Valentin Ivanov (futbolchi, 1934)
Valentin Kozmich Ivanov (ruscha: Валентин Козьмич Иванов; 19-noyabr 1934-yil – 8-noyabr 2011-yil[1]) – rossiyalik futbolchi, yarim himoyachi[2]. U 1962-yilgi jahon chempionatida toʻpurar boʻlgan va 1960-yilgi Yevropa Millatlar kubogi toʻpurari boʻlgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Valentin Kozmich Ivanov | ||
Tavallud sanasi | 19-noyabr 1934-yil | ||
Tavallud joyi | Moskva, Rossiya SFSR, Soviet Union | ||
Vafot sanasi |
8-noyabr 2011-yil (76 yoshda) | ||
Vafot joyi | Moskva, Rossiya | ||
Boʻyi | 1.78 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1950–1952 | Krylia Sovetov Moskva | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1952–1966 | Torpedo Moskva | 286 | (124) |
Milliy terma jamoa | |||
1955–1965 | Sovet Ittifoqi | 59 | (26) |
Boshqargan klublari | |||
1967–1970 | Torpedo Moskva | ||
1973–1978 | Torpedo Moskva | ||
1980–1991 | Torpedo Moskva | ||
1992–1993 | Raja Casablanca | ||
1994 | Asmaral Moskva | ||
1994–1996 | Torpedo-Luzhniki Moskva | ||
1998 | Torpedo Moskva | ||
2003 | Torpedo-Metallurg Moskva | ||
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ivanov SSSR terma jamoasi safida 59 marta maydonga tushib, 26 ta gol urgan[3]. Valentin SSSR futbol terma jamoasining barcha vaqtlardagi eng koʻp gol urgan futbolchilaridan biri boʻlib, faqat Oleg Bloxin va Oleg Protasovdan keyingi oʻrinni egallagan. Rossiyaning eng zoʻr futbolchilaridan biri boʻlgan Ivanov oʻzining tezligi, dribling sifati va texnik qobiliyati bilan ajralib turgan.
1962-yilgi Jahon chempionatida Ivanovning toʻrtta goli bilan boshqa besh futbolchi bilan birgalikda turnirning eng yaxshi toʻpurari deb topilgan. 1958-yilgi Jahon chempionati turnirda ham ikkita gol muallifi boʻlgan. Valentin klubdagi faoliyatining koʻp qismini Moskvaning „Torpedo“ jamoasida oʻtkazgan va Sovet chempionatida 286 ta oʻyinda 124 ta gol urgan. Ivanovning bu natijasi bilan klubning barcha vaqtlardagi futbolchilari ichida 9-oʻrinni egallagan.
Shaxsiy hayot va vafoti
tahrirIvanov 1956 va 1960-yillarda gimnastika boʻyicha Olimpiada chempioni Lidiya Ivanova bila oila qurgan. Ularning oʻgʻli Valentin (1961-yilda tugʻilgan) ham sportchi boʻlib, nafaqadagi xalqaro futbol hakami.
Ivanov 2011-yil 8-noyabrda Alzheimer kasalligi bilan uzoq davom etgan kurashdan soʻng, 77 yoshga toʻlishidan biroz oldin vafot etgan[4].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | ||
---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | GOl | ||
Torpedo Moskva[5] | 1953 | Oliy Liga | 19 | 4 |
1954 | 22 | 7 | ||
1955 | 13 | 5 | ||
1956 | 21 | 13 | ||
1957 | 22 | 14 | ||
1958 | 18 | 14 | ||
1959 | 21 | 6 | ||
1960 | 17 | 8 | ||
1961 | 23 | 9 | ||
1962 | 13 | 4 | ||
1963 | 36 | 17 | ||
1964 | 30 | 14 | ||
1965 | 22 | 7 | ||
1966 | 11 | 2 | ||
Total | 287 | 124 |
Terma jamoa
tahrirTerma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Sovet Ittifoqi | 1955 | 1 | 1 |
1956 | 8 | 5 | |
1957 | 5 | 1 | |
1958 | 8 | 3 | |
1959 | 3 | 1 | |
1960 | 4 | 4 | |
1961 | 7 | 0 | |
1962 | 7 | 5 | |
1963 | 5 | 1 | |
1964 | 6 | 2 | |
1965 | 5 | 3 | |
Jami | 59 | 26 |
- Gollar va natijalar birinchi navbatda Sovet Ittifoqining gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisob ustuni Ivanovning har bir golidan keyin naytijani koʻrsatadi.
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 1955-yil 26-iyun | Råsunda, Stokgolm, Shvetsiya | Shvetsiya | 6–0 | 6–0 | Oʻrtoqlik |
2 | 1956-yil 23-may | Markaziy Dinamo stadioni, Moskva, Sovet Ittifoqi | Daniya | 1–0 | 5–1 | Oʻrtoqlik |
3 | 1956-yil 11-iyul | Markaziy Dinamo stadioni, Moskva, Sovet Ittifoqi | Isroil | 2–0 | 5–0 | 1956-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari sarlash bosqichi |
4 | 4–0 | |||||
5 | 1956-yil 15-sentyabr | Niedersachsenstadion, Hannover, Gʻarbiy Germaniya | Gʻarbiy Germaniya | 2–1 | 2–1 | Oʻrtoqlik |
6 | 1956-yil 1-dekabr | Olympic Park Stadium, Melburn, Avstraliya | Indoneziya | 2–0 | 4–0 | 1956-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari |
7 | 1957-yil 20-oktyabr | Stadion Śląski, Chorzów, Polsha | Polsha | 1–2 | 1–2 | 1958-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
8 | 1958-yil 18-may | Markaziy Lenin stadioni, Moskva, Sovet Ittifoqi | Angliya | 1–1 | 1–1 | Oʻrtoqlik |
9 | 1958-yil 11-iyun | Ryavallen, Borås, Shvetsiya | Avstriya | 2–0 | 2–0 | 1958-yilgi FIFA Jahon chempionati |
10 | 1958-yil 28-sentyabr | Markaziy Lenin stadioni, Moskva, Sovet Ittifoqi | Vengriya | 3–0 | 3–1 | 1960-yilgi Yevropa Millatlar kubogi saralash bosqichi |
11 | 1959 yil 6 sentyabr | Markaziy Lenin stadioni, Moskva, Sovet Ittifoqi | Chexoslovakiya | 3–1 | 3–1 | Oʻrtoqlik |
12 | 1960-yil 19-may | Markaziy Lenin stadioni, Moskva, Sovet Ittifoqi | Polsha | 1–0 | 7–1 | Oʻrtoqlik |
13 | 6–1 | |||||
14 | 1960-yil 6-iyul | Stade Vélodrome, Marsel, Fransiya | Chexoslovakiya | 1–0 | 3–0 | 1960-yilgi Yevropa Millatlar kubogi |
15 | 2–0 | |||||
16 | 1962-yil 27-aprel | Markaziy Lenin stadioni, Moskva, Sovet Ittifoqi | Urugvay | 4–0 | 5–0 | Oʻrtoqlik |
17 | 1962-yil 31-may | Estadio Carlos Dittborn, Arika, Chili | Yugoslaviya | 1–0 | 2–0 | 1962-yilgi FIFA Jahon chempionati |
18 | 1962-yil 3-iyun | Estadio Carlos Dittborn, Arika, Chili | Kolumbiya | 1–0 | 4–4 | 1962-yilgi FIFA Jahon chempionati |
19 | 3–0 | |||||
20 | 1962-yil 6-iyun | Estadio Carlos Dittborn, Arika, Chili | Urugvay | 2–1 | 2–1 | 1962-yilgi FIFA Jahon chempionati |
21 | 1963-yil 22-sentyabr | Markaziy Lenin stadioni, Moskva, Sovet Ittifoqi | Vengriya | 1–0 | 1–1 | Oʻrtoqlik |
22 | 1964-yil 12-sentyabr | Råsunda, Stokgolm, Shvetsiya | Shvetsiya | 1–0 | 1–1 | 1964-yilgi Yevropa Millatlar Kubogi chorak finali |
23 | 1964-yil 17-iyun | Camp Nou, Barcelona, Ispaniya | Daniya | 3–0 | 3–0 | 1964-yilgi Yevropa Millatlar kubogi |
24 | 1965-yil 23-may | Markaziy Lenin stadioni, Moskva, Sovet Ittifoqi | Gretsiya | 2–1 | 3–1 | 1966-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi |
25 | 3–1 | |||||
26 | 1965-yil 30-may | Markaziy Lenin stadioni, Moskva, Sovet Ittifoqi | Uels | 1–0 | 2–1 | 1966-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi |
Yutuqlar
tahrirTorpedo Moskva
- Sovet Oliy Ligasi: 1960, 1965
- Sovet Kubogi: 1960-yil
Sovet Ittifoqi
- UEFA futbol boʻyicha Yevropa chempionati: 1960-yil, ikkinchi oʻrin 1964-yil
- Olimpiada oltin medali: 1956
Individual
- Sovet Ittifoqining eng yaxshi 33 nafar futbolchisi (12): 1-son (1955, 1957-1964); 2-son (1953, 1956, 1965)
- UEFA Yevropa chempionatining „Oltin butsasi“: 1960-yil
- UEFA Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 1960[6], 1964[7]
- FIFA Jahon chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1962-yil
- UEFA yubiley soʻrovi (2004): № 45[8]
Manbalar
tahrir- ↑ Umer Valentin Ivanov. Gazeta.ru (27 April 2007). Retrieved on 2012-12-24.
- ↑ „Valentin Ivanov“. Olympedia. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
- ↑ Mamrud, Roberto; Arnhold, Matthias „Soviet Union/C.I.S. – Record International Players“. RSSSF (2009-yil 16-iyul). Qaraldi: 2009-yil 21-sentyabr.
- ↑ Nov 8 (Reuters) – Former Soviet striker Valentin Ivanov died following a long illness on Tuesday, the Russian FA said. He was 76. Reuters (8 November 2011)
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Valentin Ivanov“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr.
- ↑ „1964 team of the tournament“. Union of European Football Associations. Qaraldi: 2020-yil 14-may.
- ↑ „1960 team of the tournament“. Union of European Football Associations (2011-yil 1-fevral). Qaraldi: 2020-yil 14-may.
- ↑ „UEFA Awards“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2006-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 12-mart.
Havolalar
tahrirVikiomborda Valentin Ivanov (futbolchi, 1934) haqida turkum mavjud |