Valentina Kibalnikova
Valentina Sergeevna Kibalnikova (tugʻ. 16-oktyabr 1990-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — qisqa masofaga toʻsiqlar osha yugurish boʻyicha ixtisoslashgan oʻzbek sportchisi. 2016-yilda u yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. XXXI Yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Valentina Kibalnikova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
16-oktyabr 1990-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Boʻyi | 174 |
Vazni | 56 |
Sport | |
Qaysi sport | yengil atletika |
Martaba
tahrirU 2007-yildan beri xalqaro maydonda chiqish qila boshladi. Ostrava (Chexiya) shahrida oʻtkazilgan yengil atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 100 metr masofaga toʻsiqlar osha yugurish boʻyicha 14,39 soniya natija koʻrsatib, turnir finaliga chiqa olmadi[1].
2014-yilda Inchxonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 100 metr masofaga toʻsiqlar osha yugurishda 13,47 soniya natija qayd etib, beshinchi oʻrinni egallagan edi[2].
2015-yilda Uxan shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida u 100 metr sekundiga 13,82 soniya natija bilan toʻqqizinchi oʻrinni egalladi[3].
2016-yilda Doʻhada (Qatar) oʻtkazilgan yengil atletika boʻyicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida 60 metrga toʻsiqlar osha yugurishda 8,32 soniya natija koʻrsatib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[4][5]. Yengil atletika boʻyicha 100 metr masofaga oʻtkazilgan Oʻzbekiston kubogida birinchi oʻrinni egalladi. Bishkekda (Qirgʻiziston) oʻtkazilgan turnirda Olimpiya chempioni — Tatyana Kolpakova s/s ga 100 metrga yugurishda kumush medalni qoʻlga kiritdi[6]. Olmaota shahrida (Qozogʻiston) oʻtkazilgan „Gusman Kosanov xotirasi“ xalqaro musobaqasida u sekundiga 100 metrga yugurishda 13.00 natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi va Rio-de-Janeyrodagi (Braziliya) Yozgi Olimpiya oʻyinlari meʼyorini bajardi[7]. XXXI Yozgi Olimpiya oʻyinlarida saralashda 13,29 soniya natija bilan u bor-yoʻgʻi oltinchi oʻrinni egalladi va oʻz chiqishlarini yakunlab, turnirning final qismiga bormadi[8].
2017-yilda Bxubaneshvarda (Hindiston) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida u 100 metr sekundiga 13,51 soniya natija koʻrsatdi, biroq bor-yoʻgʻi toʻrtinchi oʻrinni egalladi[9]. Ashxobodda (Turkmaniston) boʻlib oʻtgan Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida u s/s 60 metr masofaga 8,61 soniya natija bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
2019-yilda Toshkent shahrida oʻtkazilgan yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston kubogida sekundiga 100 metr masofaga yugurish boʻyicha u birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi[10].
2021-yilda yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston kubogi va Oʻzbekiston chempionatida 100 metr sekundiga yugurishda birinchi oʻrinlarni egallagan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „5th IAAF World Youth Championships“ (inglizcha). www.worldathletics.org. Qaraldi: 9-avgust 2021-yil.
- ↑ „Result | AT | Sports“. web.archive.org (20-dekabr 2014-yil). 20-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2021-yil.
- ↑ „Wayback Machine“. web.archive.org (5-yanvar 2016-yil). 5-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2021-yil.
- ↑ „Valentina KIBALNIKOVA | Profile | World Athletics“. www.worldathletics.org. Qaraldi: 9-avgust 2021-yil.
- ↑ „Светлана Радзивил стала обладателем золотой медали“ (ruscha). Телерадиокомпания СТВ. 9-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-noyabr 2021-yil.
- ↑ 6,0 6,1 „Кибальникова Валентина“. uzathletics.uz. Qaraldi: 9-avgust 2021-yil.
- ↑ „Легкоатлетка Узбекистана завоевала лицензию на Олимпиаду в Рио“ (ruscha). sport.ziyonet.uz. Qaraldi: 9-avgust 2021-yil.
- ↑ „Women's 100m Hurdles“. web.archive.org (6-avgust 2016-yil). 6-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2021-yil.
- ↑ arxiv nusxasi (PDF), 17-yanvar 2021-yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 22-noyabr 2021-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ uza.uz. „Легкоатлеты соревновались в Ташкенте“ (oʻzbekcha). Uza.uz (19-avgust 2019-yil). Qaraldi: 9-avgust 2021-yil.