Vektor (matematika) (lot. vector – eltuvchi) – bu son qiymati va yoʻnalishi bilan aniqlanadigan kattalikdir, yaʼni vektor deb yoʻnalishga ega boʻlgan kesmaga aytiladi.

1-rasm.   vektori

Vektor – geometriyaning asosiy tushunchalaridan biri boʻlib, u son (uzunlik) va yoʻnalishi bilan toʻla aniqlanadi. Koʻrgazmali boʻlishi uchun uni yoʻnaltirilgan kesma koʻrinishida tasavvur qilish mumkin (1-rasmga qarang). Aslida vektorlar haqida gapirilganda, hammasi oʻzaro parallel bir xil uzunlik va bir xil yoʻnalishga ega boʻlgan yoʻnaltirilgan kesmalarning butun bir sinfini nazarda tutish toʻgʻriroq boʻladi.

Misollar

tahrir

Vektorga misollar

tahrir
  • Olimjon shimolga 20 metr yurdi. „Shimol“ yoʻnalishi „20 metr“ masofa bilan birgalikda vektordir.
  • Olma yerga soniyasiga 10 metr tushadi. Yerga yaʼni „pastga“ yoʻnalishi „soniyasiga 10 metr“ tezlik bilan qoʻshilganda vektor.

Vektor boʻlmagan kattalikga misollar (skalar)

tahrir
  • Ikki joy orasidagi masofa 10 kilometr. Bu masofa vektor emas, chunki unda yoʻnalish yoʻq.
  • Jismning uzunligi.
  • Yashikdagi mevalar soni vektor emas.

Belgilash

tahrir

Vektor kattaliklar ustida gorizontal strelka qoʻyilgan harflar bilan belgilanadi.

Vektorni ifodalovchi kesma uchlari A va B nuqtada boʻlsa, A nuqtadan B nuqtaga yoʻnalgan vektor ( ) kabi belgilanadi. Shuningdek, vektorlar ( ,  ) (lotin alifbosining kichik harflari) shaklida ham belgilanishi mumkin.

Vektorlar ustida amallar

tahrir

Qoʻshish va ayirish

tahrir

Agar A, B, C ixtiyoriy nuqtalar boʻlsa, u holda   boʻladi.

Qoʻshish

tahrir
 
Vektorlani qoʻshish

  va   vektorlarini qoʻshish:
1-usul. Uchburchak usuli (yoxud uch nuqta qoidasi). Birinchi vektorning tugash nuqtasiga ikkinchi vektorning boshlangʻich nuqtasi koʻchiramiz va birinchi vektorning boshi bilan ikkinchi vektorning tugash nuqtalarini toʻgʻri chiziq bilan tutashtiramiz. Hosil boʻlgan vektor  + ga teng boʻladi.
2-usul. Parallelogramm usuli. Ikkala vektorning boshlarini bir nuqtadan oʻtkazib ularni parallel chiziqlar yordamida parallelogrammgacha toʻldirsak, shu parallelogramning diagonali   va   vektorlarining yigʻindisi boʻladi.

Ayirish

tahrir

  va   vektorlarning ayirmasi deb, shunday   vektorga aytiladiki, uning   vektor bilan yigʻindisi   vektorni beradi: .

Songa koʻpaytirish

tahrir

  (x; y; z) vektorning λ songa koʻpaytmasi deb   (λx; λy; λz)ga aytiladi.

Skalar koʻpaytma

tahrir

Nol boʻlmagan ikkita   va   vektorning skalar koʻpaytmasi deb, bu vektorlar uzunliklarining ular orasidagi burchak kosinusiga koʻpaytmasiga aytiladi:
(   )= · ·cosφ,
bunda φ –   va   vektorlar orasidagi burchak.


ABC uchburchak medianalari kesishgan O(x, y,z) nuqta koordinatasi:
   

Manbalar

tahrir