Vasiliy Markozov
Vasiliy Ivanovich Markozov (Markozashvili) (1838—1908) – piyoda qoʻshinlar generali, Kavkaz urushi va 1873-yilgi Xiva yurishi qatnashchisi, harbiy yozuvchi[2].
Vasiliiy Markozov | |
---|---|
Asl ismi | ruscha: Василий Иванович Маркозов (Маркозашвили) |
Tavalludi |
1838-yil 1-yanvar Tiflis, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1908-yil 26-mart Pavlovsk, Sankt-Peterburg guberniyasi, Rossiya imperiyasi |
Qoʻshin turlari | otliq va piyoda qo'shinlar |
Unvoni | piyoda qoʻshinlar generali[1] |
Qoʻmondonlik qilgan |
Krasnovodsk otryadi, Stariy Oskolskiy 128-piyoda polki, 2-brigada, 6-piyoda diviziyasi, 2-piyoda qoʻshinlar diviziyasi |
Jang/urush |
Kavkaz urushi, Xiva yurishi (1873), Rus-turk urushi (1877—1878) |
Biografiya
tahrir1838-yil 1-yanvarda Tiflisda tugʻilgan, otasi general-mayor Ivan Pavlovich Markozov, Tiflis komendaturasi qoshidagi harbiy sud komissiyasining raisi.
1854-yil 2-avgustda Nijniy Novgorod Dragun polkida kursant sifatida oʻz faoliyatini boshlagan va polk saflarida Qrim urushi va togʻliklar bilan janglarda qatnashgan. 1855-yil 13-sentyabrda Markozov Karsni egallash paytidagi xizmatlari uchun praporshik unvonini olgan.
Qrim urushi soʻngida Marozov Kavkaz qoʻshinlari saflarida harbiy xizmatini davom ettiradi va 1857-yilda togʻliklarga qarshi xizmati uchun birinchi harbiy ordeni – 4-darajali Avliyo Anna ordeni bilan taqdirlanadi. 1858-yil 9-iyunda unga leytenant unvoni berilgan. 1859-yilda Markozov Severskiy dragun polkining eskadroniga qoʻmondonlik qilib, Gunib uchun boʻlgan hujumda qatnashgan[2]. 1861-yil 20-fevralda shtab-kapitan, 1862-yil 5-sentyabrda kapitan unvonini olgan.
1867-yilda Nikolayev nomidagi Bosh shtab akademiyasida kursni tugatgan[3], 1866-yil 19-iyunda esa akademiyada oʻqiyotgan paytda mayor darajasiga koʻtarilgan.
Bosh shtab kapitani lavozimiga koʻtarilgandan soʻng, Markozov 1868-yil 20-mayda Kavkaz harbiy okrugiga tayinlangan va u yerda 39-piyoda diviziyasi shtab-kvartirasining katta adyutanti lavozimini egallagan. 1870-yil 31-martdan Kavkaz harbiy okrugi shtab-kvartirasida katta adyutant boʻlib, oʻsha yilning 30-avgustida podpolkovnik unvoniga sazovor boʻlgan.
1871-yilda Markozov Krasnovodskga maxsus otryadga qoʻmondonlik qilish uchun yuborilgan[4] va bu lavozimda polkovnik Stoletovning oʻrniga almashtirilgan. 1872-yil 22-fevralda polkovnik unvonini olgan.
1872-yil yozida Xiva xonligini egallash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Mangʻishloq, Orenburg, Perovskiy forti, Jizzax va Krasnovodsk kabi bir necha nuqtadan yurish kolonnalari harakatini tashkil etish rejalashtirilgan edi; oxirgi kolonna Markozovga ishonib topshirilgan. Oʻsha yilning 4-mayidan 7-iyuniga qadar Markozov rasmiy ravishda 39-piyoda diviziyasining shtab boshligʻi sifatida roʻyxatga olingan.
Markozov, birinchi navbatda, Qoraqum choʻlini razvedka qilish bilan shugʻullangan, ammo otryadning orqa qismidagi turkmanlarning teke qabilasi oʻrtasidagi tartibsizliklar tufayli Sariqamish koʻlidan oldinga yurish imkoni boʻlmagan. Markozov isyonkor turkmanlarni tinchitib, Kaspiy dengizi qirgʻogʻida, janubda Krasnovodskdan Chekishiyargacha va Atrek daryosining mansabidagi postlarni egallagan va bundan tashqari Atrekda 1873-yil boshida Forsga boʻysungan turkmanlar bilan boʻlgan jiddiy jangga dosh bergan. Markozov kuzda, otryadning Qoraqum choʻli orqali Xivaga moʻljallangan yoʻnalishini ikkilamchi tekshirishni amalga oshirishga urinayotganda, Jemal quduqlarida kuchli turkman otryadiga duch kelgan. Ular faqat qattiq jang va Kabarda polkining piyoda askarlarining nayzali hujumidan keyingina chekinishgan; ammo shun voqeadan soʻng razvedka haqida harakatlar boʻlmagan.
Krasnovodsk va Sariqamish oʻrtasidagi choʻlni muvaffaqiyatli oʻrgangani, Chekishlar va Atrek daryosigacha boʻlgan yerlarni egallagashdagi xizmatlari uchun 1872-yilda polkovnik unvoniga sazovor boʻlgan va Jemalda tekelarni magʻlub etgani uchun qilich bilan birgalikdagi 3-darajali Avliyo Vladimir ordeni bilan taqdirlangan[2].
1873-yil fevralda Krasnovodsk otryadi Xiva tomon yoʻl olgan. Sariqamish ortidagi Qoraqum quduqlari haqidagi soʻroq maʼlumotlari asosan yolgʻon boʻlib chiqqan va otryad daxshatli jaziramada (Terentyev toʻgʻridan-toʻgʻri issiqlikdan „termometrlar yorilib ketgan“ deb xabar beradi) Oʻrtaquyi traktining qumlarida qolib ketgan deyiladi. Shu yil 22-aprelda Markozov otryadni ortga qaytarish toʻgʻrisida buyruq berishga majbur boʻlgan.
Krasnovodskga qaytib kelgach, Markozov otryad qoʻmondonligidan chetlashtirilib, Krasnovodsk otryadining falokatida ayblangan; natijada isteʼfoga chiqqan, ammo Skobelevning Qoraqum choʻlidagi quduqlarni oʻrganish natijalari maʼlum boʻlgach, barcha ayblovlar olib tashlangan va 1874-yil 14-avgustda Markozov xizmatga qaytgan.
1897-yil 28-fevralda kasallanganligi sababli xizmat formasi va pensiya bilan birga xizmatdan boʻshatilgan holda piyoda qoʻshinlari generali unvoniga sazovor boʻlgan[5][6]. 1906-yil 26-martda Sankt-Peterburg yaqinidagi Pavlovsk shahrida vafot etgan.
Adabiyotlar
tahrir- Глиноецкий Н. П. Исторический очерк Николаевской академии Генерального штаба. СПб., 1882
- Гогитидзе М. Грузинский генералитет (1699—1921). Киев, 2001
- Список генералам по старшинству. Составлено по 1 сентября 1896 года. — СПб., 1896. — С. 323.
- Терентьев М. А. История завоевания Средней Азии. Т. 2. СПб., 1903
Manbalar
tahrir- ↑ Список генералам по старшинству. Составлено по 1 сентября 1896 года. — СПб., 1896. — С. 323.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Маркозов, Василий Иванович // Harbiy ensiklopediya / V. F. Novitskiy … [va b.]. — 1911—1915.
- ↑ „Маркозов Василий Иванович“. rosgenea.ru. Qaraldi: 22-oktabr 2023-yil.
- ↑ „«Туркестанские генералы»“. livejournal.com. Qaraldi: 22-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Generals of the Russian Empire“. picryl.com. Qaraldi: 22-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Список генеральских чинов российской императорской армии и флота“. rusgeneral.ru. Qaraldi: 22-oktabr 2023-yil.