Muhammad Abdu (ilohiyotchi)
Muhammad Abdu (1849, Tanto sh. yaqinidagi Shabshir el-Hissa qishlogʻi – 1905.11.7) – misrlik ilohiyotchi, jamoat arbobi. Qohiradagi al-Azhar doril-fununida tahsil olgan (1869–77). Di-niy-falsafiy qarashlari Jamoliddin Afgʻoniy gʻoyalari ta’sirida shakllangan. Milliy ozodlik kurashida ishtirok etganligi uchun hibsga olinib, soʻngra Misrdan chiqarib yuborilgan (1883–88); 1884-yilda Parijda al-Afgʻoniy bilan birgalikda "Al-Urvat al-vusqo" ("Mustahkam birlik") yashirin jamiyati-ni tuzdi, bu jamiyat musulmon ziyolilari orasida katta ta’siri boʻlgan shu nomdagi gazetani nashr etgan. 1889-yil Misrga qaytib keldi; qozilik, al-Azhar dorilfunu-nida mudarrislik qildi. 1898-yil "Al-Manar" jur.ga asos soldi. 1899-yildan umrining oxirigacha Misr muftiysi boʻldi. A. ijtihod huquqini ilgari su-rib, islom aqidalarini oqilona talqin etish, ba’zi urf-odat va taqiqlarni yen-gillashtirish tarafdori boʻlib chiqdi. Jumladan A.ning musulmonlarga odam va hayvonlarni tasvirlashga, banklarga omonatlar qoʻyib ulardan foiz olish-ga, yevropacha bosh kiyim kiyishga ruxsat beruvchi va sh.k. fatvolari juda mashhur boʻlib ketdi. A. "Qur’on tafsiri", "Risolat at-tavhid" ("Yakkaxudolik toʻgʻrisida risola"), shuningdek shariat va ta’lim tizimini isloh qilishga oid 30 ga yaqin kitob muallifidir.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |