Bob
Bob (taxallusi; asl ismi Sayid Ali Muhammad) (1819. 20.10, Sheroz 1850, 9.7, Tabriz) — bobiylik asoschisi, bobiylar qoʻzgʻoloni rahbari. Sayid Ali Muhammad 1844 yilda oʻzini B. (arab tilidagi eshik, darvoza soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, "haqiqat va adolat yoʻliga olib boruvchi eshik" degan maʼnoda talqin qilingan) deb ataydi. Mahdiyning xohishirodasi, yoʻlyoʻriqlari xalqqa "men orqali boradi", deb eʼlon qildi. U xaloskor — maxdiyning kelishi yaqinlashganligi gʻoyasini targʻib qildi. B. 1847-yilda qamoqqa olindi, u yerda "Bayon" (arab. — tushuntirish, yoritib berish, taʼriflash) asarini yezdi. "Bayon"da bobiylar harakatining asoslari yoritilgan. B. bobiylar qoʻzgʻoloni vaqtida Eron shohi farmoni bilan katl etildi.
Bob | |
---|---|
Unvoni | Sayyid |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi |
Ali Muhammad 20-oktyabr 1819-yil |
Vafoti |
9-iyul 1850-yil (30 yoshda) |
Oʻlim sababi | otishma guruhi tomonidan qatl qilngan |
Bob Maqbarasi (Bobiylik) 32°48′52″N 34°59′14″E / 32.81444°N 34.98722°E | |
Dini | Bobiylik |
Millati | Fors |
Turmush oʻrtoq(lar)i | Khadicha-Sulton (1842–1850) |
Farzandlari | Ahmad (1843–1843) |
Ota-onasi |
Mirzo Muhammad Rida (otasi) Fotima Bagum (onasi) |
Kasbi | Savdogar |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |