Vikipediya:Majlislar

Dunyo boʻylab Vikipediyachilarning muntazam majlislari oʻtkazilib turadi. Bu yigʻilishlarda ular yuzma-yuz koʻrishishib, turli masalalar ustida bahslashadilar. Oʻzbekcha Vikipediya foydalanuvchilari ham VikiMajlislarda qatnashishlari mumkin.
VikiMajlis 2007 tahrir
Vikimajlis 10-oktabr kuni boʻlib oʻtdi.
VikiMajlis 2013 tahrir
2013-yilgi VikiMajlis turli sabablarga koʻra oʻtkazilmadi.
Foydalanuvchi guruh yigʻini (may 2020) tahrir
2020-yilning 17-may kuni kuni Foydalanuvchi:Nataev tashabbusi bilan Zoom platformasida oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilardan iborat foydalanuvchi guruh tuzish masalasini muhokama qilish uchun ilk yigʻin boʻlib oʻtdi. Yigʻin davomida Nataev foydalanuvchi guruh tuzish shartlari haqida qatnashchilarga qisqacha maʼlumot berdi. Rasman AffComga murojaat qilish uchun yana bir yigʻin oʻtkazishga kelishib olindi.
Foydalanuvchi guruh yigʻini (sentyabr 2020) tahrir
Yigʻin 2020-yil 17-sentabr kuni boʻlib oʻtdi. Unda foydalanuvchi guruh ochishga va buni qadamma-qadam amalga oshirishga kelishib olindi. Guruh nomi Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi boʻlishi tasdiqlandi.
VikiMajlis 2023-yil fevral tahrir
Vikimajlis 4-fevral kuni boʻlib oʻtdi.
VikiMajlis 2023-yil noyabr tahrir
2023-yilning 5–7-noyabr kunlari Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar guruhi vakillari va ruscha vikisayohat guruhi aʼzolari Samarqand shahrida uchrashdilar.