Uzum — jismoniy shaxslar, kichik va oʻrta biznes uchun elektron tijorat xizmatlari, fintech va bank loyihalarini oʻz ichiga olgan kompaniya. Uzum Market, Uzum Tezkor, Uzum Bank, Uzum Nasiya, Uzum Business, Uzum IT-akademiyasini oʻz ichiga olgan ekotizm 1,1 milliard dollarga baholanib, Oʻzbekistonning ilk „yagona shox“ kompaniyasi boʻldi. Shuningdek, ekotizim tarkibida Uzum Auto va Uzum Media xizmatlari ham test rejimida faoliyat olib bormoqda[4].

Uzum Holding Ltd
Turi ommaviy kompaniya
Egasi Jasur Jumayev
Boris Dobrodeev
Qachon asos solingan 2022-yil[1]
Joylashuvi Birlashgan Arab Amirliklari[2]
Asoschi(lari) Jasur Jumayev
Boris Dobrodeev
Brendlari Uzum Market
Uzum Tezkor
Uzum Bank
Uzum Nasiya
Uzum Business
Uzum IT-akademiyasi
Uzum Auto (test rejimida)
Uzum Media (test rejimida)[3]
Kapitallashtirish 100,000 dollar
Ishchilar soni 10,000[3]
Mijozlar soni oyiga 10 milliondan ortiq[3]
Vebsayti uzum.com
Til(lar)i oʻzbekcha, inglizcha, ruscha[3]

Tarixi

tahrir

Ekotizimga KupiKupon hammuassisi Jasur Jumayev (tadbirkor) va VKontakte kompaniyasining sobiq bosh direktori Boris Dobrodeev tomonidan asos solingan. Kompaniya rivojlanish uchun asoschilar 100 million dollar mablagʻ yigʻishga erishdilar. Mablagʻning yarmini kompaniya kredit oʻlaroq olgan boʻlsa, qolgan mablagʻ investorlar tomonidan tikilgan. Investorlar tikkan mablagʻning asosiy qismi FinSight Ventures fondi tomonidan tikilgan[4].

Manbalar

tahrir