Vezdexod (rus— barcha yerda yura oladi) — notekis yoʻllar, botqoqliklar, qorli va b. yurish qiyin boʻlgan joylarda yura oladigan relssiz transport vositasi. V., odatda, maxsus shinali, pnevmogʻaltakli, gusenitsa yuritmali (zanjirli) avtomobillardan iborat boʻladi. Transmissiyasiga qoʻshimcha uzatish qutisi yoki tortish kuchiii oshirishga imkon beradigan mexanizmlar qoʻyiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil