Vikipediya:Vikipediyachilar atlasi
Vikipediyachilar atlasi
tahrirIspan Vikipediyasining „Wikipedistas del mundo, ¡salud!“ (Dunyo Vikipediyachilari, salom!) shiori ostida fransuz hamkasblarimiz 2004-yil 21-dekabrda vikipediyachilar atlasini yaratishni boshladilar. Endilikda bu xarita allaqachon bir qancha til boʻlimlarida yaratildi.
Agar atlasni yaratishda ishtirok etishni xohlasangiz, legendaga yoziling. Bot xaritani bir kun ichida yangilaydi. Agar siz xaritani darhol yangilamoqchi boʻlsangiz, oʻz shahringizning joylashuvini hisoblab toping va mustaqil xaritaga yoziling (legendaga yozilishni esdan chiqarmang, chunki xarita bot tomonidan qayta yoziladi).
Shunindek qarang: Katta xarita (3600×1800 piksel)
Legenda
tahrirPiksellarni hisoblash formulasi
tahrirFormula nisbatan oddiy. Toshkent misolida koʻramiz:
- Agar joʻgʻrofiy koordinatalar "gradus — minut — sekund" formatida boʻlsa, u holda dastlab ularni oʻnlik tizimga qayta hisoblash kerak. Toshkent 41°18′0″ shim. k. 69°16′0″ shar. u. koordinatalariga ega. Bizning maqsadlarimiz uchun sekundlar kerak emas. Janubiy kenglik va gʻarbiy uzunlik minus belgisi bilan belgilanadi.
- kenglik = 41° 18' = (41 + 18 ÷ 60) = 41,3
- uzunlik = 69° 16' = (69 + 16 ÷ 60) = 69,26667
- Bu maʼlumotlarni quyidagi tenglamaga qoʻyamiz:
- yuqoridan = (90 − kenglik) ÷ 0,36
- chapdan = (180 + uzunlik) ÷ 0,36
- Toshkent uchun bu quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
- yuqoridan = [90 − 41,3] = 48,7 ÷ 0,36 = 135,27777
- chapdan = [180 + 69,26666] = 249,26667 ÷ 0,36 = 692,40742
- Butun songa yaxlitlaymiz va Toshkentni xaritada koʻrsatish uchun nuqtani hosil qilamiz:
- yuqoridan = 135 px
- chapdan = 692 px
Bu sonlar ham legendaga, ham xartiaga kiritiladi.