Vertolyot dvigatelivertolyot vintini harakatga keltirish (aylantirish) uchun moʻljallangan aviatsiya dvigateli. U porshenli ichki yonuv dvigateli va havo reaktiv dvigateli boʻlishi mumkin. Vertolyot parvozga koʻtarilayotgan yoki pasayib qoʻnayotgan paytda quvvatni qisqa muddatga oshirish uchun qoʻshimcha ravkisha raketa dvigatelidan foydalanish mumkin. Baʼzi vertolyotlar (masalan, ikki valli turbovintli dvigatellar oʻrnatiladigan koʻp dvigatelli vertolyotlar)da samolyotlarning turbovintli dvigatellari qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil