Abdul-Baho

Bahoullohning toʻngʻich oʻgʻli va Bahoiy E'tiqodining rahbari

Abdul-Baho (Forscha: عبد البهاء ‎​​t​​ugʻilganda Abbos deb ism beriladi: 1844-yil 23-may – 1921-yil 28-noyabr) – Bahoullohning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, 1892-yildan 1921-yilgacha Bahoiy Eʼtiqodining rahbari boʻlib xizmat qilgan.[1] Abdul-Baho, keyinchalik Bahoulloh va Bob bilan bir qatorda dinning uch „Markaziy Siymolari“dan oxirgisi sifatida tan olingan boʻlib, uning yozma asarlari va tasdiqlangan nutqlari Bahoiy muqaddas adabiyotiga tegishli manbalardan boʻlib hisoblanadi.[2]

Abdul-Baho

Parijda suratga olingan portret, 1911
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi
Abbos

23-may 1844-yil
Vafoti 28-noyabr 1921-yil(1921-11-28)
(77 yoshda)
Abdul-Baho Maqbarasi
32°48′52.59″N 34°59′14.17″E / 32.8146083°N 34.9872694°E / 32.8146083; 34.9872694
Dini Bahoiylik
Millati Fors
Tavallud shahri Tehron, Eron
Farzandlari
  • Ḍíyáʼíyyih K͟hánum
  • Túbá K͟hánum
  • Rúḥá K͟hánum
  • Munavvar K͟hánum
Ota-onasi
Qarindoshlar Shavqiy Effendi (nabirasi)

U Tehronda, zodagon oilasida dunyoga keladi. Sakkiz yoshida Uning Otasi hukumat tomonidan Bobiylik taʼlimotiga qarshi olib borilgan tazyiqlar paytida hibsga olinadi va oilaning mol-mulki talon-taroj qilinib, oila tom maʼnodagi qashshoqlikka uchraydi. Uning Otasi oʻz vatani Erondan surgun qilingani sabab, oila Bagʻdodga joʻnab, u yerda toʻqqiz yil qoladi. Keyinchalik esa, ular Usmoniylar davlati tomonidan mahbuslikning davomini oʻtash uchun yuboriladigan Edirnadan oldin Istanbulga va oxiri, Akko zindon-shahriga badargʻa qilinadilar. Abdul-Baho ​​1908-yilda 64 yoshida, Yosh turklar inqilobi uni ozod qilguniga qadar, oʻsha erda siyosiy mahbus sifatida qoladi. Keyin esa U, Bahoiylik mujdasini oʻzining oʻrta-sharqiy kelib chiqishi sarhadlaridan chetga yoyish uchun Gʻarbga bir necha bor safar qiladi, ammo, Birinchi Jahon urushi boshlanganligi sabab, U 1914-yildan 1918-yilgacha, asosan, Hayfada qolishga majbur boʻladi. Bu Urush, oshkora qarshilik koʻrsatib kelgan Usmoniylar hukumatini Britaniya Mandatiga almashtiradiki, bu Mandat unga urushdan keyingi ocharchilikning oldini olishda koʻrsatgan yordami uchun Britaniya Imperiyasi Ordenining Fotih Qoʻmondoni etib tayinlaydi.

1892-yilda Abdul-Baho ​​Otasining vasiyatiga koʻra Ul Zotning vorisi va Bahoiy Eʼtiqodining Rahbari etib tayinlanadi. U deyarli barcha oila aʼzolarining qarshiliklariga duch keladi, lekin, dunyo Bahoiylaridan koʻpchiligining sodiqligini saqlab qolishga muvaffaq boʻladi. Uning "Ilohiy Reja Lavhlari" Shimoliy Amerikadagi Bahoilarni Bahoiy Taʼlimotini yangi hududlarga targʻib qilishga ragʻbatlintirib, ularni safarbar qilishga yordam beradi va Uning „Iroda va Vasiyatnomasi“ hozirgi kundagi Bahoiy Maʼmuriy Tartibotiga asos soladi. Uning koʻplab bitik va munojotlari, maktub va lavhlari saqlanib qolgan boʻlib, Uning Gʻarbiy Bahoiylar bilan olib borgan suhbatlari 1890-yillarning oxirlarida dinning oʻsishiga katta turtki beradi.

Abdul-Bahoga tugʻilganida berilgan ism Abbos edi. Vaziyatga qarab Uni Mirzo Abbos (forschada) yoki Abbos Effendi (turkchada) deb atashgan, bu ikkalasi ham inglizcha „Sir“ (janob) Abbos degan bilan teng. U oʻzi uchun Abdul-Baho („Bahoning Quli“, Otasiga ishora) unvonini afzal koʻrgan. U, odatda, Bahoiy matnlarida „Ustoz“ deb ataladi.

Hayotning yoshlik pallasi

tahrir

Abdul-Baho, Bahoulloh bilan Navvob xonimning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, Bob Oʻz vazifasini eʼlon qilgan tunda, 1844 yil, 23 Mayda (5chi Jamadiyul-Avval, 1260y Hijra) Forsda (hozirgi Eronda) tavallud topadi. Tugʻilganida, Unga mashhur va nufuzli zodagon bobosi, Mirzo Abbos Nuriy sharafiga Abbos deb nom beriladi. Bolaligidan Abdul-Baho ​​Otasining atoqli Bobiy sifatidagi mavqeiga koʻra shakllanib boradi. U, oʻzining Bobiylardan boʻlgan Tohira xonim bilan uchrashuvi va Uning oʻziga koʻrsatgan muomalsini eslab aytadi: „Meni tizzalariga oʻtirgʻizib, gʻamxoʻrlik bilan gaplashdilar. Meni juda hayratda qoldirdilar“. Abdul-Bahoning bolaligi baxtli va betashvish oʻtgan. Oilaning Tehrondagi uy-joyi va qishloqdagi uylari shinam va chiroyli bezatilgan edi. Abdul-Baho oʻziga juda yaqin boʻlgan singlisi bilan bogʻlarda oʻynashni yoqtirardi. Oʻzidan kichik boʻlgan – singlisi Bahiya va ukasi Mehdi – uchalasi imtiyozlarga toʻla baxt va farovonlik muhitida yashaganlar. Abdul-Baho bolaligida, ota-onasining turli xayriya ishlarida qatnashganining, jumladan, uylarining bir qismini ayollar va bolalarga atalgan shifoxonaga aylantirganining guvohi boʻladi.

Umrining keyingi koʻp qismi surgunlar va mahbuslikda oʻtganligi sababli, uning oddiy maktabda oʻqish uchun deyarli imkoni boʻlmaydi. Hatto, yosh bolaligida ham odatga koʻra zodagonlarning bolalari maktablarga berilmas edi. Aksariyat zodagonlar uyda kitobxonlik, notiqlik, xattotlik va matematika asoslari boʻyicha qisqacha taʼlim olishgan. Koʻpchilik shoh saroyidagi hayotga tayyorlanish uchun oʻqitilgan. Anʼanaviy tayyorgarlik maktabida yetti yoshida bir yil qisqa muddat oʻqigan boʻlishiga qaramay, [3] ʻAbdu’l-Bahoning hech qanday rasmiy taʼlimi boʻlmagan. U oʻsib ulgʻayar ekan, onasi va amakisining qoʻlida taʼlim oladi. [4] Vaholanki, uning taʼlim-tarbiyasining katta qismi otasi tomonidan berilgan. [5] Yillar oʻtib, 1890-yilda Edvard Granvil Braun „Abdul-Bahodan koʻra yanada koʻproq nutqi ravon, dalillar keltirishga hozir, misol kelitirshda epchil, Yahudiylar, Nasroniylar va Muhammadiylarning… muqaddas kitoblarini yaxshi biladigan biron kishini hatto eng chechanlar orasidan topish amrimahol edi“ deb taʼriflagan. [6]

Zamonaviy maʼlumotlarga koʻra, [7] ʻAbdu’l-Baho soʻzga chechan va maftunkor bola boʻlgan. Abdul-Baho yetti yoshligida sil kasalligiga chalinib, oʻlim arfasida qolgan. [5] Garchi kasallik keyinchalik barham topgan boʻlsada, [8] umrining oxirigacha, u kasallik xurujlaridan azob tortgan. [5]

Bolaligida Abdul-Bahoga katta taʼsir koʻrsatgan voqealardan biri, sakkiz yoshliligida otasining qamoqqa olinishi boʻldi; bu zindonbandlik uning oilasini qashshoqlikka va koʻchalarda boshqa bolalar tomonidan malomatli hujumlarga uchrashiga olib keldi. [9] ʻAbdu’l -Baho oʻz onasiga hamrohlik qilib otasini koʻrish uchun Bahoulloh mahbuslikda boʻlgan Síyáh-Chál deb, mudhishligida dong chiqargan yer osti zindoniga boradi. [10] U shunday tasvirlaydi: "Men qorongʻi, pastqam joyni koʻrdim. Kichkina, tor eshikdan kirib, ikki zinapoya pastga tushdik, undan narisida koʻzga hech narsa koʻrinmasdi. Biz zinapoyali yoʻlakning oʻrtasiga yetganda, toʻsatdan Uning [Bahoullohning]… „Uni bu yerga olib kirmang“ degan ovozini eshitdik va ular meni qaytarib olib ketishdi" [8] .

Bagʻdod

tahrir

Nihoyat, Bahoulloh qamoqdan ozod qilinadi-yu, ammo surgunga hukm etiladi va oʻsha paytda sakkiz yoshda boʻlgan Abdul-Baho otasi bilan birga Bagʻdodga, 1853 yilning qish pallasida (Yanvar-Aprel oylari davomida) [11] safarga otlanadi [8] . [8] Safar chogʻida Abdul-Baho qahraton sovuqdan muzlab, azob tortadi. Bir yillik qiyinchiliklardan soʻng, Bahoullah Mirzo Yahyo uyushtirgan mojaroni davom ettirmaslik uchun, Abdul-Bahoning oʻninchi tugʻilgan kuni sanasidan bir oy oldin, 1854 yilning aprelida hech kimga xabar bermasdan, yolgʻizlikda qolishni afzal bilib Sulaymoniya togʻlariga chiqib ketadi. [11] Ayriliq azobi uni onasi va singlisi bilan oʻzaro yanada qattiqroq bogʻlaydi. [12] ʻAbdu’l-Baho ularning har ikkalasiga nisbatan, xususan yaqin edi, zero onasi uning taʼlim-tarbiyasida faol ishtirok etardi. [13] Otasining ikki yillik yoʻqligi paytida, [14] hali balogʻat yoshiga yetmagan boʻlishiga qaramay (Oʻrta Sharq jamiyatida 14 yosh) u oila ishlarini boshqarish vazifasini oʻz zimmasiga oladi va maʼlum boʻlishicha, oʻqish bilan mashgʻul boʻlgan, shuningdek, oʻsha davrda qoʻlda koʻchirilgan oyatlar asosiy nashr vositasi boʻlgani sabab, u Bobning yozuvlarini koʻchirib yozish bilan ham shugʻullangan. [8] ʻAbdu’l-Baho chavandozlik sanʼati bilan ham qiziqib, ulgʻaygach chavandozlikda ham shuhrat qozonadi. [15]

 

1856 yilda, mahalliy soʻfiy yetakchilarining bir zohid bilan suhbatda boʻlgani va uning, ehtimol, Bahoulloh boʻlishi mumkinligi haqidagi xabar oila aʼzolariga va doʻstlarga yetib boradi. Darhol, oila aʼzolari va doʻstlar oʻsha gʻayb darvishni qidirishga ketishadi va Mart oyida [11] Bahoullohni Bagʻdodga olib kelishadi. [16] Otasini koʻrgan Abdul-Baho uning oyoqlari ostiga oʻzinin tashlab: „Nega bizni tashlab ketdingiz?“ deya baland ovozda yigʻlaydi, onasi va singlisi ham unga qoʻshilib yigʻlaydilar. [15] [8] ʻAbdu’l-Baho tez orada otasining kotibi va qalqoni boʻldi. [9] Ushbu shahardagi musofirlik paytida Abdul-Baho kichik boladan yosh yigitga aylandi. U „ajoyib goʻzal koʻrinishga ega navqiron yigit“ sifatida eʼtirof etilib, [15]oʻzining xayriya ishlari bilan esda qolgan. [9] Balogʻat yoshidan oʻtganidan soʻng, Abdul-Baho Bagʻdod masjidlarida diniy mavzular va oyatlar muhokamasi ustida har doim koʻzga tashlanib turgan yosh yigitlardan boʻlgan. Abdul-Baho Bagʻdodda boʻlganida otasining istagiga binoan, Ali Shavkat Pasha ismli soʻfiylar yetakchisi uchun musulmon anʼanasiga koʻra „Men yashirin xazina edim“ degan tafsirni yozgan. [9] [17] Oʻsha paytda Abdul-Baho oʻn besh yoki oʻn olti yoshda edi va Ali Shavkat Pasha 11000 dan ortiq soʻzdan iborat inshoni uning yoshi uchun maqtovga sazovor jasorat deb hisobladi. [9] 1863-yilda, keyinchalik Rizvon bogʻi deb tanilgan joyda, uning otasi Bahoulloh bir necha kishiga oʻzini Ollohning Mazhari va Bob tomonidan kelishi bashorat qilingan Maʼvud, Olloh zohir qiladigan Zot ekanini eʼlon qildi. Oʻn ikki kunning sakkizinchi kunida, Bahoulloh oʻz daʼvosini birinchi boʻlib oshkor qilgan shaxs Abdul-Baho boʻlgan deb ishoniladi. [18] [19]

Istanbul/Adrianopol

tahrir
 
ʻAbdu’l-Baho (oʻngda) ukasi Mirzo Mihdiy bilan

1863-yilda Bahoulloh Istanbulga chaqirildi va shu tariqa uning oilasi, jumladan, oʻsha paytda oʻn sakkiz yoshda boʻlgan Abdul-Baho ham 110 kunlik yoʻl davomida unga hamrohlik qildi. [8] Konstantinopolga boʻlgan safar yana bir mashaqqatli safar boʻldi [15] va ʻAbdu’l-Baho bu surgunlarga dosh berishda yordam berardi. [20] Aynan shu yerda uning mavqei bahoiylar orasida yanada yaqqolroq namoyon boʻldi. [2] Bu Bahoullohning Gʻusn Lavhi orqali yanada mustahkamlandiki, unda u doimo oʻgʻlining fazilatlari va mavqeini ulugʻlaydi. [21] Tez orada, oila Adrianopolga surgun qilinadi va Abdul-Baho oilasi bilan birga ketadi. [2] ʻAbdu’l-Baho yana sovuqdan muzlab azob tortadi. [15]

Adrianopolda Abdul-Baho oʻz oilasining, xususan, onasining yagona tasallisi boʻlib hisoblangan. [15] Bu vaqtga kelib Abdul-Baho, Bahoiylar ichida „Ustoz“, bahoiy boʻlmaganlar uchun esa „Abbas Afandi“ („Afandi“ „Janob“ degan maʼnoni anglatadi) deb tanilgan. Aynan Adrianopolda Bahoulloh oʻz oʻgʻlini „Xudoning siri“ deb atagan. [15] „Xudoning siri“ maqomi, Bahoiylikka binoan, Abdul-Bahoning Olloh Mazhari emasligini, balki „Abdul-Bahoning shaxsiyatida bir-biriga mos kelmaydigan inson tabiatiga xos boʻlgan qirralarning, gʻayri-insoniy bilim va komillik bilan uygʻunlashib, komilan hamohanglashgani“ [22] [23]ni anglatadi. Bahoulloh oʻgʻliga yana koʻplab boshqa nomlarni beradi – Gʼhusn-i Aʼzam (maʼnosi „Eng qudratli shox“ yoki „Qudratliroq shox“), [lower-alpha 1] „Muqaddaslik novdasi“, „Ahd Markazi“ va Oʻzining koʻz qorachigʻi kabilar. [2] ʻAbdu’l-Baho („Ustoz“) oʻzi va oilasining Bahoullohdan alohida ravishda surgun qilinishi haqidagi xabarni eshitib, ado boʻladi. Bahoiylarning soʻzlariga koʻra, uning shafoati tufayli bu hukm oʻzgartiriladi va oilaning birga surgun qilinishiga ruxsat beriladi. [15]

ʻAkko

tahrir
 
Bahoulloh va uning oilasi joylashgan Akkodagi zindon

24 yoshida ʻAbdu’l-Baho, otasining ishlarini boshqaruvchi posbon va Bahoiylar jamoasining taniqli vakili edi. [8] Bahoulloh va uning oilasi – 1868 yilda – Falastinning Akko shahridagi qamoq koloniyasiga surgun qilindi, u yerda oilaning halok boʻlib ketishi kutilgan edi. [24] ʻAkkoga kelish oila va surgunga uchraganlar uchun qattiq zarba boʻldi. [2] Atrofdagi aholi ularni dushmanona kutib olishdi va uning singlisi va otasi xavfli kasallikka chalindi. [9] Ayollarga qirgʻoqqa yetib olish uchun erkaklarning yelkasiga oʻtirishlari kerakligi aytilganda, Abdul-Baho bir kursini topib, ayollarni birma bir unga oʻtirgʻizib Akka koʻrfazigacha tashiydi. [15] ʻAbdu’l-Baho bir oz ogʻriqsizlantiruvchi vosita sotib olishga muvaffaq boʻladi va bemorlarga muolaja koʻrsatadi. [15] Bahoiylarni axlat va chiqindilar bilan qoplangan jirkanch sharoitli kameralarga qamaydilar. [9] ʻAbdu’l-Bahoning oʻzi ham xavfli dizenteriya kasaliga uchrab holdan toyadi, [9] biroq hamdard bir askar uni davolashda yordam berish uchun shifokorga ruxsat beradi. [15] Aholi ularga ters yuz oʻgiradi, askarlar ham ularga shunday munosabatda boʻladilar, buning ustiga Sayyid Muhammad Isfahoniyning (Azaliy) xatti-harakati ham zarardan holi emas edi. [10] [8] Abdul-Bahoning kenja ukasi 22 yoshli Mirzo Mehdining tasodifan vafot etishi ruhiyatni yanada uzadi. [15] Qaygʻuga botgan Abdul-Baho ukasining jasadi yonida tun boʻyi mijja qoqmay chiqadi. [10] [15]

Keyinchalik ʻAkkoda kechgan davr

tahrir

Vaqt oʻtishi bilan Abdul-Baho quvgʻindagi kichik Bahoiy jamoasi va tashqi dunyo oʻrtasidagi munosabatlar uchun masʼuliyatni asta-sekin oʻz zimmasiga oladi. Bahoiylarning fikriga koʻra, aynan Uning Akko xalqi bilan muloqoti tufayli ular Bahoiylarning aybsizligini tan oladilar va shu tariqa mahbuslik sharoitlari yengillashib boradi. Mehdining vafotidan toʻrt oy oʻtgach, oila zindondan ʻAbbúdning Uyiga koʻchib oʻtadi. Akko aholisi Bahoiylarni va xususan, Abdul-Bahoni hurmat qila boshlaydi. Abdul-Baho ​​oilasi uchun ijaraga uylar olishga muvaffaq boʻladi, keyinchalik oila, 1879-yil epidemiyasi natijasida aholining qochib ketishi sababli, Bahjí Saroyiga koʻchib oʻtadi.

Tez orada Abdul-Baho Akko jazo koloniyasida keng taniladi, Nyu-Yorklik badavlat advokat Mayron Genri Felps, „suriyaliklar, arablar, efiopiyaliklar va hokazolardan iborat kishilarning toʻp-toʻp boʻlib“ barchasi Abdul-Baho bilan suhbatlashish va Uning mehmoni boʻlishni qanchalar kutishganini tasvirlaydi. 1886-yilda, U Bobiylik dini tarixini oʻz ichiga olgan "Sayohatchining hikoyasi" („Maqala-i-Shaxsiy sayyoh“)ni nashr etadi, [25] keyinchalik, bu nashr 1891-yilda Edvard Granvil Braun agentligi tomonidan Kembrij universiteti orqali tarjima qilinib, nashr etilgan.

Nikohi va oilaviy hayoti

tahrir

ʻAbdu’l-Baho yosh yigitlik paytida, Bahoiylar uning kimga uylanishi haqida koʻplab taxminlar qilib oralarida gapirib turar edilar. [9] [5] Bir necha yosh qizlarni unga uylanish uchun mos deb qarashardi, ammo ʻAbdu’l-Bahoda uylanishga qiziqish yoʻqdek tuyulardi. [9] 1873 yil 8 martda otasining taklifi bilan [10] [26] yigirma sakkiz yoshli Abdul-Baho yigirma besh yoshli Isfahon shahrining yuqori toifalariga mansub Isfaxonlik Fotima Nahriyga (1847–1938) uylanadi. [27] Uning otasi isfaxonlik Mirzo Muhammad ʻAli Nahriy boʻlib, nufuzli aloqalarga ega boʻlgan taniqli bahoiylardan edi. [lower-alpha 2] [9] [5] Ham Bahoulloh va ham rafiqasi Navvob, ikkalalari ham Fotimaning Abdul-Baho bilan oila qurishini maʼqullashgach, Fotimani Forsdan Akkoga olib kelishadi. [9] [27] [28] Isfaxondan Akkogacha boʻlgan mashaqqatli safardan soʻng, u nihoyat 1872 yilda akasi hamrohligida yetib keladi. [9] [28] Yosh er-xotin nikohlaridan taxminan besh oy oldin unashtiriladilar. Bu orada Fotima bir muddat Abdul-Bahoning amakisi Mirzo Musoning uyida yashab turadi. Uning kech xotiralarida yozilishicha, Fotima Abdul-Bahoni koʻrishi bilan, uni sevib qolgan. ʻAbdu’l-Bahoning oʻzi Fotima bilan uchrashgunga qadar uylanishga uncha qiziqmagan boʻladi;[28] qaysikim,Bahoʼulloh unga Munírih deb nom beradi. [10] Munírih – bu „Nurli“ degan maʼnoni anglatadi. [29]

Bu nikohdan toʻqqiz farzand tugʻiladi. Birinchi tugʻilgan oʻgʻil farzandlarining ismi Mehdi Afandi boʻlib, u taxminan 3 yoshida vafot etgan. Undan keyin Zyáʼíyyih K͟hánum, Fuʼádíyyih K͟hánum (vafoti bir necha yoshligida), Rúhangíz Khánum (vaf. 1893), Túbá Khánum, Husayn Effendi (vaf. 1887-yilda 5 yoshida), Ruha Khanum (Munib Shahid ning onasi), va Munnavar K͟hánum. Farzandlarining oʻlimi Abdul-Bahoni qattiq qaygʻuga soladi, xususan, oʻgʻli Husaynning oʻlimi, onasi va amakisining vafotidan keyingi ogʻir pallaga toʻgʻri keladi. [30] Tirik qolgan bolalari (barchasi qizlari): Ḍíyáʼíyyih K͟hánum (Shogʻi Afandining onasi) (vaf. 1951) Túbá K͟hánum (1880–1959) Ruḥá K͟hánum va Munavvar K͟hánum (vaf. 1971). [9] Baháʼu’lláh Bahoiylarning Abdul-Bahodan oʻrnak olib, bora-bora koʻpxotinlilikdan voz kechishlarini istardi. [28] [29] [31] Abdul-Bahoning bir ayolga uylanib, monogamlikni saqlashni ravo koʻrishi [28] otasining maslahati va oʻz xohishiga koʻra boʻlib,[28] [29] shu paytgacha koʻpxotinlilikni/monogamiyani toʻgʻri hayot tarzi deb hisoblagan odamlar uchun ibrat sifatida poligamiyani[29] amalda qonuniylashtiradi. [28] [29]

Xizmatining dastlabki yillari

tahrir

1892-yil 29-mayda, Bahoullohning vafotidan soʻng, Bahoullohning vasiyatnomasiga binoan Abdul-Baho Ahd markazi, voris va Bahoulloh yozuvlarining tafsirchisi sifatida tayinlanadi. [32] [1]

Bahoʼulloh oʻz vorisini quyidagi misralar bilan belgilb beradi:

"Ilohiy Vosiyning Irodasi budir: Agʻsonlar, Afnonlar hamda Mening oilam, hamma va har bir kishi oʻz yuzini Gʻusn-i-Aʼzamga qaratishi shart. Eng Muqaddas Kitobda nimani nozil qilganimizga eʼtibor bering: „Huzurim ummoni quriganida va Zuhurim Kitobi tugaganida, yuzingizni ushbu Qadim Ildizdan kurtak otgan, Olloh tayin etgan Gʻusnga qarating“. Bu muqaddas oyatning egasi, Gʻusn-i-Aʼzam (Abdul-Baho)dan boshqa hech kim emas. Shunday qilib, Biz senga lutf ila Oʻz qudratli Irodamizni nozil etdik va Men, haqiqatan, Rahiymli va Qudratliman. Darhaqiqat, Olloh Gʻusn-i-Akbar (Mirza Muhammad Ali)ning maqomini Gʻusn-i-Aʼzam (Abdul-Baho)ning maqomidan pastroq boʻlishini buyurdi; U, darhaqiqat, Farmon Berguvchi, Hikmat Sohibidir. Biz hamma narsani Bilguvchi va Xabardor boʻlgan Zot belgilaganidek, „Akbar“ ni „Aʼzam“ dan keyin tanladik". – Bahoulloh (1873-1892)

"Kitob-i Ahd" ning tarjimasi solecismga asoslangan, ammo Akbar va Aʼzam atamalari mos ravishda „Buyuk“ va „Eng ulugʻ“ degan maʼnoni anglatmaydi. Bu ikki soʻz faqat bir-biridan alohida trikonsonant ildizlardan (k-b-r soʻzidan Akbar va ʻ-z-m dan Aʼzam) hosil boʻlibgina qolmay, balki arab tilida qiyosiy va ustunlik oʻrtasida aniq farq yoʻq boʻlib, unda elativ, gradatsiya bosqichi mavjud. [33] iroda va Vasiyatnomada Abdul-Bahoning oʻgay ukasi Muhammad Ali Abdul-Bahodan keyin turuvchi deb tilga olingan. Muhammad ʻAli oʻgay akasiga hasad qilib, akalari Badiʼulloh va Ziyaʼuʼllohning koʻmagida muqobil rahbar sifatida oʻzi uchun hokimiyat oʻrnatishga kirishadi. [34] U Erondagi bahoiylar bilan dastlab yashirin yozishmalarni boshlab, boshqalarning fikrida ʻAbdu’l-Baho haqida shubha uygʻotishga harakat qiladi. [8] Aksariyat bahoiylar Abdul-Bahoga ergashgan boʻlsalar, bir hovuch bahoiylar Muhammad Aliga ergashadilar, jumladan Mirza Javad va Amerikaga ilk bahoiy muhojiri boʻlgan Ibrohim Jorj Xeyralla kabilar. [35]

Muhammad Ali va Mirzo Javad Abdul-Bahoni oʻz zimmasiga haddan tashqari koʻp hokimiyat olganlikda ayblab, u oʻzini Bahoullohga teng boʻlgan Xudoning Mazhari deb hisoblaydi deb ayblaydilar. [36] Aynan oʻsha paytda Abdul-Baho oʻziga qarshi qoʻyilgan ayblovlarning yolgʻonligini isbotlash uchun Gʻarbga yozilgan lavhalarida, oʻzining arabchada Bahoning quli degan maʼnoni bildiruvchi „Abdu’l-Baho“ degan nomni olishini aytadi. Bahoning quli, yaʼni Xudoning Mazhari emasligini va uning mavqei faqat bandalik ekanligini aniq koʻrsatish uchun. [8] [37] ʻAbdu’l-Baho maʼmuriyat asoslarini belgilovchi Vasiyatnoma qoldiradi. Undagi ikki oliy muassasa, Umumjahon Adolat Uyi va Vasiylikdan iborat boʻlib, Shavqiy Effendi Vosiy Muhofiz qilib tayinlanadi. [1] Abdul-Baho va Shavqiy Effendidan tashqari Bahoullohning qolgan barcha erkak qarindoshlari, jumladan Shavqiy Effendining otasi Mirzo Hodi Sheroziy ham Muhammad Alini qoʻllab-quvvatlaydilar. [2] Biroq, Muhammad Ali va uning oila aʼzolarining bayonotlari umuman olganda Bahoiylarga juda kam taʼsir koʻrsatadi – Akka hududida Muhammad Alining izdoshlari koʻpi bilan olti oila vakilidan iborat boʻlgan, ular umumiy diniy faoliyatga ega boʻlmagan [38] va toʻlasincha deyarli musulmon jamiyatiga singib ketgan. [39]

Birinchi Gʻarbiy ziyoratchilar

tahrir
 
Gʻarblik ilk Bahoiy ziyoratchilari. Chapdan oʻngga: Charlz Meyson Remey, Sigurd Rassell, Edvard Getsinger va Laura Klifford Barni ; Chapdan oʻngga oʻtirganlar: Ethel Jenner Rosenberg, Madam Jekson, Shogi Affendi, Helen Ellis Koul, Lua Getsinger, Emogen Xoagg

1898 yil oxiriga kelib gʻarblik ziyoratchilar Abdul-Bahoni ziyorat qilish uchun Akkaga kela boshladilar; ushbu ziyoratchilar guruhi Abdul-Baho bilan ilk marotaba uchrashgan Gʻarbdan kelgan bahoiylar edilar, masalan Fib Xerst ham ular jumlasidan edi. [8] Birinchi guruh 1898 yilda kelgan, keyinchalik 1898 yilning oxiri va 1899 yilning boshigacha Gʻarbiy Bahoiylar Abdul-Bahoni ziyorat qilish uchun vaqti-vaqti bilan tashrif buyurib turishgan. Guruh aʼzolari nisbatan yoshlardan, asosan Amerikaning yuksak jamiyatiga oid boʻlgan 20 yoshlardagi xotin-qizlardan iborat boʻlgan. [5] Gʻarbliklar guruhi mahalliy hukumatda shubha uygʻotadi va shuning uchun Abdul-Bahoning mahbusligi shartlari kuchaytiriladi. [5] Keyingi oʻn yil davomida ʻAbdu’l-Baho butun dunyo boʻylab bahoiylar bilan doimiy aloqada boʻlib, ularga dinni oʻrgatishda yordam beradi; ular ichiga Parijdagi Mey Ellis Bolles, Ingliz kishi Tomas Breikvell, amerikalik Gerbert Xopper, fransuz Hippolyte Dreyfus [fr], Syuzan Mudi, Lua Getsinger va amerikalik Laura Klifford Barni bor edi. [8] Aynan Laura Klifford Barni koʻp yillar davomida Abdul-Bahoga savollar berib, Hayfaga koʻp marotaba tashriflar buyurib, keyinchalik „Baʼzi savollarga javoblar“ kitobini tuzgan. [8]

Idorasi, 1901–1912

tahrir

19-asrning soʻnggi yillarida, Abdul-Baho hali ham rasman mahbus ekan va Akkada yashar ekan, Bob jasadining qoldiqlarini Erondan Falastinga koʻchirishni tashkil qildi. Keyin u Karmal togʻida Bahoulloh koʻrsatma bergan joyda, Bobning zaminiy qoldiqlarini qoʻyish uchun yer sotib olishni va Bob Maqbarasining qurilishini tashkillashtirdi. Bu jarayon yana 10 yil davom etdi. [8] Ziyoratchilar oqimining koʻpayib borishi bilan 1901-yilning avgustida, Muhammad ʻAlining ham Usmonli hukumati bilan birgalikda Abdul-Bahoning mahbusligi shartlarni qattiqroq qilish uchun harakalari kuchaydi. [1] [8] Biroq 1902 yilga kelib, Akka gubernatori Abdul-Bahoni qoʻllab-quvvatlaganligi sababli, vaziyat ancha yumshatildi; ziyoratchilar Abdul-Bahoni yana bir bor ziyorat qilish imkoniga ega boʻlganlarida, u shahardan chiqishga ijozat boʻlmaydigan mahbuslikda edi. [8] 1903 yilning Fevralida Muhammad Alining ikki izdoshi, jumladan, Badiullah va Sayyid Ali Afnon, Muhammad Ali bilan aloqalarini uzib, Muhammad Alining fitnalari haqida batafsil maʼlumot beruvchi kitoblar va maktublar yozdilar, hamda Abdul-Baho haqida tarqalayotgan gap soʻlarning uydirma ekanligini taʼkidladilar. [8] [40]

1902 yildan 1904 yilgacha Abdul-Baho rahbarligida olib borilayotgan Bob Maqbarasining qurilish ishlaridan tashqari, u yana ikki bir-biridan ayrı boʻlgan loyihani amalga oshirishga kirishdi; bular Eronning Sheroz shahridagi Bob uyining restavratsiyasi va Turkmanistonning Ashxobod shahrida birinchi Bahoiy Ibodatgohining qurilishi edi. [8] Abdul-Baho Mirzo Ogʻadan, Bobning uyini 1844 yildagi Bob Mulla Husaynga Oʻz vazifasini eʼlon qilgan paytdagi holatiga keltirilish boʻyicha ishlarni tashkillashtirishni soʻradi; [8] Ibodat Uyi ishini esa, Vakil-ud-Davlihga topshirdi. [8]

Bu davr ichida Abdul-Baho Sulton Abdulhamid II hukmronligiga qarshi boʻlgan bir qancha Yosh Turkiylar, jumladan Namiq Kamol, Ziyo Pasha va Midhat Pasha bilan muloqotda boʻlib, Bahoiylik gʻoyalarini ularining siyosiy mafkurasiga yetkazishga harakat qildi. [41] U Bahoiylarning „erkinlikka intiluvchan va ozodlikni sevuvchan, tenglikni umid qiladigan, insoniyat farovonligining xayrixohlari, hamda insoniyat birdamligi uchun oʻz jonlarini qurbon qilishga tayyorligini“, ammo Yosh turklarga qaraganda, kengroq yondashuvga ega ekanligini taʼkidladi. Bahoiylik dinini Islom va diniy eʼtiqoddan butunlay voz kechish oʻrtasidagi vositachi qadam deb hisoblagan Ittifoq va Taraqqiyot Qoʻmitasi asoschilaridan biri Abdulla Jevdet oʻzi asos solgan davriy nashrda Bahoiylarni himoya qilgani uchun sudga tortiladi. [42] [43]

‛Abdu’l-Baho harbiy rahbarlardan Bursali Mehmet Tohir Bey va Hasan Bedreddin kabi shaxslar bilan ham aloqada boʻlgan. Sulton Abdulazizning taxtdan agʻdarilishida ishtirok etgan ikkinchisi, odatda Bedri Pasha yoki Badri Posho nomi bilan tanilgan boʻlib, forscha Bahoiy manbalarida Bedri Bey (Badri Beg) deb ataladi. U ‛Abdu’l-Baho asarlarini fransuz tiliga tarjima qilgan Bahoiy edi. [44]

ʻAbdu’l-Baho Bayrutda Islomiy Modernizm va Salafiylar harakatining asosiy namoyandalaridan biri Muhammad Abduh bilan ham uchrashdi. Oʻsha paytda ularning ikkisining ham diniy islohotga boʻlgan qarashlari oʻxshash edi va ularni Usmonli ulamolariga qarshi qoʻyishardi.[45] [46] Rashid Rizaning taʼkidlashicha, Abdul-Baho oʻzining Bayrutga tashrifi chogʻida Abduhning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashardi. [47] Abdul-Baho va Muhammad Abduhning uchrashuvlari haqida Shavqiy Effendi shunday taʼkidlaydi: "Uning taniqli shayx Muhammad Abdu bilan boʻlgan bir necha suhbati, jamoa obroʻ-eʼtiborini nihoyatda oshirishga va uning eng nufuzli aʼzosining dovrugʻini xorijga yoyishda xizmat qildi. „ [48]

Abdul-Bahoning siyosiy faoliyati va Muhammad Alining unga qarshi chiqargan ayblovlari sababli, tergov komissiyasi 1905 yilda Abdul-Baho bilan suhbat oʻtkazdi va natijada u, Fezzanga surgun qilinish arafasida edi. [49] [8] [50] Bunga javoban Abdul-Baho sultonga eʼtiroz maktubi yozdi va unda izdoshlarining partiyaviy siyosatga aralashmasliklari va uning tariqati koʻplab amerikaliklarni Islomga yoʻnaltirganini bildirdi. [51] Akkodagi keyingi bir necha yil nisbatan bosimlardan xoli boʻldi va ziyoratchilar Abdul-Bahoni ziyorat qilish uchun kela oladigan boʻldilar. 1909 yilga kelib Bob Maqbarasining birinchi qavati qurib bitkazildi. [8]

Gʻarbga sayohatlar

tahrir
 
ʻAbdu’l-Baho, AQShga safari chogʻida


1908 yilgi “Yosh turklar" inqilobi Usmonlilar imperiyasidagi barcha siyosiy mahbuslarni ozod qildi, Abdul-Baho ham ozod boʻldi. Uning ozodlikdagi birinchi harakati Bahjidagi Bahoulloh ziyoratgohini ziyorat qilish boʻldi. [8] Garchi Abdul-Baho inqilobdan keyingi bit muddat Akkoda yashashni davom ettirgan boʻlsada, tez orada u Bob Maqbarasi yaqiniga, Hayfaga koʻchib oʻtdi. [8] 1910-yilda mamlakatni tark etish erkinligiga ega ekan, u, Bahoyilik xabarini tarannum etish uchun Misr, Yevropa va Shimoliy Amerikaga boʻlgan uch yillik sayohatga yoʻl oldi. [1]

1911 yilning avgustidan dekabrigacha Abdul-Baho Yevropa shaharlarida, jumladan London, Bristol va Parijda boʻldi. Bu sayohatlardan maqsad gʻarbdagi Bahoiy jamoalarini qoʻllab-quvvatlash va otasining taʼlimotini yanada kengroq yoyishdan iborat edi. [8]

Undan keyingi yil, u otasining taʼlimotini yoyish maqsadida yana Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanadaga uzoqroq muddatli safarga otlandi. U Nyu-York shahriga 1912 yil 11 aprelda yetib keldi, safardan oldin unga taklift etilgan RMS Titanik kemasida suzishni rad etib, Bahoiylariga „Yaxshisi buning xarjini xayriya ishlariga bering“ deydi. [52] Uning oʻrniga u sekinroq kema, RMS <i id="mwAhg">Sedrikda</i> sayohat qildi va sabab sifatida uzoqroq dengiz sayohatini afzal koʻrishini izhor etdi.[8] 16-aprelda Titanikning choʻkib ketganini eshitganidan soʻng, u „Mendan Titanikda suzib ketishimni soʻrashdi, ammo yuragim bunga unamadi“ deydi. [52] U koʻp vaqtini Nyu-York, Chikago, Klivlend, Pitsburg, Vashington, Boston va Filadelfiyaga da oʻtkazdi. Oʻsha yilning avgust oyida u oʻz safari koʻlamini kengaytirib, boshqa joylarga ham uzoqroq muddatga sayohat qila boshladi, jumladan Nyu-Xempshir, Meyndagi Green Acre maktabi va Monrealga (Kanadaga bo'lgan yagona tashrifi) tashrif buyurdi. Keyin u gʻarbga Minneapolis, San-Fransisko, Stenford va Los-Anjelesga sayohat qildi va oktyabr oyining oxirida sharqqa qarab qayta boshladi. 1912 yilning 5 dekabrida u ortga, Yevropaga qaytdi. [8]

Shimoliy Amerikaga tashrifi chogʻida u koʻplab missiyalar, cherkovlar va guruhlarga tashrif buyurdi, shuningdek, Bahoyi xonadonlarida koʻplab uchrashuvlar oʻtkazdi va yuzlab odamlar bilan son-sanoqsiz shaxsiy uchrashuvlarni olib bordi. [53] Oʻz nutqlari davomida u Xudoning birligi, dinlar birligi, insoniyatning birligi, ayollar va erkaklarning tengligi, umumjahon tinchlik va iqtisodiy adolat kabi Bahoiy tamoyillarini eʼlon qildi. [53] Shuningdek, u oʻzining barcha uchrashuvlari hamma irqlar uchun ochiq boʻlishi kerakligini qatʼiyan talab qildi. [53]

Uning tashrifi va suhbatlari gazetalarda yuzlab maqolalar mavzusiga aylandi. [53] Boston gazetasi muxbirlari Abdul-Bahodan Amerikaga nima uchun kelganini soʻrashdi va u tinchlik boʻyicha konferentsiyalarda qatnashish uchun kelganini va bunday tadbirlarda faqatgina ogohlantirish bilan kifoyalanmaslik kerakligini aytdi. [8] ʻAbdu’l-Bahoning Monrealga tashrifi gazetalarning bosh sahifalarida eʼtiborga molik boʻldi; u kelgan kechada Monreal Daily Star muharriri u bilan uchrashdi va shu gazeta qatorida The Monreal Gazette, Monreal Standard, Le Devoir and La Presse kabi boshqa gazetalar ham Abdul-Bahoning faoliyatini yoritib berishdi. [54] [8] Oʻsha gazetalardagi sarlavhalar: „Forslik Ustoz tinchlikni targʻib qilmoqda“, „Irqchilik notoʻgʻri, deydi Sharq Donishmandi, zero Urush va Mojarolarning sababi diniy va milliy xurofotlardir“ va „Tinchlik elchisi sotsialistlar bilan uchrashdi, Abdul-Bahoning ortiqcha boylikni taqsimlash tartibi haqidagi hikoyasi“. [8] Kanada boʻylab tarqatilgan Monreal standarti shu qadar katta qiziqish uygʻotdiki, undagi maqolalar bir haftadan soʻng qayta nashr etildi; Gazette esa oltita maqola va Monrealning eng yirik fransuz tilidagi gazetasi u haqida ikkita maqolani chop etdi. [54] Uning 1912-yilda Monrealga qilgan tashrifi, shuningdek, hazil-mutoyibachi Stiven Likokni 1914-yilda eng koʻp sotilgan "Arcadian Adventures with the Idle Rich" kitobida unga parodiya qilishga ilhomlantirdi. [55] Chikagodagi bir gazeta sarlavhasi „Bizga Hazrat tashrif buyurmoqda, Pius X emas, balki A. Baha.“ deb xabar berdi, [8] ʻAbdu’l-Bahoning Kaliforniyaga tashrifi haqida Palo Altan xabar berdi. [8]

Evropaga qaytib, u London, Edinburg, Parij (u yerda ikki oy turdi), Shtutgart, Budapesht va Vena shaharlariga tashrif buyurdi. Nihoyat, 1913 yil 12 iyunda u Misrga qaytib keldi va u yerda olti oy qolib, Hayfaga qaytdi. [8]

1914-yil 23-fevralda, Birinchi jahon urushi arafasida, Abdul-Baho oʻzining Falastinga dastlabki sayohatlaridan birida boʻlgan sionistik harakatning yetakchi himoyachisi va moliyachisi Rotshildlar banki oilasining aʼzosi Baron Edmond Jeyms de Rotshildni mehmon qildi. [56]

Soʻnggi yillari (1914-1921)

tahrir
 
'Abdu’l-Baho Karmal togʻida ziyoratchilar bilan 1919 yil

Birinchi jahon urushi paytida (1914–1918) Abdul-Baho Falastinda qoldi va sayohat qila olmadi. U cheklangan miqdordagi yozishmalarni olib bordi, jumladan,Shimoliy Amerikaning bahoiylariga yoʻllangan 14 ta maktub toʻplami boʻlmish Ilohiy rejaning lavhalari, qaysikim keyinchalik Bahoiy dinining uchta „nizomi“ dan biri sifatida tasvirlangan. Maktublar sayyora boʻylab dinning tarqalishda Shimoliy Amerika Bahoiylarining yetakchiligini belgilaydi.

Hayfa ittifoqchilarning bombardimon qilish xavfi ostida edi, shuning uchun Abdul-Baho va boshqa Bahoiylar vaqtincha Akka sharqidagi tepaliklarga chekinishdi. [48]

ʻAbdu’l-Baho, shuningdek, Usmonli harbiy boshligʻi Jemal Pashaning tahdidlari ostida edi, u bir paytlar uni xochga mixlash va Falastindagi Bahoiy mulklarini yoʻq qilish istagini bildirgan. [2] Britaniya generali Allenbining Megiddodagi tezkor hujumi Bahoiylarga zarar yetkazilishidan oldin Falastindagi turk qoʻshinlarini siqib chiqardi va ikki oydan kamroq vaqt ichida urush tugaydi.

Urushdan keyingi davr

tahrir
 
Keksa ʻAbdu’l-Baho

Birinchi jahon urushining yakunlanishi ochiqchasiga dushman boʻlgan Usmonli hukumati oʻrnini doʻstona Britaniya mandati egallashiga olib keldi, bu esa yozishmalar, ziyoratchilar oqimini tiklash va Bahoiy Jahon Markazi mulklarini rivojlantirish imkonini berdi. [8] Aynan shu faoliyatning qayta tiklanishi davrida Bahoiy Eʼtiqodi Abdul-Baho boshchiligida Misr, Kavkaz, Eron, Turkmaniston, Shimoliy Amerika va Janubiy Osiyo kabi joylarda kengayib, mustahkamlandi.

Urushning tugashi bir qancha siyosiy voqealarga olib keldi, ular haqida Abdul-Baho izoh beradi. 1920 yil yanvar oyida Millatlar Ligasining tashkil etilishi, dunyoviy tashkilot orqali kollektiv xavfsizlikning birinchi instantsiyasini ifodalaydi. 1875 yilda ʻAbdu’l-Baho „Dunyo xalqlari ittifoqi“ni tashkil etishning zarurligi haqida yozgan edi va Millatlar Ligasi orqali amalga oshirilgan bu urinishni u maqsad sari muhim qadam sifatida baholadi. U, shuningdek, bu tashkilotning „Umumjahon tinchlikni oʻrnatishga qodir emas“ligini, chunki u barcha xalqlarning vakillaridan iborat emasligini va u faxât oʻziga aʼzo davlatlar ustidan arzimas kuchga ega ekanligini aytdi. [9] [2] Taxminan bir vaqtning oʻzida Britaniya mandati yahudiylarning Falastinga davom etayotgan immigratsiyasini qoʻllab-quvvatladi. ʻAbdu’l-Baho immigratsiyani bashoratning amalga oshishi sifatida tilga oldi va Sionistlarni yerni rivojlantirishga va „mamlakatni uning barcha aholisi uchun yuksaltirish… Ular yahudiylarni boshqa falastinliklardan ajratmaslikka harakat qilishlari kerak“, deb undadi. [57]

 
ʻAbdu’l-Baho oʻziga Britaniya imperiyasi ordenining ritsar qoʻmondoni nishonining topshirilish marosimida, 1920 yil aprel

Urush, shuningdek hududni ocharchilikka olib keldi. 1901 yilda Abdul-Baho Iordan daryosi yaqinida taxminan 1704 akr butazor yer maydonini sotib oldi va 1907 yilga kelib, Erondan kelgan koʻplab Baxoiylar bu yerlarda sherikchilikka asoslangan ziroatkorlikni boshladilar. ʻAbdu’l-Baho hosilning 20-33 foizini (yoki naqd pul ekvivalentini) olgan va hosil Hayfaga joʻnatilgan. 1917-yilda urush davom etayotgan bir paytda, Abdul-Baho ekinlardan katta miqdorda bugʻdoy oldi, shuningdek, boshqa mavjud bugʻdoylarni sotib olib, hammasini Xayfaga kema orqali joʻnatdi. Bugʻdoy inglizlar Falastinni endigina qoʻlga kiritgan paytda yetib kelgani sabab, ocharchilikni bartaraf etish uchun uni keng tarqatishiga ruxsat berildi. [58] [59] Shimoliy Falastindagi ocharchilikning oldini olishdagi xizmatlari uchun u 1920-yil 27-aprelda Britaniya gubernatorining uyida, uning sharafiga oʻtkazilgan marosimda Britaniya imperiyasi ordeni ritsar qoʻmondoni unvoniga sazovor boʻldi [60] [61] Keyinchalik uning oldie general Allenbi, qirol Faysal (keyinroq Iroq qiroli boʻlgan), Gerbert Samuel (Falastin boʻyicha Oliy komissar) va Ronald Storrs (Quddus harbiy gubernatori) tashrif buyurishdi. [48]

Vafoti va dafn marosimi

tahrir
 
Abdul-Bahoning dafn marosimi Hayfa, Britaniya mandati-Falastin

Abdul-Baho 1921 yil 28-noyabr, dushanba kuni, tungi soat 1:15 dan keyin vafot etdi. (1340 hijriy rabi’ul-avval oyining 27-kuni). [48]

Shundan soʻng mustamlaka kotibi Uinston Cherchill Falastin boʻyicha Oliy komissarga telegraf orqali „Bahoiylar jamoasiga oliy hazratlari hukumati nomidan hamdardlik va taziya bildiring“. Xuddi shunday xabarlar Viscount Allenby, Iroq Vazirlar Kengashi va boshqalardan ham kelgan. [48]

Ertasi kuni boʻlib oʻtgan dafn marosimida qatnashgan Esslemont qayd etadi:

... bundayin dafn marosimini nafaqat Hayfa, hatto butun Falastin ham aniq ko'rmagan edi... ko'plab dinlarga, irqlarga va tillarga mansub vakillardan iborat minglab azadorlarni bir joyga to'plagan tuyg'u juda chuqur edi.[62]


Shavqiy Effendi Dafn marosimida soʻzlangan nutqlar orasida Styuart Saymsning ehtiromli soʻzlarini qayd etadi:


Oʻylaymanki, koʻpchiligimiz S’eʼr Abdul-Baho haqida aniq tasavvurga egamiz, jumladan Uning fikrlarga choʻmib koʻchalarimizdan yurib borayotgan olijanob siymosi, Uning xushmuomala va ehtiromli muomalasi, Uning mehribonligi, Uning yosh bolalarga va gullarga boʻlgan muhabbati, Uning xoʻrlangan bechoralarga koʻrsatgan saxovati va gʻamxoʻrligi. U shunchalar muloyim va shunchalar kamtar ediki, hatto Uning huzurida kishi Uning buyuk Ustoz ekanligini, Uning bitiklari va suhbatlari Sharqu Gʻarbdagi yuzlab va minglab kishilar uchun tasalli va ilhom ekanligini deyarli unutib qoʻyar edi.

U Karmal togʻidagi Bob Maqbarasining old xonasiga dafn qilindi. Uning dafn etilgan joyi vaqtinchalik boʻlishi kerak, toki Rizvon bogʻi yaqinida Abdul-Baho Maqbarasi deb nomlanuvchi uning oʻz maqbarasi qurilmaguncha. [63]

Merosi

tahrir

ʻAbdu’l-Baho 1901-1908 yillar oraligʻida oʻz qoʻli bilan yozgan va oʻsha paytda atigi 4-11 yoshli Shavqiy Effendiga qaratilgan Vasiyatnoma qoldirgan. Vasiyatnoma Shavqiy Effendini din Muhofizlari qatorida birinchisi sifatida tayinlab, uni muqaddas bitiklarning nufuzli talqinini taʼminlaydigan merosxoʻr ijrochi deb tayinlaydi. ʻAbdu’l-Baho barcha bahoiylarni unga murojaat qilishga va Unga itoat qilishga buyurib, uni ilohiy himoya va hidoyat ostida boʻlishiga amin qildi. Shuningdek, vasiyatnomada uning taʼlimotlarining rasmiy takrorlanishi, masalan, taʼlimni oʻrgatish, ruhiy fazilatlarni namoyon etish, barcha odamlar bilan muloqot qilish va Ahdni buzuvchilardan oʻgirilish kabi koʻrsatmalar berilgan. Shuningdek , Umumjahon Adolat Uyi va Amr qoʻllarining koʻpgina majburiyatlari koʻrib chiqilgan. [2] [1] Keyinchalik, Shavqiy Effendi bu hujjatni Bahoiy dinining uch „nizomidan“ biri deb taʼriflagan.

Vasiyatnomaning haqiqiyligi va asoslari dunyo Bahoiylari deyarli hammasi tomonidan qabul qilindi, Shavqiy Effendining rahbarligiga norozilik bildirishga uringan Rut Uayt va boshqa bir necha amerikaliklar bundan mustasno.

1930 va 1933-yillarda chop etilgan "Bahaiy dunyosi" nashrining jildlarida Shavqiy Effendi oʻn toʻqqiz Bahoiyni Abdul-Bahoning shogirdlari va Ahd jarchilari deb ataydi, jumladan Tornton Cheyz, Hippolyte Dreyfus-Barney [fr], Jon Esslemont, Lua Getsinger va Robert Tyorner . [64] [65] [2] Shavqiy Effendining asarlarida ular haqida boshqa hech qanday maʼlumot topilmagan. [66]

Uning hayoti davomida Bahoiylar orasida uning Bahoullohga nisbatan mavqei haqida bir oz noaniqlik bor edi, keyichalik Shavqiy Effendi borasida ham shunday boʻldi. Baʼzi Amerika gazetalari uni Bahoiy paygʻambari yoki Masihning qaytishi deb yozdilar. Keyinroq Shavqiy Effendi using idorasini Bahoiy dininidagi uch „Markaziy siymo“lardan oxirgisi va taʼlimotning „Mukammal namunasi“ sifatida rasmiylashtirdi, shuningdek, uni Bahoulloh yoki Iso bilan teng maqomga ega deyish, bid’at ekanligini taʼkidladi. Shavqiy Effendi shu qatorda kutilayotgan 1000 yillik Bahoiylik davrida Abdul-Bahoga tengi boʻlmasligini yozgan. [67]

Tashqi koʻrinishi va shaxsiyati

tahrir
 
'Abdu’l-Baho 1868 yil

ʻAbdu’l-Bahoning tashqi koʻrinishi goʻzal [5] va judaham onasiga oʻxshash deb taʼriflangan. Voyaga etganida uning boʻyi oʻrtacha boʻlgan, ammo u, balandroqdek taassurot qoldirgan. [68] U, qora sochlari yelkasiga tushib turgan, kulrang koʻzli, qirgʻiy burunli, qaddi-qomati kelishgan yigit edi. [69] 1890 yilda u bilan uchrashgan sharqshunos Edvard Granvil Braun shunday yozadi: Menda oʻz koʻrinishi bilan katta taassurot qoldirgan kishini kamdan-kam uchratganman. Oq salla va sarpo kiygan, qora uzun sochlarining zulflari deyarli yelkasiga tushib turgan, keng peshonasining qudrati, aqlining kuchi bukilmas iroda bilan chambarchasligidan dalolat berguvchi, koʻzlari qirgʻiydek oʻtkir, hamda yaqqol koʻzga tashlanadigan ammo, xush bichim qirralarga ega boʻlgan, oʻzini yoyday tik tutan novcha yigit, – „Ustoz“ Abbos Efendini birinchi koʻrganimdagi taassurotlarim shunday boʻlgan.


Bahoullohning vafotidan keyin Abdul-Bahoning keksaya boshlagani koʻzga tashlana boshladi. 1890-yillarning oxiriga kelib uning sochlari qordek oqarib, yuzida chuqur ajinlar paydo boʻldi. [70] Yoshligida u kamondan otish, ot minish va suzishni yoqtirgan epchil yigit edi. [71] Abdul-Baho hayotining keyingi yillarida ham Hayfa va Akrda uzoq masofalrga piyoda yurardi.

Oʻz hayoti davomida ʻAbdu’l-Baho, bahoiylar uchun buyuk siymo boʻlgan va Bahoiylar jamoasiga boʻlgan uning taʼsiri bugun ham davom etmoqda. [72] Bahoiylar Abdul-Bahoni otasi keltirgan taʼlimotining mukammal namunasi deb bilishadi va shuning uchun undan oʻrnak olishga intiladilar. Uning haqidagi hikoyalar koʻpincha axloq va shaxslararo munosabatlarga oid alohida fikrlarni tasvirlash uchun ishlatiladi. U oʻzining xarizmasi, rahm-shafqati, [5] xayrixohligi va azob-uqubatlarga qarshi kuchliligi bilan yodda qoldi. Jon Esslemont taʼkidlaganidek, „[Abdul-Baho] zamonaviy hayotning shiddati va girdobining ichida, har yonda hukm surayotgan oʻz-oʻzini sevish va moddiy farovonlik uchun kurashish sharoitida, Xudoga va birodarlariga xizmat qilish uchun butkul sadoqatli hayot kechirishning hali ham mumkinligini koʻrsatdi.“ [9]

Bahoiy dinining ashaddiy dushmanlari ham vaqti-vaqti bilan u bilan uchrashishgan. Eronlik Mirzo Abdul-Muhammad Iráni Muaddibu’s-Sulton va arab Shayx Ali Yusuf, ikkalasi ham Misrdagi gazeta muharrirlaridan boʻlib, oʻz gazetalarida Bahoiy diniga qarshi keskin hujumlarni chop etishgan. Abdul-Baho Misrda boʻlganida u bilan uchrashgach, ularning munosabati oʻzgaradi. Xuddi shunday, Qoʻshma Shtatlardagi Bahoiy diniga oid dushmanona maqola muallifi boʻlgan rohib J. T. Biksbi ham Abdu’l-Bahoning shaxsiy fazilatlariga guvoh boʻlishga majbur boʻldi. Holbuki, Abdul-Bahoning Bahoiylikni qabul qilganlarga taʼsiri bundan ham kuchliroq edi. [73]

ʻAbdu’l-Baho oʻzining kambagʻallar va oʻlim toʻshagidagi odamlar bilan tutgan munosabati bilan keng tanilgan edi. [73] Uning saxiyligi natijasida, oʻz oilasi hech narsasiz qolganidan shikoyat qiladi. U odamlarning his-tuygʻulariga sezgir edi [68] [73] va keyinchalik, Bahoiylarga: „Men sizning otangizman… siz xursand va shod boʻlishingiz kerak, chunki men sizni juda yaxshi koʻraman“ deya oʻzining sevimli siymo boʻishiga istak bildiradi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, u yumshoq va norasmiy boʻlib, ziyrak hazil tuygʻusiga ega edi. [5] U farzandlarining nobud boʻlishi va mahbuslik davridagi iztiroblari kabi shaxsiy fojealar borasida ochiq edi [68], bu uni yanada ommalashtirardi.

Abdul-Baho Bahoiy jamoasining ishlarini ehtiyotkorona gʻamxoʻrlik bilan boshqargan. U Bahoiy taʼlimotlarining asosiy tamoyillarga zid boʻlmagan darajada, oʻz shaxsiy talqinlarining keng doirada boʻishiga moyillik berar edi. Biroq, u din aʼzolarining oʻz rahbarligini soʻroqqa tutib, jamoa ichida qasddan tarqoqlikni keltirib chiqarayotganini his qilganda, ularni jamodan chetlashtirgan. Bahoiylarni taʼqib qilishning avj olishi unga qattiq taʼsir qildi. Shahid boʻlganlarning oilalariga uning shaxsan oʻzi maktublar yozgan.

Asarlari

tahrir

Abdul-Baho yozgan lavhlarning umumiy soni 27 000 dan ortiq boʻlib, ulardan faqat bir qismi ingliz tiliga tarjima qilingan. [74] Uning asarlari ikki guruhga boʻlinadi, birinchi navbatda, uning bevosita yozuvlari, ikkinchisi boshqalar tomonidan qayd etilgan maʼruza va nutqlari. [1] Birinchi guruhga 1875-yilgacha yozilgan "Ilohiy tamaddun siri", 1886-yilda yozilgan "Sayohatchi qissasi", 1893-yilda yozilgan „Risala-ye siyosiya“ yoki "Boshqaruv sanʼati xutbasi", "Moʻminlarning yodnomalari" va koʻp sonli kitoblar va turli odamlarga qarata yozilgan lavhlar kiradi; [1], jumladan, turli Gʻarb ziyolilari, masalan, Auguste Forel, Auguste-Henri Forelga atalgan lavh tarjima qilinib, nashr etilgan. "Ilohiy tamaddun siri" va "Boshqaruv sanʼati xutbasi" anonim tarzda keng tarqaladi.

Ikkinchi guruhga Laura Barni bilan stol suhbatlari turkumining ingliz tiliga tarjimasi boʻlgan "Baʼzi savollarga javoblar", hamda Parijda, Londonda va AQShdagi Abdul-Bahoning murojaatlaridan iborat "Parijdagi suhbatlar", "Abdul-Baho Londonda" va "Umumjahon tinchlik tarannumi" kitoblari kiradi. . [1]

Quyida Abdul-Bahoning koʻplab kitoblari, lavhalari va nutqlaridan baʼzilarining roʻyxati keltirilgan:

  • Jahon birligining asoslari
  • Dunyo nuri: Abdul-Bahoning tanlangan lavhlari .
  • Moʻminlarning yodnomalari
  • Parijdagi suhbatlar
  • Ilohiy tsivilizatsiya siri
  • Baʼzi savollarga javoblar
  • Ilohiy Reja Lavhlari
  • Auguste-Henri Forel uchun Lavh
  • Gaagaga Lavh
  • Abdulbahoning vasiyatnomasi
  • Umumjahon tinchlik tarannumi
  • Abdul-Baho bitiklaridan saylanmalar
  • Ilohiy falsafa
  • Siyosat haqida risola / Boshqaruv sanʼati haqida vaʼz [75]

Shuningdek qarang

tahrir
  • Namuna Bahoiy Dinining asoschisi Bahoullohning to'ng'ich o'g'li Abdul-Baho haqida hujjat film

Qoʻshimcha oʻqish

tahrir

Tushuntirish eslatmalari

tahrir

Eslatmalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Iranica 1989.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 Smith 2000.
  3. Taherzadeh 2000, s. 105
  4. Blomfield, p.68
  5. 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 Hogenson 2010.
  6. Browne 1891.
  7. Zarandi, Nabil. The Dawn-Breakers: Nabíl's Narrative, Hardcover, Wilmette, Illinois, USA: Baháʼí Publishing Trust [1890], 1932. ISBN 0-900125-22-5.  – complete edition, with illustrations, footnotes in English and French, complete introduction and appendices.
  8. 8,00 8,01 8,02 8,03 8,04 8,05 8,06 8,07 8,08 8,09 8,10 8,11 8,12 8,13 8,14 8,15 8,16 8,17 8,18 8,19 8,20 8,21 8,22 8,23 8,24 8,25 8,26 8,27 8,28 8,29 8,30 8,31 8,32 8,33 8,34 Balyuzi 2001.
  9. 9,00 9,01 9,02 9,03 9,04 9,05 9,06 9,07 9,08 9,09 9,10 9,11 9,12 9,13 9,14 9,15 Esslemont 1980.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 Kazemzadeh 2009
  11. 11,0 11,1 11,2 Chronology of persecutions of Babis and Bahaʼis compiled by Jonah Winters
  12. Blomfield 1975, s. 54
  13. Blomfield 1975, s. 69
  14. The Revelation of Baháʼu’lláh, volume two[sayt ishlamaydi], page 391
  15. 15,00 15,01 15,02 15,03 15,04 15,05 15,06 15,07 15,08 15,09 15,10 15,11 15,12 Phelps 1912, ss. 27–55
  16. Smith 2008, s. 17
  17. ʻAbdu'l-Bahá. „ʻAbdu'l-Baha's Commentary on The Islamic Tradition: "I Was a Hidden Treasure ..."“. Baha'i Studies Bulletin 3:4 (Dec. 1985), 4–35. Qaraldi: 2009-yil 20-dekabr.
  18. „Declaration of Baha'u'llah“.
  19. The history and significance of the Baháʼí festival of Ridván BBC
  20. Kazemzadeh 2009.
  21. „Tablet of the Branch“. Wilmette: Baha'i Publishing Trust. Qaraldi: 2008-yil 5-iyul.
  22. „The Covenant of Baháʼu'lláh“. US Baháʼí Publishing Trust. Qaraldi: 2008-yil 5-iyul.
  23. „The World Order of Baháʼu'lláh“. Baha'i Studies Bulletin 3:4 (Dec. 1985), 4–35. Qaraldi: 2009-yil 20-dekabr.
  24. Foltz 2013, s. 238
  25. „A Traveller's Narrative, (Makála-i-Shakhsí Sayyáh)“.
  26. Ma'ani 2008, s. 112
  27. 27,0 27,1 Smith 2000, s. 255
  28. 28,0 28,1 28,2 28,3 28,4 28,5 28,6 Phelps 1912, ss. 85–94
  29. 29,0 29,1 29,2 29,3 29,4 Smith 2008, s. 35
  30. Ma'ani 2008, s. 323
  31. Ma'ani 2008, s. 360
  32. Taherzadeh 2000.
  33. MacEoin. Making the Crooked Straight, by Udo Schaefer, Nicola Towfigh, and Ulrich Gollmer: Review“. Baháʼí Library Online (2001-yil iyun). Qaraldi: 2017-yil 22-may.
  34. Muhammad Qazvini. „ʻAbdu'l-Bahá Meeting with Two Prominent Iranians“ (1949). Qaraldi: 2007-yil 5-sentyabr.
  35. Browne 1918, s. 145
  36. Browne 1918, s. 77
  37. Abdul-Baha. „Tablets of Abdul-Baha Abbas“.
  38. Warburg, Margit. Baháʼí: Studies in Contemporary Religion. Signature Books, 2003 — 64-bet. ISBN 1-56085-169-4. Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr. 
  39. MacEoin, Denis. "Bahai and Babi Schisms". Iranica. http://www.iranicaonline.org/articles/bahaism-iii. "In Palestine, the followers of Moḥammad-ʿAlī continued as a small group of families opposed to the Bahai leadership in Haifa; they have now been almost wholly re-assimilated into Muslim society." 
  40. Afroukhteh 2003, s. 166
  41. Alkan, Necati „The Young Turks and the Baháʼís in Palestine“, . Late Ottoman Palestine: The Period of Young Turk Rule Ben-Bassat: . I.B.Tauris, 2011 — 262-bet. ISBN 978-1848856318. 
  42. Hanioğlu, M. Şükrü. The Young Turks in Opposition. Oxford University Press, 1995 — 202-bet. ISBN 978-0195091151. 
  43. Polat, Ayşe (2015). "A Conflict on Bahaʼism and Islam in 1922: Abdullah Cevdet and State Religious Agencies". Insan & Toplum 5 (10). Archived from the original on 1 October 2016. https://web.archive.org/web/20161001173158/http://insanvetoplum.org/wp-content/uploads/2016/05/Ays%CC%A7e-Polat.pdf. Qaraldi: 27 September 2016. Abdul-Baho]]
  44. Alkan, Necati „The Young Turks and the Baháʼís in Palestine“, . Late Ottoman Palestine: The Period of Young Turk Rule Ben-Bassat: . I.B.Tauris, 2011 — 266-bet. ISBN 978-1848856318. 
  45. Scharbrodt, Oliver. Islam and the Baháʼí Faith: A Comparative Study of Muhammad ʻAbduh and ʻAbdul-Baha ʻAbbas. Routledge, 2008. ISBN 9780203928578. 
  46. Cole, Juan R.I. (1983). "Rashid Rida on the Bahai Faith: A Utilitarian Theory of the Spread of Religions". Arab Studies Quarterly 5 (2): 278. http://www-personal.umich.edu/~jrcole/bahai/2000/rida.htm. 
  47. Cole, Juan R.I. (1981). "Muhammad ʻAbduh and Rashid Rida: A Dialogue on the Baha'i Faith". World Order 15 (3): 11. http://www.h-net.org/~bahai/diglib/articles/A-E/cole/abduh/abduh.htm. 
  48. 48,0 48,1 48,2 48,3 48,4 Effendi 1944.
  49. Alkan, Necati „The Young Turks and the Baháʼís in Palestine“, . Late Ottoman Palestine: The Period of Young Turk Rule Ben-Bassat: . I.B.Tauris, 2011 — 263-bet. ISBN 978-1848856318. 
  50. Momen 1981, ss. 320–323
  51. Alkan, Necati „The Young Turks and the Baháʼís in Palestine“, . Late Ottoman Palestine: The Period of Young Turk Rule Ben-Bassat: . I.B.Tauris, 2011 — 264-bet. ISBN 978-1848856318. 
  52. 52,0 52,1 Lacroix-Hopson, Eliane. ʻAbdu'l-Bahá in New York- The City of the Covenant. NewVistaDesign, 1987. 
  53. 53,0 53,1 53,2 53,3 Gallagher & Ashcraft 2006, s. 196
  54. 54,0 54,1 Van den Hoonaard 1996, ss. 56–58
  55. Wagner, Ralph D. Yahi-Bahi Society of Mrs. Resselyer-Brown, The. Retrieved 19 May 2008
  56. „February 23, 1914“. Star of the West (1918-yil 8-sentyabr), s. 107. Qaraldi: 2016-yil 4-dekabr.
  57. „Declares Zionists Must Work with Other Races“. Star of the West (1919-yil 8-sentyabr), s. 196.
  58. McGlinn 2011.
  59. Poostchi 2010.
  60. Luke, Harry Charles. The Handbook of Palestine. London: Macmillan and Company, 23 August 1922 — 59-bet. 
  61. Religious Contentions in Modern Iran, 1881–1941, by Mina Yazdani, PhD, Department of Near and Middle Eastern Civilizations, University of Toronto, 2011, pp. 190–191, 199–202.
  62. Esslemont 1980, s. 77, quoting 'The Passing of ʻAbdu’l-Bahá", by Lady Blomfield and Shoghi Effendi, pp 11, 12.
  63. The Universal House of Justice. „Riḍván 2019 – To the Bahá'ís of the World“.
  64. The Baháʼí World, vol. 3: 1928–30. New York: Baháʼí Publishing Committee, 1930. pp. 84–85.
  65. The Baháʼí World, vol. 4. New York: Baháʼí Publishing Committee, 1933. pp. 118–19.
  66. Troxel, Duane K. (2009). "Augur, George Jacob (1853–1927)". Baháʼí Encyclopedia Project. Evanston, IL: National Spiritual Assembly of the Baháʼís of the United States. http://www.bahai-encyclopedia-project.org/index.php?view=article&catid=37%3Abiography&id=170%3Aaugur-george-jacob&option=com_content&Itemid=74. 
  67. Effendi 1938.
  68. 68,0 68,1 68,2 Day 2017.
  69. Gail & Khan 1987, ss. 225, 281
  70. Redman, Earl. Visiting 'Abdu'l-Baha – Volume I: The West Discovers the Master, 1897–1911. George Ronald, 2019. ISBN 978-0-85398-617-1. 
  71. Day, Michael. Journey To A Mountain: The Story of the Shrine of the Báb: Volume 1 1850-1921. George Ronald, 2017. ISBN 978-0853986034. 
  72. Universal House of Justice. „ON THE OCCASION OF THE CENTENARY COMMEMORATION OF THE ASCENSION OF 'ABDU'L-BAHÁ“. bahai.org. Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
  73. 73,0 73,1 73,2 Redman 2019.
  74. ((Universal House of Justice)). „Numbers and Classifications of Sacred Writings texts“ (2002-yil sentyabr). Qaraldi: 2007-yil 20-mart.
  75. Translations of Shaykhi, Babi and Bahaʼi Texts Vol. 7, no. 1 (March 2003)

Maʼlumotnomalar

tahrir

Qoʻshimcha oʻqish

tahrir

Tashqi havolalar

tahrir


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found