Varna aeroporti (bolgarcha: Летище Варна) (IATA: VARICAO: LBWN) – Bolgariyaning tarixiy dengiz porti yaqinida joylashgan aeroport. Varna aeroporti Bolgariyada kattaligi jihatidan uchinchi oʻrinda turadi. Aeoroport Varna markazidan 10 kilometr uzoqlikdagi Aksakovo shahri yaqinida joylashgan. Aeroport Varna, Golden Sands va Bolgariyaning shimoli-sharqida istiqomat qiluvchi aholiga xizmat koʻrsatib keladi. Aeroportning eng gavjum davri may oyining oxiridan oktyabr oyining boshlariga toʻgʻri keladi.

Varna aeroporti
Летище Варна
IATA kodi: VARICAO kodi: LBWN
Qisqacha bayon
Aeroport turi Jamoatchilik
Egasi State-owned
Operator Fraport Twin Star Airport Management AD
Xizmat doirasi Varna
Joylashuvi Varna, Bolgariya
Ochilgan 9-may, 1948-yil(1948-05-09)
Havo yoʻli tuguni
Dengiz sathidan balandligi 70 m / 230 ft
Koordinatalari 43°13′55″N 27°49′31″E / 43.23194°N 27.82528°E / 43.23194; 27.82528
Vebsayti varna-airport.bg
Xarita
VAR (Bolgariya)
VAR
Location of airport in Bulgaria
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
09/27 2 517 8 258 Asphalt
Maʻlumotlar (2022)
Passengers 1,484,186
Passenger change 21-22 46,9%
Aircraft movements 11,420
Movements change 21-22 23,6%
Source: Bulgarian AIP at EUROCONTROL

Tarixi

tahrir

Aeroport tarixi 1916-yilda Bolgariyadagi birinchi gidroport uchun ikkita shiypon qurilgan Peynerjik hududida (hozirgi Chayka turar-joy massivi) qurilishidan boshlangan. 1919—1920-yillar oraligʻida va faqat 1947- yilga kelib ikki shahar oʻrtasida doimiy aviakompaniya tashkil etilgan. Tihina aeroporti hozirgi Asparuhov koʻprigidan gʻarbda joylashgan boʻlib, haqiqatan ham zamonaviy shahar talablari uchun juda ibtidoiy ahvolda boʻlgan. Axiyri, 1946- yilga kelib hukumat tomonidan qaror qabul qilingan va bir necha kilometr gʻarbda yangi aeroport qurilgan. Qurilish va qayta tiklash uchun bir necha yil talab etilgan.1972- yilga kelib yangi terminal va 1974- yilda esa yangi uchish-qoʻnish yoʻlaglari qurilgan.

2013- yilga kelib yangi yoʻlovchi terminali ochildi va 20-asrda qurilgani yopildi.

Varna shahridan 25 mamlakatning 70 ga yaqin yoʻnalishlariga, Bolgariya va xorijiy aviakompaniyalar bilan mahalliy va xalqaro reyslar mavjud. Aeroport Varna portiga va temir yoʻl tizimiga yaqin masofada joylashgan. Aeroportda ILS CAT I tizimiga ega 09/27 asfalt bilan qoplangan bitta uchish-qoʻnish yoʻlagi va 24 ta samolyot uchun toʻxtash perroni mavjud. 2006-yil iyun oyida Bolgariya hukumati Fraport AG Frankfurt Airport Services Worldwide kompaniyasiga Varna va Burgas aeroportlarida 35 yil muddatga 500 million yevrodan ortiq investitsiya, jumladan 2008-yilga kelib yangi yoʻlovchi terminalini qurish uchun imtiyoz berdi.

2011-yil 15-oktyabrdan 2012-yil 28-fevralgacha Varna aeroporti uchish-qoʻnish yoʻlagini rekonstruksiya qilish uchun yopildi. Barcha reyslar Burgas aeroportida amalga oshirildi[1].

2016- yilda aeroport 1 689 595 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan, bu 2015-yilga nisbatan 20,8 foizga koʻp.

Terminallari

tahrir

Aeroportda uchta terminal mavjud: 1-terminal 1972-yilda qurilgan (hozirda yopilgan), yoz mavsumida foydalaniladigan 3-terminal (2007-yil iyun oyida ochilgan) va yangi 2-terminal 2013-yilning avgust oyida ochilgan.

1-terminal

tahrir

1-terminal (yopiq)koʻp yillar davomida bir necha marta kengaytirilgan. Joʻnab ketish zonasida 21 ta roʻyxatga olish va oltita xavfsizlik nazorat punkti faoliyat yuritgan. Terminalda turli xil savdo nuqtalari: kafelar, fas-fud restoranlari, valyuta ayirboshlash va dyuti-fri doʻkonlari, uchib kelish joyida esa ikkita yuk karusellari mavjud boʻlgan. 1-terminalda ham VIP zonasi va biznes zal mavjud boʻlib 2010- yilda VIP zonasi taʼmirlandi. 2014-yil holatiga koʻra barcha reyslar, shu jumladan bepul parvozlar 2-terminal tomonidan boshqarilardi. Shu sababli, VIP zonasidan tashqari barcha eski terminallar keyinchalik yopilgan.

2-terminal

tahrir

2-terminal 2013-yil 18-avgustda ishga tushgan.2- yiliga 1 800 000 yoʻlovchini qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlib, 25 ta roʻyxatga olish stoliga ega. U 18 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. 2-terminal~binolarda mavjud meʼmoriy qismni kengaytirish sifatida ularning sigʻimini oshirish uchun moʻljallangan. Minskdan Sofiaga birinchi boʻlib,2-terminaldagi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish Bolgaria Air mahalliy aviaqatnovi tomonidan amalga oshirilgan.2-terminal dizayni Londonda joylashgan Pascall+Watson arxitektura firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

tahrir
Quyidagi aviakompaniyalar Varna aeroportida muntazam va charter reyslarini amalga oshiradi[2]
Aviaqatnovlar Manzillar
Air Serbia Mavsumiy: Belgrade[3]
Arkia Mavsumiy: Tel Aviv
Austrian Airlines Mavsumiy: Vienna
Avion Express Mavsumiy: Vilnius
Vienna Mavsumiy reys: Antalya,[4][5] Nevşehir[6]
Bulgaria Air Sofia
Mavsumiy: Tel Aviv
Mavsumiy reys: Antalya (2023-yil 1-sentyabrdan),[7] Bodrum (2023-yil 31-avgustdan),[8] Enfidha[9]
Discover Airlines Mavsumiy: Frankfurt, Munich (2024-yil 24-maydan)[10]
easyJet Mavsumiy: Berlin, London–Gatwick
Edelweiss Air Mavsumiy: Zürich
Enter Air Mavsumiy reys: Gdańsk, Katowice, Warsaw-Chopin, Wrocław
European Air Charter Mavsumiy reys: Antalya,[11] Bodrum,[12] Cologne/Bonn, Dalaman (2023-yil 22-sentyabrdan),[13] Düsseldorf, Enfidha, Hamburg, Hannover, Helsinki, Heraklion (2023-yil 5-sentabrdan),[14] Leipzig/Halle, Munich, Stuttgart, Tel Aviv
Eurowings Mavsumiy: Cologne/Bonn, Düsseldorf, Hamburg, Stuttgart
Freebird Airlines Europe Mavsumiy reys: Leipzig/Halle
GetJet Airlines Mavsumiy reys: Vilnius
Israir Airlines Mavsumiy: Tel Aviv
Jet Time Mavsumiy reys: Aalborg, Billund
LOT Polish Airlines Mavsumiy: Warsaw–Radom[15][16]
Mavsumiy reys: Katowice, Warsaw-Chopin, Wrocław
Luxair Mavsumiy: Luxembourg
Norwegian Air Shuttle Mavsumiy: Copenhagen, Helsinki, Oslo
Ryanair Vienna
Mavsumiy: Katowice,[17] Kraków[18] Sofia, Vilnius[19]
SkyUp[20] Mavsumiy: Kyiv–Boryspil (toʻxtatilgan)[21]

Statistika

tahrir
Varna aeroport yoʻnalishlari
Yili Yoʻlovchilar Oʻzgarishlar Yuklar(tonnada) Oʻzgarishlar Havo kemasi Oʻzgarishlar
1998 273,678 N/A N/A
1999 511,819  87.0% N/A N/A
2000 691,689  35.1% N/A 9,425
2001 932,549  34.8% N/A 9,549  1.3%
2002 1,090,709  16.9% N/A 9,006  5.7%
2003 1,186,349  8.8% N/A 10,107  12.2%
2004 1,319,127  11.2% N/A 11,277  11.6%
2005 1,546,925  17.3% N/A 13,616  20.7%
2006 1,522,658  1.6% N/A 14,721  8.1%
2007 1,478,093  2.9% N/A 14,971  1.7%
2008 1,432,703  3.1% N/A 15,129  1.1%
2009 1,206,535  15.8% N/A 12,699  16.1%
2010 1,198,956  0.6% N/A 12,577  1.0%
2011 1,163,884  2.9% N/A 11,263  10.4%
2012 1,211,196  4.1% N/A 10,739  4.7%
2013 1,303,679  7.6% N/A 11,516  7.2%
2014 1,387,494  5.2% N/A 12,063  4.7%
2015 1,398,694  0.8% N/A 11,959  0.9%
2016 1,689,595  20.8% N/A 14,818  23.9%
2017 1,970,700  16.6% 293  93.0% 15,950  7.6%[22]
2018 2,281,134  15.8% 136  40.6% 17,776  11.4%
2019 2,084,319  8.7% 123  9.3% 15,468  13.0%
2020 622,215  70.1% 44  64.1% 6,881  55.5%
2021 1,010,494  62.4% 34  23.9% 9,239  34.3%
2022 1,484,186  46.9% 104  205.8% 11,420  23.6%[22]
2023 (01.01-31.07) 1,059,166  44.0% 41  52.3% 7,957  36.1%[22]

Yer usti transporti

tahrir

409-avtobus liniyasi aeroportni Varna shahri markazi va yaqin atrofdagi kurortlar bilan bogʻlaydi (marshrut: Varna aeroporti – Varna savdo markazi – Varna avtobus bekati / Grand Mall – shahar markazi – Avliyo Konstantin va Helena – Golden Sands)[23]

Hodisalar va baxtsiz hodisalar

tahrir
  • 1983-yil 7-mayda Bolqon Bolgariya havo yoʻllari 013-reysi pichoq bilan qurollangan toʻrt kishi tomonidan olib qochilgan. Ularni Venaga olib borishni talab qilishayotganda, uchuvchilar Varnaga qoʻnish yoʻli orqali qurollanganlarni chalgʻitishdilar. Xavfsizlik kuchlari samolyotga bostirib kirib, uch nafar qurollanganlarni hibsga oldi va styuardessaga tahdid solayotgan bittasini oʻldirishdi.
  • 1992- yil 5- iyunda Bolgariya aviakompaniyasining Tupolev 154B samolyoti yomon ob-havo sharoitida 27-qoʻnish yoʻlagini bosib oʻtdi. Qurbonlar boʻlmagan, ammo samolyotni samolyotlar roʻyhatidan chiqarishgan.[24]
  • 2013-yil 24-mayda Air VIAning Leyptsig/Xalledan Varnaga 502-reysi uchib ketganidan soʻng Varna aeroportida 09-qoʻnish reysi yoʻlakni bosib oʻtgan. Evakuatsiya vaqtida ikki yoʻlovchi jarohat olgan.[25][26]
  • 2014-yil 8-iyul kuni Golden Sandda dam olayotgan Germaniya fuqarosi Varna aeroporti yaqinida sirli ravishda gʻoyib boʻlgan Mittank oldingi ikki kun davomida Bolgariyada yolgʻiz boʻlgan va oʻzini gʻalati tutgani haqida xabar bergan va oxirgi marta xavfsizlik kameralarida aeroportdan tevarak-atrofdagi oʻrmonga qochib ketayotgani tasviri tushib qolgan.

Shuningdek qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Varna Airport Closes for Runway Overhaul in October“. Qaraldi: 2015-yil 7-iyun.
  2. „Flight Search“. www.varna-airport.com (2020-yil 10-sentyabr). 2017-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.
  3. „Air Serbia to launch New Service to Krakow, Ohrid and Varna for Summer 2023“ (2022-yil 16-dekabr).
  4. „Ранни записвания 2023 ✈️ - Почивки в Турция от Turkuaz“.
  5. „Почивки в Анталия 2023, почивки в анталия със самолет | Онекс Тур“.
  6. „Екскурзия до Кападокия 2022 с директен чартърен полет“.
  7. „Почивки в Кемер, Турция“ (2023-yil 5-sentyabr).
  8. „Почивки в Бодрум, Турция“ (2023-yil 27-may).
  9. „Bulgaria Air NS23 Varna Scheduled Charters Network Additions“.
  10. „EUROWINGS DISCOVER NS24 MUNICH NETWORK ADDITIONS“ (2023-yil 4-iyul).
  11. „Flights | Varna Airport“.
  12. „С Екватор на почивка в Бодрум с чартъри от София, Варна и Пловдив“.
  13. „Почивки в Фетие, Турция“ (2023-yil 26-may).
  14. „Почивка на остров Крит 2023 - с полет от Варна до Ираклион - Abax.bg“.[sayt ishlamaydi]
  15. https://www.lot.com/pl/en/flights/flights-to-europe/flights-to-poland/flights-to-warsaw/radom-airport-rdo Andoza:Bare URL inline
  16. „Летище Варна“.
  17. „5 kolejnych nowych tras Ryanaira z Polski! Dużo wakacyjnych kierunków“.
  18. „Pasazer.com: Ryanair poleci z Krakowa nad Morze Czarne“. Pasazer.com.
  19. „Ryanair NS23 Network Additions – 05DEC22“.
  20. „Schedule“. skyup.aero.
  21. „SkyUp announces flights from Kyiv to Bulgaria's Varna, Burgas“. SeeNews.
  22. 22,0 22,1 22,2 „Traffic Figures“.
  23. „Начало“. 2013-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-iyun.
  24. Harro Ranter. „ASN Tupolevdagi samolyot halokati 154B LZ-BTD Varna aeroporti (VAR)“ (5-iyun 1992-yil). Qaraldi: 2015-yil 7-iyun.
  25. „Morschet na Pistalet, Vastalet izmoslei ot dve jeni sa s's schupeni kraynici (doplena va video) - video - Dnevnik.bg“. www.dnevnik.bg (24 may 2013 yil). Qaraldi: 7 iyun 2015 yil.
  26. „The Aviation Herald“. Qaraldi: 7-iyun 2015.

Havolalar

tahrir