Uzuntumshuq yexidna — barcha sut emizuvchilar kabi issiq qonli hayvondir[1]. Tuxum qoʻyuvchi xaltalilar turiga kiradi.

Zaglossus bruijnii
Zaglossus bruijnii

TasnifiTahrirlash

Uning tanasini skelet koʻtarib turadi. Suyaklardan iborat boʻlgan skelet ichki aʼzolarini himoya qiladi. Tanasining oʻlchami 45-77 sm gacha yetadi. Dumi deyarli yoʻq. Tanasi oʻtkir ninalar bilan qoplangan. Tumshugʻi ingichka va jagʻlari nozik boʻlganligi sababli asosan chumolilar, termitlar, yomgʻir chuvalchanglari, yogʻoch zararkunandalari bilan oziqlanadi. Ogʻzidagi taroqsimon tanglayi bilan ozuqani maydalaydi.

 
Zaglossus bruijnii

Tarqalish hududlariTahrirlash

Yangi Gvineya hududlarida koʻp tarqalgan. Ilmiy nomlanishi — Zaglossus bruijni. Bundan tashqari bu tur Indoneziyaning Gʻarbiy Papua va Papua provinsiyalaridagi Qushlarning boshi yarimorolida va Fox togʻlarida, mos ravishda 1300 dan 4000 metrgacha (4300 dan 13100 futgacha) balandlikda joylashgan. Janubiy pasttekisliklar va shimoliy qirgʻoqlarda deyarli uchramaydi. Eng maqbul yashash joylari alp oʻtloqlari va nam togʻli oʻrmonlardir.

KoʻpayishiTahrirlash

Bola ona tanasida uzoq vaqt rivojlanadi. Ona urgʻochining qornida maxsus qatlam mavjud boʻlib, ona oʻz tuxumini shu qatlamga qoʻyib olib yuradi. Tuxum yumshoq poʻstli va yopishqoq moddaga burkangan. Bolasi 7-10 kunda tuxumdan chiqadi.

HimoyalanishiTahrirlash

Xavfni sezgan uzuntumshuq yexidna yerga koʻmilib oladi. Ayrim hollarda dushmanlardan saqlanish uchun qornini ichiga yig’ib oladi. Tashqarida qolgan oʻtkir ninalar uni xavfdan himoyalaydi.

NoyobligiTahrirlash

Ushbu tur IUCN tomonidan xavf ostida qolganlar roʻyxatiga kiritilgan. Uzuntumshoq yexidna soni inson faoliyati, jumladan, yashash joylarini yoʻqotish va ov qilish tufayli kamaydi. Uzuntumshoq yexidna tansiq taom hisoblanadi va Indoneziya hamda Papua Yangi Gvineya hukumatlari tomonidan ushbu turni tijorat maqsadida ovlash taqiqlangan. Shunday boʻlsa-da, anʼanaviy ovlashga ruxsat beriladi. 2013-yil yanvar oyida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkiloti boshchiligidagi ekspeditsiya Indoneziyaning Papua provinsiyasidagi Foja togʻlarida yovvoyi tabiatning „yoʻqolgan dunyosi“ deb atagan bir qismi sifatida sut emizuvchilar populyatsiyasi topilgani haqida xabar berdi[2].

ManbalarTahrirlash

  1. (Mening birinchi ensiklopediyam\Hayvonot olami\Sutemizuvchilar*Qushlar\ „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ davlat ilmiy nashriyoti\Toshkent-2018\8-bet)
  2. http://www.nbcnews.com/id/11114156