Ushshoqiylik

tahrir

Ushshoqiy (turkcha. Uşşaki) – islom tasavvufining xilvatiylik tariqatining bir tarmogʻi boʻlib, unga Sayyid Hasan Xusomiddin asos solgan. Xusomiddin ismining tarjimasi “dinning o‘tkir qilichi” degan ma’noni anglatadi. U hijriy 880-(milodiy 1473) yili O‘zbekistonning Buxoro shahrida tug‘ilgan. U Hoji Tebaruk ismli savdogarning o‘g‘li bo‘lib, uning nasl-nasabi Imom Hasan, xalifa Ali va oxir-oqibat payg‘ambar Muhammad alayhissalomga qadar davom etadi.

Kelib chiqishi

tahrir

U o‘zining islomiy ilmi va tasavvufiy ta’limotining poydevorini otasi nazoratida qurdi. Keyin u amir Ahmad Samarqandiy deb atalgan vakolatli ma’naviyat ustozi orqali fazilatli, bilimli, yetuk inson bo‘lib yetishdi va o‘z ma’naviy yo‘lida olg‘a intilish uchun u bilan qolishga qaror qildi. Bu yo‘lda matonat va sodiqlik ko‘rsatgani uchun ustozi unga islom tasavvufining Nurbaxshiyya va Kubroviyya tariqatlarining “Xilofatnoma”sini (rasmiy vakillik) berdi. Otasining o‘limi uning hayotida muhim rol o‘ynadi va u oilaviy biznesni Turkiyaning sharqiy Arzinjon shahrida bo‘lgan akasiga topshirishga qaror qildi.

Ustoz Amir Ahmad

tahrir

Ustozi Amir Ahmad Samarqandiy vafotidan so‘ng u rasman islom ilmlarini o‘rgatish, kubroviyya va nurbaxshiya tariqatlarini ta’lim berish vazifasini o‘z zimmasiga oldi. Bu vaqt ichida u Usmonli imperiyasining shahzodasi Murodga bo‘lajak hukmdorlik haqida xushxabar berdi. Sulton bo‘lgandan so‘ng, Murod III nomi bilan mashhur bo‘lgan shahzoda Murod, muhtaram pirni qat’iyat bilan Istanbulga taklif qiladi. U taklifni qabul qilib, ta’limotini muqaddas shahar Istanbulda davom ettirdi. Tassavufda komil ustoz bo‘lgunga qadar u Sinoniy yo‘lining asoschisi Ibrohim Ummi-Sinon bilan uchrashadi. Undan Sinoniy yo‘lining xalifa nomini oldi, shundan so‘ng Hasan Xusomuddin Ushshoqiy tariqatiga asos soldi. U Sulton Murod III rag‘bati bilan Istanbulning Kasımpasha tumanida o‘zining rasmiy darvesh qarorgohini tashkil etadi. U hijriy-1001(milodiy-1593)yili Makkaga so‘nggi haj safaridan qaytish chog‘ida 121 yoshida Konyada vafot etgan. Hozirda uning qabri Qosimpashadagi Ushshaki dargohidadir.

Manbalar

tahrir