Vicente Calderón stadioni

Futbol stadioni

Vicente Calderón (ispancha: Estadio Vicente Calderón) — 54,907 tomoshabinlar sigʻimiga ega stadion. Maydon 1966-yildan 2017-yilgacha Atletiko Madrid jamoasining uy stadioni boʻlgan. Ushbu stadion Ispaniyaning Madrid shahridagi Arganzuela hududidagi Manzanares daryosi qirgʻogʻida joylashgan.

Estadio Vicente Calderón

UEFA
Toʻliq nomi Estadio Vicente Calderón
Oldingi nomlari Estadio Manzanares
(1966—1971)
Manzili Arganzuela, Madrid, Ispaniya
Koordinatalari 40°24′6.19″N 3°43′14.18″W / 40.4017194°N 3.7206056°W / 40.4017194; -3.7206056
Sigʻimi 62,000[1]
Maydon oʻlchami 105 m × 70 m (115 yd × 77 yd)
Konstruksiya
Buzilgan joy 3-avgust, 1959-yil (65 yil avval) (1959-08-03)
Ochilgan 2-oktyabr, 1966-yil (58 yil avval) (1966-10-02)
Yangilangan 1972, 1982
Yopilgan 28-may, 2017-yil (7 yil avval) (2017-05-28)
Buzilgan 2019-yil 13-fevral — 2020-yil 6-iyul
Arxitektor Javier Barroso
Miguel Ángel García Lomas
Ijarachilar
Atlético Madrid (1966—2017)

Stadion avvaliga Estadio Manzanares deb nomlangan, keyinchalik esa uni uzoq muddat boshqargan prezident Vicente Calderón sharafiga nom Vicente Calderón Stadiumga oʻzgartirilgan[2]. Stadion 2017-yil La Liganing 2016—2017-yilgi mavsumidan soʻng, Atletiko Madridning Metropolitano Stadioniga koʻchishi munosabati bilan yopilgan. Buzish ishlari esa 2019-yilda boshlanib, bir yilda yakunlangan.

Visente Calderón stadioni 1966-yilda ochilganda 62,000 insonni oʻz bagʻriga sigʻdirgan. 1982-yilgi Jahon chempionati sababli esa qoʻshimcha 4,000 ta oʻrindiq qoʻshilgan va 1982-yildan 2001-yilgacha 66,000 muxlisni oʻzida qabul qilgan. 2001-yildan keyin to 2017-yilda yopilguniga qadar, stadionda kichik qisqartirish ishlari boʻlgan va sigʻim 55,000 dan kamroqni tashkil qilgan.

Tarixi

tahrir

Stadion qurilishi El Metropolitano stadioni oʻrniga 1956-yildan boshlangan, lekin moliyaviy kamchiliklar tufayli qoldirilgan. Maydon Estadio del Manzanares nomi ostida 1966-yilda ochilgan hamda 1972-yilda bu nom Vicente Calderónga oʻzgartirilgan[3]. 1966-yildda ochilganida 62,000 tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdirgan. 1982-yilda Jahon chempionati tufayli yanada koʻproq odam sigʻimi talab qilindi va 66,000 tagacha koʻpaytirilgan. Ushbu koʻrsatkich 2001-yilgacha saqlab qolindi. Shundan keyin stadion qadam-baqadam maʼlum vaqtlar davomida kichraytirilgan.

 
Vicente Calderón stadioni

Joylashuvi

tahrir

Vicente Calderón stadioni Manzanares daryosi boʻyida joylashgan. Stadionga eng yaqin metro bekati Line 5 dagi Pirámides hisoblanadi[4].

Copa del Rey finallari

tahrir

Estadio Vicente Calderón 14 marta: 1973–, 1974–, 1975–, 1977–, 1979–, 1981–, 1986–, 1989–, 1994–, 2005–, 2008–, 2012–, 2016– va 2017-yillardagi Copa del Rey finallariga mezbonlik qilgan.

1982-yilgi FIFA Jahon chempionati

tahrir

Stadion 1982-yilgi FIFA Jahon chempionatining 3 ta oʻyiniga mezbonlik qilgan:

Sana № 1 jamoa Natija № 2 jamoa Bosqich
1982-yil 28-iyun[5]   Avstriya 0-1   Fransiya D guruhi
1982-yil 1-iyul[6]   Avstriya 2-2   Shimoliy Irlandiya
1982-yil 4-iyul[7]   Shimoliy Irlandiya 1-4   Fransiya
Stadionning panoramik koʻrinishi

Manbalar

tahrir
  1. „Vicente Calderón“. 2016-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-iyul.
  2. „Vicente Calderón stadioni“. 2016-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  3. „"Atletiko"ning Manzanaresga qilgan transferi“ (1-oktabr 2016-yil). 1-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Estadio Vicente Calderón“ (30-dekabr 2012-yil). 30-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Austria-France“. 1982 FIFA World Cup Spain. FIFA. 2018-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-yanvar.
  6. „Austria-Northern Ireland“. 1982 FIFA World Cup Spain. FIFA. 2018-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-yanvar.
  7. „France-Northern Ireland“. 1982 FIFA World Cup - Spain. FIFA. 2019-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-iyul.

Havolalar

tahrir