Vatan mahallasi (24-mavze,49) – Uchtepa tumanidagi mahalla. „Shirin“, „Vatanparvar“, „Nayman“, „Tinchlikobod“ mahallalari bilan chegaradosh. Mahalla 1992-yil 11-noyabrda tashkil topgan. 1966-yildagi zilziladan soʻng boshqa respublikalardan Toshkentga turli millat vakillari kelib, boshpana topganlar. Ularning bir guruhi shu hududda yashab, uni oʻz vatanimiz, vatan ichida „Vatan“ boʻlsin deb shu nomni taklif etishgan. Mahallaning axolisi 6100 kishi, 35 millat vakillari yashagan (2009). Mahalla xududida bolalar bogʻchasi , 2 ta maktab, umumiy ovqatlanish shahobchasi, 5 ta savdo doʻkoni, sartaroshxona, dorixona, AYOQSH, joylashgan. Oʻzbekiston qahramoni Erkin Alimuhammedov shu mahallada istiqomat qiladi[1].

Vatan

Vatan mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Uch tepa
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700123
Avtomobil kodi 01

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780-bet.