Urazimbet (Urazmat) Xalmurotovich Xalmuratov (1900-yil, Oqqamish, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi — 1981-yil, Nukus, Qoraqalpoq ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet shifokori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi respublika shifoxonasi shifokori, Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Sogʻliqni saqlash xalq komissari[1]. Sotsialistik mehnat qahramoni.

Urazimbet Xalmuratov
Tavalludi 1900-yil
Oqqamish qishlogʻi, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1981-yil
Nukus, Qoraqalpoq ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Oʻrta Osiyo davlat universiteti
Kasbi shifokor
Partiyasi KPSS
Unvoni
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Urazimbet Xalmuratov 1900-yilda Sirdaryo viloyati, Amudaryo boʻlimining Oqqamish qishlogʻida (hozirgi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani) dehqon oilasida tugʻilgan[2]. Oilasi kambagʻal boʻlgan, Urazimbet Xalmuratov bolaligidanoq chorvachilik bilan shugʻullangan. 1918-yilda Urazimbet Xalmuratov oʻz ixtiyori bilan Qizil Armiya safiga qoʻshildi. Oʻrta Osiyoda sovet hokimiyatini barpo etishda qatnashgan. Armiyadan qaytgandan soʻng, Urazimbet Xalmuratov oʻzini tibbiyotga bagʻishlaydi. Toshkent tibbiyot bilim yurtini, 1932-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining davolash fakultetini tamomlagan[2]. 1930-yilda oʻqib yurgan paytida KPSSS safiga aʼzo boʻladi. Toʻrtkoʻl shahridagi tuman kasalxonasida bosh shifokor, jarroh boʻlib ishlagan. 1938-yildan Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Sogʻliqni saqlash xalq komissari. Ulugʻ Vatan urushi yillarida harbiy tibbiy komissiyalarda ishlagan. Vaqt oʻtishi bilan Urazimbet Xalmuratov yuqori malakali mutaxassis jarroh boʻlib yetishgan[1].

Mehnatdagi faoliyati

tahrir

Urazimbet Xalmuratov 1963-yildan Qoraqalpoq respublika kasalxonasining sanitar ambulatoriyasida bort shifokori boʻlib ishlagan. Urazimbet Xalmuratov respublikaning borish qiyin boʻlgan hududlariga favqulodda qoʻngʻiroqlarni amalga oshirgan va 1000 soatdan ortiq vaqtni parvozda oʻtkazgan. 36 yil davomida jarroh sifatida 1000 dan ortiq tibbiy operatsiyalarni amalga oshiradi. Urazimbet Xalmuratov koʻp yillik faoliyati davomida yuzlab feldsherlar, sanitarkalar va hamshiralarni tayyorlagan, yosh jarrohlarning malakasini oshirishga katta eʼtibor bergan. Tibbiyotga oid bir necha oʻnlab risolalar muallifi[1].

Sotsialistik Mehnat Qahramoni

tahrir

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1969-yil 4-fevraldagi farmoni bilan sovet xalqining sogʻligʻini muhofaza qilish sohasidagi ulkan xizmatlari uchun Urazimbet Xalmuratovga Lenin ordeni, Oʻroq va bolgʻa oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[2].

Jamoaviy ishlarda faol ishtirok etgan. Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashining toʻrt chaqiriq deputati etib saylangan. Nukus shahrida yashagan. 1981-yilda vafot etgan[1].

Mukofotlari

tahrir

Urazimbet Xalmuratov ikkita marta Lenin ordeni (1950, 1969), Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1943), Qizil yulduz ordeni (1967), Hurmat Belgisi ordeni (1985), „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokor“ va „Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan shifokor“ unvonlari bilan taqdirlangan[2].[1]

Xotira

tahrir

Nukus shahridagi 1-sonli Respublika shifoxonasiga, shuningdek, koʻchalardan biriga uning nomi berildi[1]. 2020-yil 29-fevral kuni Urazmet Xalmuratovich Xalmuratov tavalludining 120 yilligi munosabati bilan Respublika shifoxonasida muzey ochildi.

Manbalar

tahrir