Vera Merkuryeva
Vera Aleksandrovna Merkuryeva (1876-yil 5-sentyabr, Rossiya imperiyasi – 1943-yil 20-mart, Toshkent[1]) – rus shoirasi va tarjimoni.
Vera Aleksandrovna Merkuryeva | |
---|---|
Tavalludi |
5-sentyabr 1876-yil Vladikavkaz, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
20-mart 1943-yil (66 yoshda) Toshkent, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | Tarjimon, shoira |
Hayoti
tahrirVera Merkuryeva 1876-yil 5-sentyabrda Vladikavkazda dehqon oilasida tugʻilgan. 1895-yilda Vladikavkaz ayollar gimnaziyasini tamomlagan[2]. Bolaligidan u karlik va yurak xastaligidan aziyat chekdi. U qirq yoshdan oshgandan keyin sheʼriyat bilan jiddiy shugʻullana boshlagan. Ilk ijodiy ishlarini 1912—1917-yillarda „Teosofiya xabarnomasi“ jurnalida nashr ettirgan. 1917-yilda u Moskvaga koʻchib oʻtdi, Vyacheslav Ivanov va simvolistlar toʻgaragiga qatnay boshladi. Toʻgarak sababli ijodiy namunalarini almanaxlar va jurnallarda nashr ettirdi. 1920-yilda u Vladikavkazga qaytib keldi va u yerda 1932-yilgacha yashab, yana Moskvaga qaytdi. 1914-yilda "Shoirlar bahori saloni" almanaxida Merkuryevaning "Jonsiz narsalarning ruhlari" sheʼrlari toʻplami nashr etilgan. 1926-yilda uning 11 sheʼrdan iborat toʻplami "Oltin Zurna" (Vladikavkaz) almanaxida nashr etilgan.
Moskvada u juda qashshoqlikda yashadi. Urush paytida u Toshkentga evakuatsiya qilingan va 1943-yil mart oyida vafot etgan. U Toshkentdagi Botkin qabristonida dafn etilgan (E.Dmitrievaning qabri yoniga). Ikkalasining qabri bugungi kungacha saqlanib qolmagan.
Merkuryevaning umr bo'yi yagona kitobi 1937-yilda nashr etilgan Percy Bysshe Shelleydan tarjimalar to'plami edi. Shoiraning do‘stlari hayoti davomida she’rlaridan iborat kitob chiqarishga bir necha bor uringaniga qaramay, chop etisha olmagan. Vera Merkuryevaning she'riy merosi birinchi marta muxlislariga 2007-yilda taqdim etilgan[3].
Adabiyotlar
tahrir- Гаспаров.М Л.Вера Меркурьева (1876—1943) Стихи и жизнь// Лица. Биографический альманах. Вып. 5. М.-СПб., 1994. С. 65.
- „РЬЕВА Вера Александровна“, Русские писатели. 1800—1917: Биографический словарь, 50000 экз, М.: Большая Российская энциклопедия, 1999 — 31—32-bet. ISBN 5-85270-256-0.
Manbalar
tahrir- ↑ „Вера Александровна Меркурьева (1876-1943)“. www.russian-poetry.ru. Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Вера Меркурьева поэт серебряного века 2023-1“. www.proza.ru. Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.
- ↑ Меркурьева В. Тщета: собрание стихотворений / Составление, подготовка текста и примечания В. А. Резвого. М.: Водолей Publishers, 2007. ISBN 978-5-902312-34-5
Havolalar
tahrir- Стихотворения
- Собрание ссылок о жизни и творчестве (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)