Vasiliy Alekseyevich Shitikov (1955-yil 2-may, Kursk, Kursk viloyati, RSFSR, SSSR – 2021-yil 1-oktyabr, Krasnodar oʻlkasi, Rossiya) – sovet futbolchisi, himoyachi va yarim himoyachi ampluasida oʻynagan.

Vasiliy Alekseyevich Shitikov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2-may 1955-yil
Tavallud joyi Kursk, Kursk viloyati, RSFSR, SSSR
Vafot sanasi 1-oktyabr 2021-yil(2021-10-01)
(66 yoshda)
Vafot joyi Krasnodar oʻlkasi, Rossiya
Boʻyi 175 sm [1]
Ampluasi Himoyachi, yarim himoyachi
Vazni 74 kg [1]
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
19721973 Avangard 15 (2)
1975 SSKA 1 (0)
1976 Avangard 15 (1)
19761978 Kuban 47 (2)
1979 Aktobe ? (?)
19801985 Kuban 137 (6)
1986 Spartak (Orjonikidze) [1] 30 (3)
19871988 Kuban 67 (3)
1989 Yoshlik 1 (0)
19891991 Kuban 31 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimayi holi tahrir

Vasiliy Shitikov 1955-yil 2-mayda Kurskda tugʻilgan[2]. 1972-yildan 1973-yilgacha oʻsha paytlari „Trudovimi Rezervami“ deb atalgan Kursk shahrining „Avangard“ futbol klubida oʻynagan va 1973-yilgi mavsumda 15 ta oʻyinda 2 ta gol urgan. Keyin harbiy xizmatga safarbar etiladi, buning natijasida Vasiliy Shitikov Moskvaning SSKA jamoasida oʻynaydi[3] va u yerda SSSR Oliy ligasida debyut qilgan va 1975-yilgi mavsumda 1 ta uchrashuv oʻtkazdi. Harbiy xizmatni tugatgandan soʻng Shitikov Moskvaning „Spartak“ klubiga taklif qilingan, biroq mavsumoldi yigʻinida jarohat olishi sababli birorta ham rasmiy oʻyin oʻtkazmasdan jamoani tark etadi[2]. Shundan keyin oʻzining tugʻilgan joyi Kursk shahriga qaytib, 1976-yilgi mavsumda „Avangard“ futbol klubi uchun 15 ta oʻyin oʻtkazdi va 1 ta gol urdi[1], buning natijasida futbolchi RSFSR futbol terma jamoasiga taklif olgan.

Oʻsha yili Vasiliy Shitikov „Avangard“ klubining „Kuban“ klubi bilan oʻyinidan soʻng, klub seleksionerlari eʼtiboriga tushadi va natijada Kubanga koʻchib oʻtadi. Futbolchi 1978-yilgacha „Kuban“ klubi safida toʻp surgan va shu vaqt ichida 47 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. 1979-yilgi mavsumda „Aktobe“ klubi safida oʻynaydi. 1980-yildan 1985-yilgacha Vasiliy Shitikov yana Kuban klubini himoya qiladi va 137 ta oʻyinda 6 ta gol urdi. Futbolchi 1986-yilgi mavsumni „Spartak Orjonikidze“ klubida oʻtkazib, 30 ta uchrashuvda 3 ta gol urgan[1].

1987-yildan 1988-yilgacha yana Kubanda oʻynadi, 67 ta oʻyinda 3 ta gol urdi va 1987-yilda RSFSR chempioni boʻldi[3]. 1989-yilda Jizzaxning „Yoshlik“ jamoasida bir mavsum oʻtkazib, jamoaning 1 ta oʻyinida qatnashgan[1]. 1990-yildan 1991-yilgacha yana „Kuban“ safida oʻynaydi[2] va 31 ta uchrashuvda 3 ta gol urdi. „Kuban“ klubi tarkibida futbolchi SSSR chempionatlarida 282 ta oʻyin oʻtkazib, 14 ta gol urgan va Kubok uchun boʻlgan musobaqalarda 17 ta oʻyin oʻtkazgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin 1998-yilda murabbiy boʻlib ishlagan. 2021-yil 1-oktyabrda vafot etgan[3][4].

Yutuqlari tahrir

1987-yilda RSFSR chempioni[2][3].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Шитиков Василий“. 2023-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „ВАСИЛИЙ АЛЕКСЕЕВИЧ ШИТИКОВ - «ЯРОСТНЫЙ» ЗАЩИТНИК“ (rus tilida) (2019-yil 2-may). 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Ушел из жизни знаменитый футболист "Кубани" Василий Шитиков“ (rus tilida) (2021-yil 5-oktyabr). 2023-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  4. „Шитиков Василий Алексеевич“ (rus tilida). 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.