Vera Mixaylovna Nesgovorova — (1950-yil, Bratske, SSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi alochisi.

Vera Nesgovorova
Tavalludi 1950
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi tilshunoslik


Tarjimayi holi tahrir

Vera Nesgovorova 1950-yilda SSSRning Bratske shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. U 1972-yil Toshkent chet tillari institutini tugatgan. 1972—1983-yillar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 187-maktabda oʻqituvchi, 1983—1992-yillar Toshkent shahridagi 161-maktabda taʼlim boʻlimi boshligʻi, 1992—2002-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Toshkent shahar pedagog kadrlarni tayyorlash institutida Maktabgacha taʼlim vazirligi boʻlimi boshligʻi, 2002—2017-yillar Toshkent shahar xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida „Maktabgacha taʼlim va maxsus taʼlim“ kafedrasi dotsenti, 2017-yildan buyon Shayxontohur tumanidagi umumtaʼlim maktabida direktor muovini kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

Vera Nesgovorova boshlangʻich rus sinf oʻquvchilari uchun boshlangʻich ingliz tilini oʻqitish uchun oʻquv qoʻllanmalar, oʻquvchilar uchun rus-oʻzbek, ruscha-oʻzbek va maktab oʻquvchilariga moʻljallangan ingliz tili lugʻatlaridan iborat oʻquv darsliklari, oʻzbek, rus va ingliz tillarini oʻrganish boʻyicha bolalar kitoblari, Oʻzbekiston Respublikasi boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun ekologiya boʻyicha oʻzbek va rus tilida darslik, oʻquv jarayonida taʼlim texnologiyalari va pedagogikani joriy etish boʻyicha 100 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi[2].

Mukofotlari tahrir

1995-yilda Vera Nesgovorova „Bosqichma-bosqich“ dasturi boʻyicha xalqaro darslik yaratishda faol ishtirok etdi va boshlangʻich taʼlimda Interaktiv texnologiyani joriy qilish boʻyicha xalqaro trenerlik sertifikatini oldi. Vera Nesgovorova 1994 va 2001-yillarda „Xalq taʼlim fidoyisi“ nishoni, 2000-yil „Oqilxon Sharafiddinov“ koʻkrak nishoni, 2001-yil „Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi“ unvoni bilan mukofotlangan.


Manbalar tahrir

  1. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224 bet. ISBN 978-9943-07-694-5. 
  2. „Oʻzbekiston ayollari“ kitob-albomning taqdimoti