Vasilios Kotronias
Vasilios Kotronias (grekcha: Βασίλειος Κοτρωνιάς; baʼzan Vassilios shaklida yoziladi; 1964-yil 25-avgustda tugʻilgan) – gretsiyalik shaxmatchi va yozuvchi. Oʻn karra Gretsiya chempioni. FIDE tomonidan 1986-yilda xalqaro sport ustasi va 1990-yilda grossmeyster unvonlari bilan taqdirlangan.
Vasilios Kotronias | |
---|---|
Kotronias 2014-yilda | |
Mamlakat |
Gretsiya Kipr (1998–2004)[1][2] |
Tugʻilishi |
25-avgust 1964-yil Afina, Gretsiya |
Saravha | Grossmeyster (1990) |
FIDE reyting | 2468 (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2628 (2008-yil, yanvar) |
Yuqori reytingi | No. 44 (1996-yil, iyul)[1] |
1998 va 2004-yillar oraligʻida Kipr terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Ammo keyinchalik yana Gretsiya safiga qaytgan.
Xalqaro musobaqalardagi ishtiroki
tahrir- 1988-yil Afina (Akropol xalqaro shaxmat musobaqasi)da gʻolib boʻlgan
- 1993-yil Komotinida gʻolib boʻlgan
- 1993-yil Korfudagi musobaqada gʻolib boʻlgan
- 1994-yil Gausdaldagi musobaqada gʻolib boʻlgan
- 1995-yil Gausdaldagi musobaqada gʻolib boʻlgan
- 1996-yil Rishon Le Siondagi musobaqada gʻolib boʻlgan
- 1998-yil Panormodagi musobaqada gʻolib boʻlgan[3]
- 2003-yil Gibraltar shaxmat festivali[4]
- 2003—2004-yillar Hastings xalqaro shaxmat kongressida chempion bilan teng natija qayd etgan.
- 2008-yilgi Cappelle-la-Grande Open turnirida birinchi oʻrinni egallagan
- 2020-yilda Ikaros shaxmat festivalida gʻolib boʻlgan[5]
Eng koʻp foydalangan debyutlari
tahrirOq donalar bilan [6] | Qora donalar bilan |
---|---|
Sitsiliyancha (212) | Sitsiliyancha himoya (188) |
Ruy Lopes (117) | Qadimhi hind himoyasi (140) |
Fransuzcha himoya (71) | Rixter-Rauzer (55) |
Ruy Lopez, yopiq (62) | Inglizcha debyut (27) |
Tarrasch (57) | Farzin piyodasi (25) |
Karo-Kann (49) | Farzin gambitidan mudofaa (18) |
Jamoadagi ishtiroki
tahrirJamoaviy shaxmatda 1984-yildan beri koʻplab shaxmat olimpiadalarida qatnashgan. Shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida yettita oʻyinning hammasini birinchi taxtada oʻynab, +19 −13 = 26 ball olgan. 2001-yilda Leonda 5.5/8 ball bilan shaxsiy individual musobaqalarda kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2008-yilgi Drezden Olimpiadasida oʻz doskasida bronza medalni qoʻlga kiritgan.
Siyosat
tahrir2014-yil 25-maydagi saylovlarda „The River“ partiyasi nomidan Yevropa Parlamentiga nomzod boʻlgan[7]. Partiyani tark etgach, Kotronias Syriza partiyasiga qoʻshilgan. 2019-yilgi umumiy saylovlarda ushbu partiya nomidan nomzod boʻlgan[8].
Nashr etilgan kitoblari
tahrir- Kotronias, Vassilios. Beating the Caro-Kann. Batsford Chess Library, 1994. ISBN 978-0805032840.
- Kotronias, Vassilios. Beating the Flank Openings. Batsford Chess Library, 1996. ISBN 978-0805047318.
- Kotronias, Vassilios. Beating the Petroff. Batsford, 2004. ISBN 978-0713489194.
- Kotronias, Vassilios. The Grandmaster Battle Manual. Quality Chess, 2011. ISBN 978-1906552527.
- Kotronias, Vassilios. Kotronias on the King's Indian. Fianchetto Systems. Quality Chess, 2013. ISBN 978-1906552503.
- Kotronias, Vassilios. Carlsen's Assault on the Throne. Quality Chess, 2014. ISBN 978-1906552220.
- Kotronias, Vassilios. The Sicilian Sveshnikov. Quality Chess, 2014. ISBN 978-1907982927.
- Kotronias, Vassilios. Kotronias on the King's Indian. Mar del Plata I. Quality Chess, 2015. ISBN 978-1907982552.
- Kotronias, Vassilios. Kotronias on the King's Indian. Mar del Plata II. Quality Chess, 2015. ISBN 978-1907982569.
- Kotronias, Vassilios. Beating the Anti-Sicilians. Quality Chess, 9 December 2015. ISBN 978-1-907982-63-7.
- Kotronias, Vassilios. The Safest Scandinavian. Chess Stars, 2016. ISBN 978-619-7188-06-6.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „FIDE rating history :: Kotronias, Vasilios“. OlimpBase.
- ↑ „Transfers in 2004“. FIDE.
- ↑ Crowther. „The Week in Chess 209: Zonal 1.5 Panormo, Crete“. The Week in Chess. London Chess Center (1998-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2009-yil 14-iyul.
- ↑ Crowther. „The Week in Chess 431: Gibraltar Chess Congress“. The Week in Chess. London Chess Center (2003-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.
- ↑ „DNA-Binding Protein Ikaros“, Definitions, Qeios, 2020-02-08, doi:10.32388/g9wwhs, qaraldi: 2020-08-09
- ↑ „The chess games of Vasilios Kotronias“.
- ↑ „Greece – European Parliament election candidates“. Europe Decides. 2014-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Εκλογική Περιφέρεια Α' Αθηνών | Εθνικές εκλογές – Ιούλιος 2019“.
Havolalar
tahrir- Vasilios Kotroniasning 365Chess.com saytidagi partiyalari
- Vasilios Kotroniasning Chessgames.comdagi shaxsiy profili
- Vasilios Kotroniasning OlimpBase.orgda shaxmat olimpiadasidagi faoliyati