Uwu
uwu, shuningdek, UwU sifatida stiliz qilingan, yoqimli yuzni ifodalovchi emotikondir. Ushbu emotikondagi U belgilari yopiq koʻzlarni, w esa ogʻizni ifodalaydi[1][2]. Belgi iliqlik, quvonch yoki mehr his-tuygʻularini ifodalash uchun ishlatiladi.
Foydalanilishi va variantlari
tahriruwu koʻpincha yoqimtoylik, baxtlilik yoki noziklikni bildirish uchun ishlatiladi[2][3]. Shuningdek, emotikonning haddan tashqari koʻp ishlatilishi uni qabul qiluvchini bezovta qilishi mumkin[4]. Bu emotikon furry fandom orasida mashhur boʻlgan[2].
uwu emotikonining hayratlanishni ifodalovchi varianti ham mavjud va u owo (yoki OwO)[2] shaklidadir, shuningdek owo emotikoni qiziqqonlik va hayajonni anglatishi mumkin[5]. owo 2016-yilda paydo boʻlgan va 2018-yilda mashhurlikka erishgan;[6] uwu dan farqli oʻlaroq, o belgilar ochiq koʻzlarni ifodalaydi[7]. Baʼzan trolling uchun ham ishlatiladi[8].
Tarixi
tahriruwu 2005-yilda anime fanfiksida paydo boʻlgan. 2014-yilga kelib, ushbu emotikon internet boʻylab Tumblr vebsaytida tarqalib, Internet submadaniyatiga aylangan[4].
Uwu soʻzi Ispaniya Qirollik Akademiyasining soʻz observatoriyasiga kiritilgan, „baxt yoki muloyimlikni namoyon qilish uchun ishlatiladigan kulgi“ sifatida taʼriflangan[3][9].
Diqqatga sazovorligi
tahrir2018-yilda Tvitterning rasmiy akkaunti bir rassomning tvitiga javoban „uwu“ deb yozgan[10][11].
2020-yilda AQSh Army Esports jamoasi Twitter akkaunti Discord tvitiga javoban „uwu“ tvitini yozgan, bu holat Twitter foydalanuvchilari tomonidan salbiy qabul qilingan. Ushbu voqea AQSh armiyasining Esports Discord serverini imkon qadar tezroq taqiqlashga urinish tendentsiyasi bilan yakunlangan[12].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „uwu“. Dictionary.com Unabridged. Random House. 2021-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Turner. „What does 'uwu' mean?“. The Daily Dot (2019-yil 26-may). 2021-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 „uwu“ (es). Observatorio de palabras de la Real Academia Española. 2021-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.
- ↑ 4,0 4,1 Srinivasan. „The Origin and Spread of 'UWU' — The Word That Epitomizes Cuteness“. Study Breaks (2020-yil 22-fevral). 2021-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.
- ↑ „People Have Discovered This Weird Furry Meme Is An Actual Word And It's Making Them Scream“ (en). BuzzFeed News. 2021-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
- ↑ „"OwO" Meaning-Definition, Uses, Examples“. GrammarBrain (2022-yil 15-sentyabr).
- ↑ „"OwO" Meaning-Definition, Uses, Examples“. GrammarBrain (2022-yil 15-sentyabr).
- ↑ Leonard. „What Is Ow And Owo?“. CLJ (2022-yil 31-may).
- ↑ Mouse. „La RAE aclaró las dudas boomers sobre 'uwu'“. La Tercera (2020-yil 28-oktyabr). 2021-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.
- ↑ @Twitter. „uwu“ (2018-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.
- ↑ Thomas. „Why Did the Official Twitter Account Tweet 'uwu'???“. Crunchyroll News (2018-yil 22-oktyabr). 2021-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.
- ↑ Hernandez. „The US Army is losing the war in Discord“ (en). Polygon (2020-yil 1-iyul). 2021-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.