V jizni tak bivayet

Mnogotochiye guruhi qoʻshigʻi (2001)

V jizni tak bivayet“ (ruscha: В жизни так бывает, yaʼni „Hayotda shunday boʻladi“) — „Mnogotochiye“ rus rep guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2001-yil guruhning „Jizn i svoboda“ nomli ilk studiyaviy albomiga kiritilgan. Shuningdek, tarona oʻsha yili „Golos ulits-2“ terma albomidan ham oʻrin olgan. Qoʻshiqni guruh aʼzolari Rustam „Rustaveli“ Alyautdinov va DJ Hassan hamda aranjirovkachi Kuzmitchʼ yozgan[1]. „V jizni tak bivayet“ qoʻshigʻi „Mnogotochiye“ guruhi repertuaridagi eng koʻp shuhrat qozongan taronalarning biridir.

„V jizni tak bivayet“
„Mnogotochiye“ qoʻshigʻi
„„Jizn i svoboda““ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2001
Yozib olingan 2001
Janr rep
Davomiyligi 4:27
Matn muallif(lar)i Rustam Alyautdinov
DJ Hassan
Kuzmitchʼ
Bastakor(lar) Rustam Alyautdinov
DJ Hassan
Kuzmitchʼ
„Jizn i svoboda“ xronologiyasi
„MalatkiDaPaparassi“ V jizni tak bivayet „NeRazUmnoye“

Qoʻshiq 1998-yilda yozilgan. Birinchi band bilan naqoratni Rustaveli yozgan. Yakuniy versiyada ayrim bandlarni Kuzmitchʼ kuylagan. Gitara va bas gitara partiyalarini esa gitarachi Andrey Tirnov ijro etgan. Rustavelining soʻzlariga koʻra, qoʻshiq haqiqiy hodisalar va his-tuygʻular asosida yozilgan.

Ayrim manbalarga koʻra, „V jizni tak bivayet“ ilk bor omma oldida 1998-yilda „Rap Music“ festiviladidan yangragan[2]. Boshqa manbalarga koʻra, 2001-yilda „Adidas StreetBall Challenge“ konsertti davomida ilk bor ijro etilgan. Buning ortidan tarona bir necha radio, jumladan, „Love Radio“ kanalida yangragan va keng shuhrat qozongan.

„V jizni tak bivayet“ xitga aylangan boʻlishiga qaramay, guruh uni konsertlarda ijro etishdan bosh tortib keladi. Rustavelining soʻzlariga koʻra, buning sababi shundaki, guruh aʼzolari faqat bir qoʻshiq bilan tanilish keyingi ijodga xalal beradi, degan xulosa kelishgan. Qoʻshiq uchun klip suratga olinmagan.

Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha xonanda va guruh kaver qilgan. 2020-yil „Moxito“ guruhi tarona egalaridan ruxsat olib, uning rimeykini yozgan. Mazkur versiyaning bandlari butunlay qaytadan yozilgan.

Manbalar tahrir

  1. „Многоточие «В жизни так бывает»“ (ruscha). Soundtimes. Qaraldi: 13-noyabr 2022-yil.
  2. „Группа "Многоточие"“ (ruscha). Великий Новгород (10-may 2021-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2022-yil.

Havolalar tahrir