar ruhiy jihatdan teng bo‘lsa-da, Umumjahon Adolat Uyiga a’zolik faqat erkaklarga tegishli ekanligini va bu qarorning hikmati kelajakda yaqqol namoyon bo‘lishini tasdiqlaydi (qarang: Bahoiylik va gender tenglik) . [1]

Bahoullohdan keyingi din rahbarlari Abdul-Baho ham, Shafqiy Afandi ham Umumjahon Adolat Uyini tashkil etishni nazarda tutgan bo‘lsalar-da, ularning ikkalalari ham buni amalga oshirmadilar. Bu o'sha paytdagi milliy ruhiy majlislar va mahalliy ruhiy majlislar soni juda cheklangan bo‘lishi va Shafqiy Afandining mavjud Bahoiy muassasalarini hali kuchli emas deb bilishi bilan bog‘liq edi. Shu sabab, Shafqiy Affandi hayoti davomida mahalliy va milliy darajada kuchli ma’muriy tuzilmalarni o‘rnatib, ularni Umumjahon Adolat Uyining sayloviga tayyorladi. 1951-yilda, 9 ta Milliy Ruhiy Majlis mavjud boʻlganida, Shafqiy Affandi Xalqaro Bahoiy Kengashini va uning a'zolarini tayinlaydi, hamda uni xalqaro Adolat Uyining embrioni deb taʼriflaydi. 1957-yilda Shafqiy Affandi to'satdan vafot etishi bilan, “Amr Qoʻllari” din ishlarini boshqarib, 1963-yilda Shafqiy Affandi tomonidan oʻrnatilgan xalqaro taʼlim rejasi boʻlmish 10 yillik fath yurishining oxirida Umumjahon Adolat Uyi saylanishini eʼlon qildi. [1]

1961 yilda, barcha Milliy Ruhiy Majlis a'zolarining ovozlari bilan, Xalqaro Bahoiy Kengashi tayinlanuvchi muassasadan saylanadigan organga aylantirildi. So'ngra, 1963-yil aprel oyida, Shafqiy Affandining vafotidan olti yil oʻtib, 56 ta Milliy Ruhiy Majlis tomonidan birinchi Umumjahon Adolat Uyi saylandi. Saylov sanasi 1863 yil aprel oyida, Rizvon bog'ida 10 yillik fath yurishining yakunlanishiga, shuningdek, Bahoullohning ommaviy e'lonining 100 yilligiga to'g'ri keldi. O'shandan beri, Umumjahon Adolat Uyi dinning rahbari sifatida harakat qila boshladi - alohida a'zolar hech qanday vakolatga ega emas, faqat majlis sifatida ular vakolatga ega. U 1972 yilda o'z konstitutsiyasini e'lon qildi. [1] [6]

Saylov jarayoni

tahrir

Umumjahon Adolat Uyi butun dunyo boʻylab yetuk yoshli Bahoiylar tomonidan uch bosqichli saylovlardagi yashirin ovoz berish yo'li va koʻpchilikning ovozi bilan saylanadi. Adolat Uyi nomzodlarsiz yoki saylovoldi tashviqotisiz saylanadi va Bahoiy E'tiqodining barcha voyaga etgan erkak a'zolari Adolat Uyiga saylanish huquqiga ega. [7] Ta'sisot har besh yilda bir marta butun dunyo bo'ylab turli Milliy yoki Hududiy Ruhiy Majlis (MRM) a'zolarining jahon qurultoyida saylanadi. Oʻz mamlakatidagi Bahoiylar tomonidan saylangan turli MRM aʼzolarining har biri toʻqqiz nafar yetuk yoshli erkak bahoyilar uchun ovoz beradi. Saylov byulletenlari pochta orqali yuboriladi yoki delegatlar tomonidan olib kelinadi. Eng ko'p ovoz olgan to'qqiz kishi Umumjahon Adolat Uyiga saylanadi.

2013-yildagi saylovda Hayfada boʻlgan saylov varaqalariga qoʻshimcha ravishda, taxminan 400 ga yaqin o'zlari kelmaganlarning saylov varaqalari pochta orqali qatnashdi, buning natijasida terilgan varaqalarning umumiy soni 1500 dan oshdi.[8] O'sha saylov, 1963-yildagi Umumjahon Adolat Uyi ucun bo'lgan birinchi saylovning 50 yilligini nishonladi [9][10]

Eng oxirgi toʻliq saylov jarayoni 2023-yil 29-aprelda boʻlib oʻtdi [11][12]

Mas'uliyati

tahrir
 
Umumjahon Adolat Uyining qarorgohi

Umumjahon Adolat Uyi bugungi kunda global Bahoiy hamjamiyatining o'sishi va rivojlanishiga rahbarlik qiladi. Umumjahon Adolat Uyining umumiy vazifalariga, Bahoulloh taʼkidlaganidek, Ilohiy Amrni targʻib qilish, qonunni saqlash, ijtimoiy ishlarni boshqarish, inson qalbini tarbiyalash, bolalar taʼlimini kafolatlash, butun dunyoning farovonligi (boylik va qashshoqlikning haddan oshishini barham qilish), qashshoqlikda bo'lgan kasallarga va keksalarga g'amxo'rlik qilish kiradi.[13] Umumjahon Adolat Uyining konstitutsiyasiga ko‘ra, uning ba’zi vakolatlari va vazifalariga quyidagilar kiradi:[13]

  • Bahoiy hayotini individual va kollektiv tarzda tavsiflovchi ma'naviy fazilatlarni targ'ib qilish
  • Bahoiy muqaddas matnlarini saqlash, tarjima qilish va nashr etish
  • Butunjahon Bahoyi hamjamiyatini qirg'in va ta'qiblardan himoya qilish
  • Bahoiy E'tiqodining umumjahon ruhiy va ma'muriy markazini saqlash va rivojlantirish
  • Bahoiylar jamoasi va ma'muriyatining o'sishi va kamolotini rag'batlantirish
  • Shaxsning shaxsiy huquqlari, erkinliklari va tashabbuslarini himoya qilish
  • Bahoiy tamoyillari va qonunlarini tadbiq qilish
  • Bahoiylarning muqaddas matnlarida qayd etilmagan qonunlarni zamon talablariga ko‘ra ishlab chiqish, bekor qilish va o‘zgartirish
  • Bahoiy qonunlarining buzilishiga qarshi sanktsiyalarni e'lon qilish
  • Unga nisbatan ko'rsatilgan nizolarni hal qilish va hakamlik qilish
  • Huququlloh kabi uning ishonchli tasarrufidagi barcha diniy jamq'arma va vaqflarni idora etish.

Qolaversa, Umumjahon Adolat Uyining zimmasiga Bahoulloh tomonidan insoniyatning umumiy farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, dunyo xalqlari o‘rtasida barqaror tinchlikni o‘rnatishga ko‘maklashish, “xalqlar tarbiyasi, millatlar tiklanishi, inson va uning sha'nining himoyasi"ni ta'minlash buyurilgan. [14] [15]

Yurisdiksiyasi

tahrir
 
Umumjahon Adolat Uyining qarorgohi

Umumjahon Adolat Uyiga jamiyat taraqqiy etgani sayin, Bahoiy E'tiqodini unga moslashtirish mas'uliyati ham berilgan va shuning uchun Bahoiylarning muqaddas matnlarida aniq yoritilmagan masalalar bo'yicha qonun chiqarish vakolati berilgan. Umumjahon Adolat Uyi shart-sharoitning o'zgarishiga qarab, o'z qonunchiligini o'zgartirish yoki bekor qilish huquqiga ega bo'lsa-da, u muqaddas matnlarda aniq yozilgan biron-bir qonunni bekor qila olmaydi yoki o'zgartira olmaydi.[1] [13]

Nashrlari

tahrir

Umumjahon Adolat Uyi qonun chiqarish vakolatiga ega bo'lishiga qaramay, o'zining 1963 yilda tashkil etilganidan buyon ushbu funktsiyani amalga oshirishni cheklab qo'ygan. Buning o'rniga, ya'ni muayan-maxsus qonun chiqarmay, butun dunyo Bahoiylarga umumiy yo'l-yo'riq ko'rsatadi; bu rahnamolik, odatda, Shavqiy Affandining maktublariga o'xshab, xat va nomalar shaklida bo'lib kelgan. Ushbu maktublarning ko'pchiligi to'plamlarda nashr etilgan va ular ilohiy kuch va nufuzga ega deb hisoblanadi; uning qarorlari Bahoiylar uchun xatosiz hisoblanadi.[1] [3] Maktublar ta'lim, ibodat, oilaviy hayot, ta'lim va Bahoiy ma'muriyati kabi qator mavzularni qamrab oladi.[1] Har yili Rizvon oyining birinchi kunida (Navro'z sanasining qay kunga to'g'ri kelishiga qarab, 20 yoki 21 aprelda bo'lishi mumkin) Umumjahon Adolat Uyi Rizvon nomasi deb nomlanuvchi maktubi orqali dunyo Bahoiy jamoasiga murojaat qiladi.[16]

Muassasa, shuningdek, Bob, Bahoulloh va Abdul-Bahoning asarlaridan terilgan parchalar toʻplamini nashr etgan. 1992-yilda “Kitobi-Aqdas”, Bahoullohning qonunlar kitobini ingliz tilida nashr etishdi va shundan keyingina, boshqa tillardagi tarjimalar chop etildi. [1] Bu sa’y-harakatlar davomida Jahon Bahoiy Markazida tadqiqot va arxiv bo‘linmalarini tashkil etildi va 1983 yilga kelib, Bahoulloh, Abdul-Baho va Shafqiy Affandining 60 000 dan ortiq maktublari to‘plandi. Ushbu to'plangan asarlar Umumjahon Adolat Uyining muhokamalarida asos sifatida ishlatiladi. [1]

  • Umumjahon tinchligi va'dasi (1985) [17] “Dunyo xalqlariga” bayonoti 160 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlariga taqdim etilgan. Unda dunyo tinchligini o‘rnatish yo‘lidagi asosiy shartlar, shuningdek, unga qarshi kurashayotgan to‘siqlar ko‘rsatib o'tilgan.
  • Bahoulloh (1992)
Bahoullah vafotining 100 yilligiga bag'ishlangan ushbu bayonot uning hayoti va faoliyatining sharhidan iboratdir
Bahoiy ta'limoti kontekstida global farovonlik kontseptsiyasi bo'yicha bayonot.
20-asr sharhi bo'lib, dramatik o'zgarishlarga va Bahoiy E'tiqodining noma'lumlikdan chiqishiga e'tiborni qaratadi.
Mazhablararo nafrat kasalligiga oid maktub. Barcha diniy oqimlarni “uzoq o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan sobit tushunchalar ustidan ko‘tarilishga” chaqiriq.
Dastlab Bahoiy auditoriyasi uchun moʻljallangan ushbu asar, dinning yagonaligi tamoyilini singdirish va diniy xurofotlarni yengib oʻtish Bahoiylar jamoasi uchun asosiy muammo sifatida belgilangan.

Hozirgi a'zolari

tahrir

Umumjahon Adolat Uyining amaldagi barcha a'zolari ilgari Xalqaro o'quv markazining a'zolari bo'lib xizmat qillganlar. Ular:[18]

  • Pol Lempl (2005)
  • Peyman Muhojer (2005)
  • Shahriyor Razaviy (2008)
  • Ayman Ruhoniy (2013)
  • Chuungu Malitonga (2013)
  • Xuan Fransisko Mora (2018)
  • Pravin Mallik (2018)
  • Albert Nshisu Nsunga (2023)
  • Andrey Donoval (2023)

Oldingi a'zolari

tahrir

1963 yilgi dastlabki saylovda Xalqaro Bahoiy Kengashidan besh a'zo, AQSh Milliy Ruhiy Majlisdan (MRM) ikkita, Buyuk Britaniyaning MRMdan va Hindistonning MRMdan bittadan a'zo qatnashdi. [1]

A'zolar birinchi saylangan yil bo'yicha jadvalga kiritilgan. 1963 yildagi birinchi saylovdan boshlab, butun a'zolikning navbatdagi saylovlari har besh yilda bir marta bo'lib o'tdi va 1982, 1987, 2000, 2005 va 2010 yillarda kursiv bilan ko'rsatilgan jadvalda beshta qo'shimcha saylovlar o'tkazildi. Barcha a'zolar keyingi saylopvlarda qayta saylangandan keyin ham o'z faoliyatini davom ettirdilar. Amoz Gibson, Charlz Uolkott va Adib Tohirzoda o'z lavozimida bo'lganlarida vafot etdilar, boshqa sobiq a'zolarga esa nafaqaga chiqishga ruxsat berildi.

1963 yil 1968 yil 1973 yil 1978 yil 1982 yil 1983 yil 1987 yil 1988 yil 1993 yil 1998 yil 2000 2003 yil 2005 yil 2008 yil 2010 yil 2013 yil 2018 2023 yil
Lutfulloh Hakim Devid Ruh Farzam Arbob* Ayman Ruhoniy
Amoz Gibson Glenford Mitchell Gustavo Korrea Praveen Mallik
Charlz Volkott Piter Xon Stiven Xoll Andrey Donoval
Devid Xofman Xuper Dunbar Stiven Birkland Albert Nshisu Nsunga
Borrah Kavelin Adib Taherzoda Kiser Barns Chuungu Malitonga
Hugh Chance J. Duglas Martin [19][20] Pol Lempl
Ali Nakhjaváni Xartmut Grossmann Shahriar Razaviy
Hushmand Fatheazam Firaydun Javaheri Xuan Fransisko Mora
Ian Semple Payman Mohajer

Farzam Arbob (1941-yil 27-oktabr – 2020-yil 25-sentyabr), Tehronda tugʻilgan, Eron 1993-yildan 2013-yilda 71 yoshida aʼzoligidan chiqqanigacha aʼzo boʻlgan [21][22]

Shuningdek qarang

tahrir

Eslatmalar

tahrir
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 Smith 2000.
  2. Javaheri, Firaydoun (December 2018). „Constructive Resilience“. The Journal of Bahá'í Studies. 28-jild, № 4. Association for Bahá'í Studies. 7–22-bet. doi:10.31581/jbs-28.4.2(2018). ISSN 0838-0430. Qaraldi: Jan 5, 2023.
  3. 3,0 3,1 The World of the Bahá'í Faith… The Universal House of Justice 2022.
  4. Khan, Peter J. (Dec 1999). „Some Aspects of Bahá'í Scholarship“. The Journal of Bahá'í Studies. 9-jild, № 4. Association for Bahá'í Studies. 51-bet. doi:10.31581/jbs-9.4.3(1999). ISSN 0838-0430. Qaraldi: Jan 5, 2023.
  5. Baháʼí International Community 2018.
  6. UHJ 1972.
  7. World 1995.
  8. http: name=BWC//news.bahai.org/story/950
  9. Bahá'í International Community. „Baha'is elect Universal House of Justice“. Bahá'í World News Service (2013-yil 29-aprel). Qaraldi: 2013-yil 1-may.
  10. Bahá’í International Community. „Universal House of Justice Elected“. Bahá’í World News Service (2013-yil 30-aprel). Qaraldi: 2013-yil 30-aprel.
  11. „13th International Convention: Representatives from 176 countries cast ballots to elect Universal House of Justice | BWNS“ (en). Bahá’í World News Service (2023-yil 29-aprel). Qaraldi: 2023-yil 17-iyul.
  12. i24NEWS. „Over 1,300 representatives convene from 170 countries for Baha'i convention in Israel“ (en). I24news (2023-yil 1-may). Qaraldi: 2023-yil 17-iyul.
  13. 13,0 13,1 13,2 Momen, Moojan (1989). "Bayt-al-ʻAdl (House of Justice)". Encyclopædia Iranica.
  14. Momen 1989.
  15. Baháʼu'lláh 1994.
  16. „Ridván Messages“. Baháʼí International Community. Qaraldi: 2014-yil 30-mart.
  17. Smith, Todd (2021-11-26), „The Writings of the Universal House of Justice“, The World of the Bahá'í Faith (inglizcha) (1-nashr), London: Routledge, 151-bet, doi:10.4324/9780429027772-14, ISBN 978-0-429-02777-2, qaraldi: 2023-07-17
  18. „13th International Convention: Universal House of Justice elected | BWNS“ (en). Bahá’í World News Service (2023-yil 1-may). Qaraldi: 2023-yil 17-iyul.
  19. „Douglas Martin, 1927–2020“. Baháʼí World News Service (2020-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
  20. „Obituary: Douglas Martin 1927 – 2020“. The Globe and Mail (2020-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr. „born February 24, 1927, and raised in Chatham, Ontario... passed away [Toronto, Ontario] ... September 28, 2020... Elizabeth, his wife, passed away in 1999. He leaves no children... In 1993, he was elected to ... Universal House of Justice, serving until his retirement in 2005. ... co-authored, with Dr. William Hatcher, "The Baháʼí Faith: The Emerging Global Religion"“.
  21. „Farzam Arbab, 1941–2020 | BWNS“ (en). Bahá’í World News Service (2020-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  22. „Two members of Universal House of Justice leaving after years of service“. Baháʼí World News Service (2013-yil 23-aprel). Qaraldi: 2017-yil 23-iyul.

Ma'lumotnomalar

tahrir

Tashqi havolalar

tahrir