Umurzoq Jumanazarov

oʻzbekistonlik olim, filologiya fanlari doktori, professor

Umurzoq Abdurazzoqovich Jumanazarov (1956-yil 2-may, Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, filologiya fanlari doktori, professor.

Umurzoq Abdurazzoqovich Jumanazarov
Tavalludi 2-may 1956-yil (1956-05-02) (68 yosh)
Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi filolog
Sohasi pedagogika, filologiya, folklorshunoslik
Taʼlimi Samarqand davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi filologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Akademik rahbarlari akademik Toʻra Mirzayev

Biografiyasi tahrir

Umurzoq Jumanazarov 1956-yili 2-mayda Bulungʻur tumanidagi Loyqa qishlogʻida ishchi oilasida tugʻilgan[1]. 1973—1977-yillarda Samarqand davlat pedagogika institutida tahsil olgan. 1977—1978-yillarda Samarqand davlat pedagogika instituti oʻiqtuvchsisi, 1978—1984-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining folklor boʻlimida laborant, ilmiy xodim, 1984—2013-yillarda Jizzax davlat pedagogika institutida katta oʻqituvchi, dotsent, professor, boshlangʻich taʼlim uslubiyati fakultetining dekani oʻrinbosari, boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi, boshlangʻich taʼlim, til va adabiyoti kafedrasi, boshlangʻich taʼlim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti dekani, 2013—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasida filologiya yoʻnalishi boʻyicha eksperti lavozimida ishlagan. 2019-yildan boshlangʻich taʼlim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori[1].

Oilasi tahrir

Oilali, 4 nafar farzandi bor[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

1982-yildan akademik Toʻra Mirzayev ilmiy rahbarligida „Oʻzbek xalq tarixiy qoʻshiqlari (spesifikasi, tasnifi va poetikasi)“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 1991-yilda „Oʻzbek tarixiy folklorining janrlari sostavi va ularning gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari“ mavzuzida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1986-yilda dotsent, 1993-yilda professorlik ilmiy unvoni berilgan. 16 ta monografiya, 21 ta oʻquv qoʻllanma, 26 ta uslubiy qoʻllanma va 350 dan ortiq ilmiy va ilmiy-nazariy, uslubiy hamda ommabop maqolalar muallifi[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE