Bariy
Bariy (Baryum), Ba – Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element, tartib nomeri 56, atom massasi 137,34, kumush rang-oq metall. 7 ta barqaror izotop aralashmasidan iborat, ular orasida |38Va koʻproq (71,66%). Bariyni shved kimyogari Bariy Sheele VaO shaklida kashf etgan (1774) va bu oksidni „ogʻir yer“ yoki barit deb atagan (yun. barus – ogʻir soʻzidan), metall Bariyni ingliz kimyogari Bariy Devi elektroliz yoʻli bilan olgan (1808). Yer pustila Bariy ogʻirlik jihatdan 0,05% ni tashkil etadi, tabiatda erkin holda uchramaydi. Bariy birikmalari – barit BaSO4 va viterit VaSO3 sanoat ahamiyatiga ega. Bariy VaO bilan alyuminiyni birga qizdirish yoki VaN, ni parchalash yoki suyuqlangan VaS12 ni elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Bariyning zichligi 3760 kg/m3, mineralogik shkala boʻyicha qattiqligi 1,25, Moos shkalasi boʻyicha 2, suyuqlanish temperaturasi 727°, qaynash temperaturasi 1637°. Bariy qoʻrgʻoshindan qattiqroq, ruxdan yumshoqroq. Bariy ishqoriy-yer metall, kimyoviy xossalari jihatdan kalsiy bilan stronsiyga oʻxshaydi, lekin ularga nisbatan faolroq. Havoda tez oksidlanadi, qizdirilganda oson alangalanadi. Suvni shiddat bilan parchalab, bariy gidroksid hosil qiladi: Va+2N2O=Va(ON)2+N2. Bariy oksid – VaO rangsiz kristall modda boʻlib, havoda bariy karbonat VaSO3 ga aylanadi. VaO ni havoda 500° da qizdirib, VaO2 olinadi, bu modda esa 700° da VaO va O2 ga ajraladi. Bariy kimyoviy juda faol boʻlganidan kerosin qatlami ostida saqlanadi. Galogenlar va oltingugurt bilan birikib, galogenidlar (mas, VaS12) va sulfid – BaS, vodorod bilan birikib, gidrid – VaN2 hosil qiladi. VaN2 suv va kislotalar taʼsirida tez parchalanadi. Odatda ishlatiladigan Bariy tuzlaridan bariy xlorid VaS12 va boshqa galogenidlar, bariy nitrat Ba(NO3)2, bariy sulfid BaS, bariy xlorat Va(S1O3) suvda yaxshi eriydi, bariy sulfat BaSO4, bariy karbonat VaSO3 va bariy xromat VaSYU4 qiyin eriydi. Bariy koʻp qotishmalar tarkibiga kiradi. Va – Ni qotishmasi radiolampalarda ishlatiladi, Va – R qotishmasidan bosmaxona harflari tayyorlanadi. Baʼzi qotishmalari vakuumda gaz yutuvchi sifatida, yadro texnikasida u-nurlardan saqlovchi materiallar sifatida qoʻllanadi. Bariyning VaSO3, Va-(ON)2, VaS12, Ba(NO3)2 birikmalari kimyo lab.da, BaCL, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, BaSO4 xrustal shisha va oq boʻyoq ishlab chiqarishda, Ba(NO3)2 yashil olov hosil qilishda ishlatiladi.
56 | Bariy
|
Ba | |
6s2 |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |