Vena metropoliteni
Vena metropoliteni | |
---|---|
| |
Maʼlumot | |
Davlat | Avstriya |
Shahar | Vena |
Ochilgan vaqti | 1976-yil 8-may |
Boshqaruvchi shirkat | SViener Linien |
Davlat | Avstriya |
Uzunligi | 83.1 km |
Stantsiyalari soni | 109 ta |
Yoʻllari soni | 5 ta |
Kunlik yoʻlovchilar soni | 1.31 million |
Yillik yoʻlovchilar soni | 440 million |
Boshligʻi | {{{Boshligʻi}}} |
Sxemasi | |
Vena metropoliteni — (nemischa: Weiner U-Bahn )-Avstriya poytaxti Vena shahrida joylashgan 5 ta liniyali metropolitendir.Zamonaviy Vena metropoliteni 1976-yil 8-may kuni tantanali tarzda ochilgan. Shu bilan birga Vena metropoliteni juda katta boy tarixga ega. Mavjud metropoliten 1898-1901-yillarda barpo etilgan shahar temir yo'lining bir qismini o'z ichiga oladi.
Tizim Vena tezyurar temir yo'llari bilan bog'liq. Metro chiptalari avtobuslar va tramvaylar uchun ham mos keladi. Metro tarmog'i 109 ta stantsiyani o'z ichiga olgan 83.1 km uzunlikdagi 5 ta liniyadan iborat. Linyalar nomlari yo'q, lekin U (U-Bahn dan), U1 dan U6 gacha boʻlgan harflar bilan raqamlar bilan aytiladi. Vena metrosi 100% Vena shahriga tegishli boʻlgan Wiener Stadtwerke AG kompaniyasiga tegishli va Wiener Linien GmbH & Co KG tomonidan boshqariladi.Eng qizig'i har bir linya o'z rangiga ega.
Linyalar
tahrirLinya | Rangi | Qurilgan | Uzunligi (km) | Stansiyalari |
---|---|---|---|---|
U-1 | Qizil | 1978-2017 | 19,2 | 24 |
U-2 | Kulrang | 1980-2013 | 16,9 | 20 |
U-3 | Sariq | 1991-2000 | 13,4 | 21 |
U-4 | To'q ko'k | 1976-1981 | 16,4 | 20 |
U-5 | Och ko'k | 1989-1996 | 17,3 | 24 |
Xususiyatlari
tahrirVena metrosining o'ziga xos xususiyati ikkita joriy ta'minot tizimlarining birlashmasidir: U1 dan U4 liniyalarida uchinchi relsli klassik tizim, U6 liniyasida aloqa simlari va tramvay tipidagi tok kollektorlari boʻlgan tizim ishlatiladi. U5 liniyasi raqamlashda yo'q: uni qurish rejalari turli xil variantlarda mavjud boʻlgan. Tez orada uning qurilishi boshlanadi. U5 liniyasining birinchi qismini ochilishi 2023 yilga mo'ljallangan
Narxlar va yo'l haqi nazorati
tahrirBir soatdan ko'p bo'lmagan bir safarning narxi - 2,20 evro, Eynzelkarte (metro va yer usti transporti uchun) - soatiga 2,40 yevro. 24 soatlik chipta narxi 8 yevro, 48 soat - 13.30 yevro, 72 soat - 16.50 yevro.Haftasiga cheksiz sayohat qilish huquqini beruvchi chipta narxi 16,20 evroni tashkil qiladi.Oylik chipta narxi 48,20 yevroni tashkil qiladi.Metroda kirish va chiqish chiptalari nazorati mavjud emas,chiptasiz sayohat qilganlik uchun jarima 105 yevroni tashkil etadi.
Galereya
tahrir