„UzBAT“ – (ruscha: „УЗБАТ А. О.“, inglizcha: „UZBAT A. O“) – millionlab oʻzbek isteʼmolchilariga tamaki va nikotinli mahsulotlarni taqdim etuvchi multikategoriyali Oʻzbekiston-Britaniya qoʻshma korxonasi[1]. BAT kompaniyasi Oʻzbekiston bozoriga 1994-yilda kirib kelgan va 1000 dan ortiq xodimga ish oʻrinlari yaratib bergan. Oʻzbekistonga BAT 400 million AQSh dollaridan ortiq investitsiyalari kiritgan.

„UzBAT A.O“
Turi Aksiyadorlik jamiyati
Ishga tushgan sanasi 1994-yil
Joylashuvi  Oʻzbekiston: Тoshkent, Yunusobod tumani, Minor tor koʻchasi, 77-uy
Rahbariyat Gadaybayev Temur
Sanoat Tamaki va nikotin maxsulotlarini ishlab chiqarish
Xodimlar soni ▲ 55 000
Vebsayti bat.uz
Til(lar)i oʻzbek, rus, ingliz

„BAT Uzbekistan“ portfeliga Kent, Pall Mall, Rothmans, Lucky Strike, Dunhill kabi anʼanaviy nikotin mahsulotlarining mashhur xalqaro brendlari, shuningdek, yangi avlod mahsulotlari – glo qizdirilgan tamaki tizimi, Neo qizdirilgan tamaki stiklari, Vuse vapelari va VELO nikotinli snyus kiradi.

2023-yilning 15-dekabriga koʻra „UzBAT“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 75,018 mlrd soʻmni tashkil etadi[2]

Tarixi

tahrir

1994-yil 20-iyunda yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi „UZBAT A. O.“ QK O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 309-sonli qarori bilan tashkil etilgan[3].

1998-yil 28-aprel kuni UZTABAKning aksiyadorlari ushbu korxonaning nomini „UZBAT A. O“ deb oʻzgartirishgan.

2005-yil 21-may kuni „UZBAT A. O“ QK Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida „UZBAT A. O“ QK yopiq aksiyadorlik jamiyatidan „UZBAT A. O“ QK ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan.

1997-yil Samarqand sigaret zavodi (SSF) ishga tushirildi.

1998-yil Urgut fermentatsiya zavodini (UFZ) modernizatsiya qilingan.

2009-yil BAT Uzbekistan Ajoyib biznes yutuqlari va British American Tobacco kompaniyalar guruhi strategiyasini amalga oshirishga qoʻshgan hissasi uchun „Oltin Barg“ mukofoti bilan taqdirlangan. Shuningdek, BAT Uzbekistanning BAT guruhida dunyodagi eng yaxshi kompaniya sifatida tan olinishigan.

2019-yil BAT Uzbekistan kompaniyasi Yevropaning Top Employer instituti tomonidan toʻrtinchi marotaba „Top Employer“ („Eng yaxshi ish beruvchi“) sertifikati bilan taqdirlangan[4].

2020-yil Kompaniyaning „British American Tobacco Uzbekistan“ brendi „BAT Uzbekistan“ sifatida yangilandi.

Filiallari

tahrir
  • AJ „UZBAT A. O.“ QK Samarqand Boʻlimi – „Samarqand Sigaret Fabrikasi“;
  • AJ „UZBAT A. O.“ QK Urgutdagi Boʻlimi.

Rahbariyat

tahrir
  • Gadaybaev Temur Utkurovich – Bosh direktor;
  • Krasovskiy Sergey Gennadyevich – Yuridik va korporativ boʼlimni direktori;
  • Xusainov Ulugbek Anvarovich – Sotuvlar boʼyicha bosh menejer;
  • Trofimov Ivan Vladimirovich – Savdo belgilarini aktivlashtirish boʼyicha bosh menejer;
  • Salak Mixail Konstantinovich – Savdo marketingini aktivlashtirish boʼyicha bosh menejer;
  • Marchenko Oleg Igorevich – Moliya boʼlimi direktori;
  • Xasanova Komila Mirtaxirovna – Xodimlar bilan ishlash boʼlimi direktori;
  • Patrik Bejjani – Samarqand boʻlimi direktori.

Manbalar

tahrir