Valeriy Stanislavovich Baltovskiy (1947-yil 6-oktyabr, Kattaqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – yogʻoch biomassasini kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi va uskunalari, yogʻoch kimyosi boʻyicha belarus mutaxassisi. Texnika fanlari doktori (2013), kimyo fanlari nomzodi (1978), dotsent (1984), professor[1][2].

Valeriy Stanislavovich Baltovskiy
Tavalludi 6-oktyabr 1947-yil
Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Belorussiya bayrogʻi Belarus
Sohasi Kimyogar
Ish joylari Belarus davlat texnologiya universiteti
Taʼlimi Belarus davlat texnologiya universiteti

Hayoti

tahrir

Valeriy Stanislavovich Baltovskiy 1947-yil 6-oktyabrda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. S.M.Kirov nomidagi Belarus texnologiya institutini („Yogʻochni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi“ mutaxassisligi, 1971-yil), S M.Kirov nomidagi Leningrad oʻrmon xoʻjaligi akademiyasini „Yogʻoch, sellyuloza va qogʻoz kimyosi va texnologiyasi“ mutaxassisligi boʻyicha aspiranturani tamomlagan (1978-yil). Dissertatsiya mavzusi „Yuqori ultra chastotali energiya va fermentativ jarayonlardan foydalangan holda oʻsimlik biomassasini kompleks gidrolitik va mikrobiologik qayta ishlash“. Valeriy Baltovskiyning yogʻoch biomassasini kimyoviy qayta ishlash texnologiyasiga oid bir qancha kitoblari bor. Jumladan, „Belarus Respublikasida yoqilgʻi etanol ishlab chiqarish istiqbollari“ va boshqalar[3].

Valeriy Stanislavovich Baltovskiy Belarus davlat texnologiya universitetida ishlagan (1971-yildan organik moddalar texnologiyasi fakulteti, yogʻochni kimyoviy qayta ishlash kafedrasida professor). Valeriy Stanislavovich Baltovskiy 1978-yilda kimyo fanlari nomzodi bo'lgan. 2013-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ilmiy qiziqishlari: furfural va oqsillarni oʻz ichiga olgan ozuqa qoʻshimchalarini olish uchun oʻsimlik biomassasini gidrolitik va biokimyoviy qayta ishlashning texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va takomillashtirish.

Mukofotlari

tahrir

Valeriy Stanislavovich Baltovskiy Belarus Respublikasi Ta'lim vazirligining sertifikati bilan taqdirlangan (2005).

Ilmiy ishlari

tahrir
  • Комплексная гидролитическая и микробиологическая переработка растительной биомассы с использованием энергии сверхвысоких частот и ферментативных процессов : диссертация … доктора технических наук : 05.21.03 : защищена 22.11.2012 : утверждена 27.03.2013 / Болтовский Валерий Станиславович. — Минск, 2012.
  • Математическая оптимизация газохроматографического анализа на примере исследования состава продуктов химической переработки древесины : автореферат диссертации … кандидата химических наук : 05.21.03 / Болтовский Валерий Станиславович. ― Ленинград, 1978.

Manbalar

tahrir