Veniamin Valeyevich Albetkov (tatarcha: Ибнеәмин Вәли улы Альбетков; 1917-yil 18-aprel – 1984-yil 17-aprel) – sovet askari va ofitseri, Markaziy frontning 60-armiyasi 121-oʻqchilari diviziyasining 383-oʻqchilari polki 2-oʻqchilari bataloni qoʻmondoni. Sovet Ittifoqi qahramoni (1943-yil 17-oktyabr), mayor, polkovnik isteʼfoda chiqdi[1].

Veniamin Albetkov
Asl ismi tatarcha: Ибнеәмин Вәли улы Альбетков
Tavalludi 18-aprel 1917-yil
Andijon, Fargʻona viloyati
Vafoti 17-aprel 1984-yil(1984-04-17)
(66 yoshda)
Moskva, RSFSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari piyoda askarlar
Xizmatdagi yillari 1939-1959-yillar
Unvoni polkovnik
Harbiy  qism 383-oʻqchilari polki, 121-oʻqchilari diviziyasi, 60-armiya, Markaziy fronti
Qoʻmondonlik qilgan 2-oʻqchilari bataloni
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

||

||

Biografiyasi

tahrir

Urushdan oldingi yillar

tahrir

Xizmatchi oilada tugʻilgan. Toshkent toʻqimachilik texnikumining uch kursini tamomlagan. 1939-yildan Sovet armiya safida. 1941-yilda Yaroslav harbiy piyodalar bilim yurtini tamomlagan.

Buyuk Vatan urushi

tahrir

Urush frontlarida 1941-yil iyun oyida hizmat qilgan. 1943-yilning kuzida shahri yaqinida Albetkov bataloni jangchilari olti yuzgacha dushman askarini yoʻq qildilar[2]. Albetkov bataloni nemislar tomonidan Oster shahri yaqinidagi Desna daryosini kesib oʻtishni toʻxtatdi. 26-sentyabrda Albetkov batalonning Dnepr orqali oʻtishini, shuningdek, plazdarmni ushlab turishni tashkil etdi.

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1943-yil 17-oktyabrdagi farmoni bilan oʻqchi batalonni mohirlik bilan boshqarganligi, nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi va shu bilan birga jasorat va qahramonlik koʻrsatganligi uchun mayor Albetkov Veniamin Valeyevichga Lenin ordeni va „Oltin Yulduz“ medali bilan Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berildi.

1960—1962-yillarda oziq-ovqat doʻkonlari direktori oʻrinbosari, 1962—1963-yillarda Moskva shahridagi oziq-ovqat doʻkoni boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 1963—1967-yillarda Moskva idorasi bazasi boshligʻi boʻlgan. 1967— 970-yillarda 4-sonli tibbiyot darsliklari zavodi direktori oʻrinbosari boʻlim boshligʻi. 1971—1972-yillarda Badiiy jamgʻarmasining Moskva amaliy sanʼat kombinati badiiy rahbari lavozimlarida ishlagan.

Urushdan keyingi davri

tahrir

1944-yil avgustdan 1945-yilgacha Krasnoarmeysk shahridagi Saratv viloyati nomidagi miltiq pulemyot maktabida taktika oʻqtuvchisi boʻlgan. Urushdan soʻng V. V. Albetkov armiyada xizmatni davom ettirgan. 1948-yilda Mixail Frunze nomidagi harbiy akademiyani tamomlagan. 1959-yildan polkovnik Albetkov zaxira tarkibida boʻlgan. Moskvada yashagan. 1984-yil 17-aprelda vafot etgan.

Mukofotlari

tahrir
  • Moskvadagi Danilov musulmon qabristonida dafn etilgan
  • Qahramon barelefi Qosimovdagi shon-sharaf memorialda oʻrnatilgan

Adabiyotlar

tahrir
  • Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. – M.: Voenizdat, 1987. – T. 1 /Abaev – Lyubichev/. – 911 s. – 100 000 ekz. – ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.

Manbalar

tahrir
  1. „Альбетков, Вениамин Валеевич“.
  2. Уфаркин Николай Васильевич. „Альбетков Вениамин Валеевич“. Патриотический интернет проект «Герои Страны». 2012-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-oktyabr.