Uzum Market – Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan eng katta marketpleyslardan biri[3]. Uzum ekotizimining bir qismi.

Uzum Market
Turi Masʼuliyati cheklangan jamiyat
Qachon asos solingan 1-dekabr, 2022-yil (2 yil avval) (2022-12-01)
Joylashuvi Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Konstitutsiya MFY, Beshchinor koʻchasi, 2-uy
Rahbariyat  • Ilshat Xametov — Bosh direktor[1]
 • Akmal Rahimov — Direktor oʻrinbosari[2]
Mahsulot(lar)i Elektronika, aksessuar, maishiy texnika, kiyim-kechak, poyabzal, oziq-ovqat, uy va hovli uchun kerakli boʻlgan mahsulotlar
Vebsayti uzum.uz

Marketpleys ilovasi 2023-yil davomida 13,5 milliondan ortiq yuklab olinib, Telegram va Instagram tarmoqlari ilovalaridan keyingi eng koʻp yuklab olingan uchinchi ilova boʻldi[4].

Hozirgi vaqtda Uzum Marketning Oʻzbekiston elektron tijorat bozoridagi ulushi 70 foizdan ortiq, eng yaqin raqobatchisi esa undan 11 marta ortda qolmoqda[5].

Uzum Marketdagi buyurtmalar soni 2024-yilda 2023-yildagiga qaraganda 3 baravarga oshdi. Tarqatish punktlari soni esa 2 baravar koʻpayib, 139 taga yetdi. Uzum Market marketpleysida buyurtmalarining 55 foizidan ortigʻi muddatli toʻlovga olinadi[6].

RGCA tadqiqotlariga koʻra, Uzum Market Telegram, Instagram va OLXdan oʻtib mamlakatdagi eng mashhur onlayn xarid qilish ilovasi boʻlib qolmoqda. Milliy marketpleys ilovasi yil davomida 13,5 million martadan koʻproq yuklab olingan, Data.ai tahliliy servisi maʼlumotlariga koʻra[7]

Bugungi kunda Uzum Marketda oʻz tovarlarini mamlakat boʻylab 6 500 dan ortiq tadbirkor va kompaniyalar sotmoqda, Uzum Market milliy marketpleysi geografiyasi 72 ta aholi punktini qamrab olgan. Kelgusi yilda 10 mingdan ortiq aholisi boʻlgan Oʻzbekistonning barcha aholi punktlarida milliy marketpleysning 1000 dan ortiq buyurtma tarqatish punktlari faoliyat yuritadi[8].

Tarixi

tahrir

Uzum Market masʼuliyati cheklangan jamiyati 2022-yilning 1-dekabrida davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda 5-dekabr sanasida tasdiqlangan[9].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir

Rasmiy sayti