Qorabuloq qishlogʻi (qozoqcha: Қарабұлақ, Qarabūlaq) – Turkiston viloyati Sayram tumanining eng katta qishloqlaridan biri[5]. Aholisi soni 45 mingga yaqin (2012). Umumiy yer maydoni – 11 134 ga. Viloyat markazi sanalmish Turkiston shahridan 200 km uzoqlikda va tuman markazi Oqsuvkent qishlogʻidan 18 km uzoqlikda joylashgan.

Qorabuloq

Қарабұлақ
Qishloq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
42°31′37″N 69°48′23″E / 42.52694°N 69.80639°E / 42.52694; 69.80639
Mamlakat Qozogʻiston
Viloyat Turkiston viloyati
{{{tuman_turi}}} Sayram tumani
Hukumat
 • Akim Komiljon Abdilahatov
Asos solingan 1925
Maydon 109 km2 (42 kv mi)
Iqlim turi keskin kontinental
Rasmiy til(lar)i Qozoqcha
Aholisi
 (2023)
55 540 [1]
Zichligi 5 211 kishi/km2
Milliy tarkib Oʻzbeklar — 99% gacha[2]
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 725 31[3]
Pochta indeks(lar)i 160804[4]
Avtomobil kodi X-(eskisi), 13-(yangisi)
Qorabuloq xaritada
Qorabuloq
Qorabuloq
Qorabuloq xaritada
Qorabuloq
Qorabuloq

Qadimda Qorabuloq hududi deganda sharqdan Mashat oʻzani, Gʻarbdan Oqtan-oga-Oqsuv, shimoldan Tuyatosh oʻzanidan to janubdagi Isfijob (Sayram) yaqinidagi Tassay oʻzanigacha oraliqdagi yerlar tushunilgan. Qorabuloq – Isfijobning shimoli-sharqidagi eng katta kent. Katta Buyuk Ipak yoʻlidagi gavjum, mashhur hududda boʻlgan.

Oqsuv (Boyzo) daryosi Sagʻanoqdan oqqan, Karvon yoʻli Isfijobdan chiqib, Oqsuavlot (Xanjuk) tepasida Kultepa, Shoʻrtepa, Qulon, (Qaynarboshi) orqali Taraz, Xitoyga, Qorasuv boʻylab Begjaota, Xonqoʻrgʻon, Oqmasjid orqali Oʻtrorga borgan. Domotdix yuqorisida Oqsulot, Xanjuk, Shoʻrtepa oʻrnida Sharob, Qaynarboshida Kulonkent, Begjaota hududida Oqqoʻrgʻon, Madaniyda Xonqoʻrgʻon, Koʻlkent, Oqsaroy kabi kichik shahar va koʻpgina qishloqlar boʻlgan. 10 ta joyda avliyo, 7 ta joyda katta bozor, karvonsaroylar oʻrinlari saqlangan.

Qorabuloq tarixda Xitoylik, Turonlik, Eronlik va slavyan savdogarlari uchrashadigan markaziy gavjum hudud boʻlgan. Kir, Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon, Amir Temur[6], Qoraxon, Oʻgʻuzxon kabi jahongirlar Qorabuloq joylashgan hududda boʻlishgan.

Tarixi

tahrir

Qorabuloq qishlogʻi hududida, ayrim manbalarda yozilishicha odamlar miloddan avvalgi yillardan boshlab yashay boshlagan. Oʻrta Osiyoni arablar bosqinchiligidan keyin, Somoniylar sulolasi qoʻlga oldi. 893-yili Qorabuloq Somoniylar davlati tarkibida, 990-1141-yilgacha Qoraxoniylar davlati tarkibida boʻldi. Oʻrta Osiyosi Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻullar bosib olguniga qadar (1219-1221) Qorabuloq Xorazmshohlar davlati tarkibida boʻldi (1141-1219). Qorabuloq 1221-yildan to 1370-yilgacha Chigʻatoy ulusi tarkibida, 1370-1501-yil oraligʻida Temuriylar imperiyasi, 1501-yildan boshlab Shayboniylar boshchiligidagi Buxoro xonligi tarkibida boʻldi. Keyinchalik 1598-yili Tavakkal xon bir qancha shaharlar bilan qoʻsha Qorabuloqni ham bosib oldi va Qorabuloq Qozoq xonligining qoʻliga oʻtdi. 1784-yilgacha Qorabuloq gohida oʻzbeklar qoʻliga oʻtsa, gohida qozoqlar qoʻliga oʻtib turdi. 1784-yil Qorabuloqni Yunusxoʻja boshchiligidagi Toshkent davlati bosib oldi va nihoyat, 1809-yili Toshkent davlatini Qoʻqon xonligi boʻysundirdi. 1809-yildan 1876-yilgacha Qorabuloq Qoʻqon xonligi tarkibida boʻldi[7]. 19-asrning oʻrtasiga kelib Rossiya imperiyasi hozirgi Oʻrta Osiyo hududini bosib ola boshlagan. 19-asrning oxiriga kelib Rossiya imperiyasi hozirgi Oʻzbekiston hududiga toʻgʻri keluvchi yerda hukm surgan barcha uch xonlikni qoʻlga kiritgan[8]. Xiva xonligi 1873-yilda magʻlub boʻlgan. Buxoro xonligi 1866-yil bosib olingan. Qoʻqon xonligi boʻlsa 1876-yil Rossiya imperiyasi tarkibiga rasman qoʻshilgan. Tarixda Qorabuloq asosan oʻzbeklar istiqomat qilgan joy boʻlishiga qaramay, hozirgi Qozogʻiston tarkibiga kiritilgan. Ruslar Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasini avtonom oblastlarga parchalayotganda Qorabuloqni Qirgʻiz ASSR tarkibiga kiritgan. Keyinchalik esa Qozoq SSR qilib qayta tuzilgan. SSRI parchalanganidan keyin Qozoq SSR Qozogʻiston boʻldi. Shu asnoda milliy tarkibi faqat oʻzbeklardan iborat Qorabuloq Qozogʻiston tarkibiga qoʻshildi. Baʼzi manbalarga koʻra, sovetlar atayin chegaralarni milliy guruhlarning tarixiy yashash joyiga mos kelmaydigan qilib chizishgan. Bunday qilishdan maqsad ushbu hududlarning tarixiy egalarini butunlay Moskvaga tobe boʻlishlarini taʼminlash va shu yoʻl bilan ularni boshqarishni osonlashtirish boʻlgan[9].Bu manbalarga koʻra, alohida mamlakatlar yaratishdan maqsad Oʻrta Osiyoda panturkistik va panislomistik oqimlarning oldini olish boʻlgan[10].Bu strategiyani baʼzilar Iosif Stalinning „boʻl va boshqar“ siyosati deb nomlashadi[11][10]. Hozirda Qozogʻistonda mahalliy aholisi asosan oʻzbeklardan iborat boʻlgan koʻplagan aholi punktlari bor. Oʻrta Osiyoda yashayotganlarning koʻpi aslida boshqa mamlakat tarkibida boʻlishlari kerakligiga ishonishadi[9] . Ayrim olimlarning fikriga koʻra, sovetlar Oʻrta Osiyo mamalakatlari chegaralarini belgilayotgan paytda bu yerlarda koʻp millat vakillari birga yashagani uchun milliy va hududiy chegaralarini aniq boʻlishning iloji boʻlmagan[12].

Iqtisodi

tahrir

Qorabuloq aholisining koʻpchiligi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi[13]. Bu qishloq Qozogʻistondagi yagona 70 % dan ziyod aholisi ish bilan taʼminlangan qishloq boʻlib hisoblanadi[14]. Qishloqda koʻpgina tegirmonlar, koʻngil ochar choyxona, restoran, toʻyxonalar va b. mavjud. Aholisi mehnatkash, bu qishloqdan kuniga 115 tonna goʻsht eksport qilinadi[15]. Astana, Qaragʻandi, Almati, Taraz va boshqa hududlarni goʻsht bilan taʼminlaydi, shuningdek Qorabuloqdan turli sabzavot va koʻkatlar ham chet hududlarga eksport qilinadi. Bu qishloqning yana bir oʻzgachaligi Qozogʻistondagi eng katta mol bozori ham shu qishloqda joylashganidir. Qishloq hududi boshqa qishloqlar bilan taqqoslaganda kichkinagina joyni egallagan. Qishloqda 54 832 bosh yirik mollar bor. Sogʻin sigirlar soni esa – 8 475, yilqilar soni – 12 500, Qoʻy – echkilar soni 61 800. Qorabuloq xoʻjaligi mulkida 7 ming gektarlik yer boʻlishiga qaramay, chorva mollarini boqish uchun yaylov yerlar tanqis[16].

Byudjet

tahrir
Daromadlari:[17]
2020-yilgi
byudjeti (tenge)
AQSH dollari ($) 2021-yilgi
byudjeti (tenge)
AQSH dollari ($) 2022-yilgi
byudjeti (tenge)
AQSH dollari ($)
Kirimlarʻ 128 265 000 339 326 129 398 000 306 630,5 135 945 000 312 517
Soliq tushumlari 56 313 000 148 976 82 050 000 193 972 87 795 000 201 827,6
Daromad soligʻi 15 500 000 41 000 - - - -
Shaxsiy daromad soligʻi 15 500 000 41 000 - - - -
Mulk soliqlari 40 949 000 108 331 82 897 000 195 974 88 700 000 203 908
Yer soligʻi 3 523 000 9 321 6 523 000 15 421 6 980 000 16 046
Avtotransport soligʻi 36 354 000 96 175 74 156 000 175 310 79 348 000 182 409
Tovarlar, ishlar va xizmatlar
uchun ichki soliqlar
400 000 1 058 262 000 620 281 000 646
Tadbirkorlik va kasbiy faoliyatni amalga
oshirish uchun olinadigan toʻlovlar
400 000 1 058 262 000 620 281 000 646
Soliqdan tashqari tushumlar 729 000 1 929 1 414 000 3 343 1 512 000 3 475
Davlat mulkidan olinadigan daromadlar 350 000 926 1 266 000 2 993 1 354 000 3 112
Davlat mulkini ijaraga
berishdan olingan daromadlar
350 000 926 1 266 000 2993 1 354 000 3 475
Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan,
shuningdek Qozogʻiston Respublikasi Milliy
bankining byudjetidan (xarajatlar smetasiga)
kiritilgan va moliyalashtiriladigan davlat
muassasalari tomonidan qoʻllaniladigan
jarimalar, sanksiyalar, rekvizitsiyalar.
berishdan olingan daromadlar
350 000 926 117 000 276,6 125 000 287,3
Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan,
shuningdek Qozogʻiston Respublikasi Milliy
banki byudjetidan qoplanadigan va
moliyalashtiriladigan davlat muassasalari
tomonidan qoʻllaniladigan jarimalar, sanktsiyalar,
ekspropriatsiyalar, neft sektori tashkilotlaridan
tushadigan daromadlar bundan mustasno
350 000 926 117 000 276,6 125 000 287,3
Soliqdan tashqari boshqa tushumlar 58 000 153,5 62 000 146,6 66 000 151,7
Transferlardan olingan daromadlar 71 233 188,5 45 934 108,6 46 638 107,2
Davlat boshqaruvining yuqori
organlaridan transferlar
71 233 188,5 45 934 108,6 46 638 107,2
Tumanlarning (viloyat ahamiyatiga ega shaharning)
byudjetidan transferlar
71 233 188,5 45 934 108,6 46 638 107,2

Aholisi

tahrir

Qishloq aholisi 2021-yilgi maʼlumot boʻyicha 54 000 ga yaqin, norasmiy manbalarga koʻra qishloqda 70 000 dan ortiq kishi istiqomat qilmoqda. 2004-yilga koʻra Qorabuloq qishlogʻi hokimligi bosh mutaxxasisi Abdushukur Rejametovning aytishicha, qishloqda tugʻilish darajasi juda yuqori. Qorabuloqda 1126 ta, 2005-yilning 10 oyida 980 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Aholisi 54 mingga yaqin, Qorabuloqning asosiy qismini, yaʼni 99 % dan ortiq qismini oʻzbeklar tashkil qiladi. Qorabuloq aholisi juda zich joylashgan[18].

Dinamikasi

tahrir
1939
6 761[19]
1959
8 851[20]
1979
16 428[21]
1999
28 669
2002
33 130[22]
2009
35 301
2015
43 100
2016
44 812
2018
46 388[23]
2019
48 986[24]
2020
50 426[25]
2021
52 105[26]

Milliy takibi

tahrir

Qorabuloq aholisi 2015-yilgi statistikaga koʻra 43 100 kishini tashkil qildi. Milliy tarkibiga koʻra quyidagicha:

  1. Oʻzbeklar – 42 983 kishi (99,73%)
  2. Qozoqlar – 87 kishi (0,2%)
  3. Uygʻurlar – 27 kishi (0,06%)
  4. Ruslar – 3 kishi (0,01%)
  5. Jami – 43 100 kishi (100%)

Iqlimi

tahrir

Qorabuloq iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va qor juda kogʻadi, yozi jazirama issiq. Qish oylarida havo harorati – 31 °C gacha sovub ketadi, yanvar oyining oʻrtacha harorati 3 – 4 °C. Yozda esa 35-43 °C boʻladi, iyul oyining oʻrtacha harorati 24 – 26 °S[27].

Qorabuloq iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 22,2 24,5 30,7 33,0 37,8 43,0 44,6 42,2 39,2 34,4 30,5 25,4 42,6
Oʻrtacha maksimal, °C 4,1 6,6 12,9 19,2 25,1 30,0 32,7 32,1 27,2 18,8 12,1 6,0 18,9
Oʻrtacha harorat, °C 0,7 1,6 7,6 13,6 19,1 23,7 26,3 25,3 19,9 12,3 6,4 0,9 13,0
Oʻrtacha minimal, °C −4,8 −2,7 3,0 8,3 12,9 16,7 19,1 17,9 12,8 6,6 1,7 −3,1 7,4
Mutlaq minimal, °C −31,1 −28,9 −23,9 −5,0 −2,8 5,5 7,8 7,0 −1,1 −12,0 −30,0 −26,1 −31,1
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 73 70 83 69 56 16 12 4 10 41 67 75 576
Manba: Ob-havo va iqlim

Ijtimoiy soha

tahrir

Qishloqda 17 ta maktab, 2 ta kollej va 3 ta bozor bor. Shuningdek, Qorabuloqning oʻzida 24 ta masjid, 6 ta kasalxona, 2 ta shifoxona, 8 ta bolalar bogʻchasi, 4 ta sport kompleks, 15 ta sport zal, 2 ta pochta xizmati, 1570 ta chorva va dehqonchilik xoʻjaliklari, Alisher Navoiy nomidagi madaniyat uyi hamda Sayram tumanidagi eng katta va nufuzli jome masjidi bor[28]. 2022-yil 20-dekabr oyidagi maʼlumotga koʻra qishloqda 5 ta toʻyxona va 64 ta kafelar ish yuritmoqda[29].

Maorif sohasi

tahrir
 
№ 25 D.Qoʻnayev nomli kollej

Qishloq hokimligi hududida birinchi maktab „Oqtom“ deb ataldi. Uni 1898-yilda Anor domla degan kishi ochgan. 1920-yili u Shoʻro maktabiga aylantirildi. 1936-yilda I. V. Stalin nomi berildi. 1962-yildan beri Hamza nomi bilan ataladi. Qishloqda 12 ta kutubxona bor. Ulardagi umumiy kitob jamgʻarmasi 55 mingga yaqin. Hozirgi kunda Qorabuloqda 1 ta kollej, 8 ta oʻrta, 3 ta toʻliqsiz maktab faoliyat koʻrsatayapti. Ularda 11 000 ga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqda, oʻquvchilarga 1000 ga yaqin pedagog saboq bermoqda[30]. 2013-yili № 48 D.Qoʻnayev nomli litsey maktabi, № 25-D.Qoʻnayev nomli kollejiga aylantirildi, hozirgi kunda kollej direktori – Ismoilov Irismat. Qorabuloq qishlogʻida 2010-yili 11 ta maktab va 1 litsey maktablari faoliyat yuritdi, shu yili bu qishloqdan maktab bitiruvchilari orasida oliy oʻquv yurtlariga davlat grantini qoʻlga kiritib tushganlar, boshqa yillar bilan taqqoslaganda keskin 2 baravarga koʻpaydi. Qishloqda yagona koʻzga koʻringan 48-litsey maktabidan 36 ta maktab bitiruvchisi davlat grantini qoʻlga kiritdi.

Qorabuloq maktablari

tahrir
 
2015-yil 1-sentabrdan boshlab ishga tushirilgan № 17 umumiy oʻrta maktabi
 
2020-yil 1-sentabrdan boshlab ishga tushirilgan xususiy Nizomxon Sulaymonov nomli umumiy oʻrta maktabi
  1. № 100-umumiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  2. № 41-Jambul nomli umumiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek tilida olib boriladi
  3. № 42-Furqat nomli oʻrta maktab – darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  4. № 92-Oqsuv asosiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  5. № 10-Qorabuloq umumiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  6. № 77-Turon nomli umumiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  7. Dalabozor nomli umumiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  8. № 81-Mirzo Ulugʻbek nomli umumiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  9. № 101-Umumiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  10. № 25-D.Qoʻnayev nomli kollej (sobiq № 48 D.Qoʻnayev nomli litsey maktabi) – darslar qozoq tilida olib boriladi
  11. № 3-Hamza nomli umumiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  12. № 4 maktab gimnaziyasi – darslar oʻzbek, qozoq va rus tillarida olib boriladi[31]
  13. № 17 umumiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladii
  14. № 104-umumiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  15. № 75 asosiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  16. „Nizomxon Sulaymonov“ nomli xususiy oʻrta maktab[32] darslar oʻzbek, qozoq va rus tillarida olib boriladi.
  17. „Uhud“ nomli xususiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek, qozoq va rus tillarida olib boriladi
  18. „Meyirbulaq“ nomli xususiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  19. „Orion“ nomli xususiy oʻrta maktab – darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi

№ 100-asosiy oʻrta maktabi

tahrir

Maktab qurilishi Oʻsarqul xoji Irisqulov homiyligida 2003-yili boshlanib, 2004-yili 1-sentabrda nihoyasiga yetdi. Maktab 650 oʻquvchiga moʻljallangan boʻlib, 2 mavsumda faoliyat yuritadi.

  • 2003-2004-yillari Oʻsarqul xoji Irisqulov 10 million tengega 8 ta xona qurdirdi.
  • 2005-yili 15 million tengega 10 ta sinf xonasi, kutubxona, gimnastika zallari qurildi.
  • 2005-yili may oyida maktabda Oʻsarqul xoji nomli muzey solindi.
  • 2006-yili 85 metr chuqurlikdan 750 000 tangega quduq qazib suv chiqarib berdi.
  • 2007-yili 25 million tengega 7 ta sinf xona barpo etildi.
  • 2008-yili 1,5 million tengega beton devor bilan atrofi oʻraldi va 800 ming tengega oshxona, tibbiy yordam, ustaxona, dahliz tashkil etildi. Hozirgi kunda maktabda 600 dan ziyod oʻquvchilar bilim oladi hamda 60 ga yaqin ustozlar saboq bermoqda[33]

Loyiha

tahrir

2013-yili Qorabuloqda yana bir yangi maktab barpo etilishi rejalashtirilib, Qorabuloq – Koʻlkent tosh yoʻli yoqasida yangi 900 ta oʻquvchiga moʻljallangan maktab qurilishi uchun 4 gektar yer ajratildi[34]. Loyihaning umimiy qiymati 324 million tengeni (1 741 935 aqsh dollari) tashkil qiladi.[35] 2015-yil 1-sentabrda № 17 maktab nomi bilan ishga tushirildi.[36]

Xususiy Nizomxon Sulaymonov oʻrta maktabi

tahrir

Turkiston viloyati, Sayram tumani Qorabuloq qishlogʻiga, QR Mehnati singgan quruvchi, „Qurmet“ ordenining sohibi Nizomxon Sulaymonovich Sulaymonov tomonidan qurilgan xususiy uch qavatli maktab, 2020-yil 1-sentabr kuni ish boshladi. Hozirgi kunda maktabga olib boruvchi 1,5 km yoʻl asfaltlandi, 3 kilometrli yoʻlakcha qurildi. Maktabda 5 sport zal, tennisli kort, futbol maydoni, har turli yoʻnalishdagi toʻgaraklar, basseyn mavjud. 1200 oʻquvchiga moʻljallangan maktabda 60 ta sinfxonaning 50 tasi interaktiv doskalar bilan jihozlangan va qishloqqa olisdan kelib ishlaydigan oʻqituvchilar uchun mehmonxonalari ham mavjud.[37]

Sogʻliqni saqlash xizmati

tahrir
 
Qorabuloq qishloq kasalxonasida bolalar boʻlimi mudirasi navbatdagi bemorni qabul qilmoqda

Qishloq tarixida Umar emchi Shoniyozovning nomi saqlanib qolgan. U kishi qizamiq, bezgak kasalliklarini davolashda oʻta tajribali boʻlgan. Hozir xalqqa nomi tanilgan tabib Oʻsarqul xoji Irisqulov ham shu qishloq fuqarosi[38]. Hokimlik hududida tuman kasalxonasining ikkita filiali, 2 ta oilaviy shifoxona, 2 ta tibbiyot punkti va 1 ta xususiy „Komilov“ shifoxonasi faoliyat koʻrsatib, ularda hammasi boʻlib 500 ga yaqin tibbiy xodimlar mehnat qilmoqda.

Xususiy tibbiyot maskanlari

tahrir
  • Sapa xususiy kasalxonasi
  • Mega Med xususiy kasalxonasi
  • Nurli Med xususiy kasalxonasi
  • Aq Niyet Shipa xususiy kasalxonasi
  • Jahon xususiy klinikasi
  • Aq Niyet xususiy klinikasi
  • Al Kavsar xususiy kasalxonasi 70 oʻringa moʻljallangan.[39]

Qorabuloq zilol buloqlar koni

tahrir
 
Qorasuv daryosi
 
Qorabuloq tabiati

Qorabuloq aslida nomiga monand sersuv hudud. Qadimdan insoniyat yashashi uchun xavfsiz va qulay makon. Shu sababli oʻgʻuz qabilalari juda qadimdan mana shu qulay hududga kelib oʻtroqlashganlar. Kanal, ariqlar qazib suv chiqarib, koʻchmanchilik-chorvachilikdan dehqonchilikka oʻtganlar. Suv manbalarining koʻpligi, jumladan Uch togʻ daryosi va mingdan ziyod buloqlar borligi sabab bu hududni „sharob“ (suv ichadigan, suv gʻamlab olib ketadigan) deb nomlaganlar. Qorabuloq zaminidagi suvlarni ikki xil (Qorasuv, Oqsuv) nom bilan atalishida katta maʼno bor deb hisoblanadi. Qora-toza, zilol suv rangi qora koʻrinadi; oqloyqa, qum aralashgan suv oq koʻrinadi. Bundan tashqari Qora qadimgi samid tilida shimol, sovuq maʼnoni anglatgan. Sharqning bosh shahri – Sayramga sovuq, zilol, ichimlik suvining bir qismini Qorabuloq hududi yetkazib turgan.

Oʻtmishda buloq va Qorabuloq hududidan oqib oʻtadigan suvlar hozirgisidan 4-5 baravar koʻp boʻlgan. Shu sababli arablar Oqsuv daryoni Bayzo, Yuran, Dahshatli deb ataganlar. Asrlar osha tabiatdan nooqilona foydalanish natijasida oʻzanlarini loyqa bosib, suv manbalari quriy boshladi. X asrgacha Xanjuk yaqinidan boshlangan Qorasuv, Mankent hududidan boshlangan Qaynar, Qursoy, Koʻlkentga (Qizilqishloq) borishdagi Kufo qamishsoy, Oqtan ota daryolari suvlari hozirgidan bir necha baravar koʻp boʻlgan. Qadimgi Sigʻanoq shahridan bosh oluvchi, Qorabuloq markazidan oqib oʻtuvchi Oshbuloq daryosi katta daryolar sarasiga kiradi. Qorabuloq hududi va undan tashqari boshqa hududlardan ham qoʻshilib jam boʻladigan bosh daryosi – Oris mintaqa uchun katta ahamiyatga ega.

Xoʻjaliklari

tahrir

Qishloqda Alisher Navoiy, Oqsuv, Gʻayrat, Qorasuv, Koʻlkent, Koʻlkent ota, Navroʻz ishlab chiqarish shirkatlari mavjud.

Oqsuv ishlab chiqarish shirkati

tahrir

1995-yilda, xususiylashtirish endi boshlanib kelinayotgan davrda tuzilgan. 370 ta oila aʼzolari shu yerda mehnat qilishadi. Sohasi koʻp qirrali: chorvachilik, dehqonchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan.

tahrir

1996-yilda tuzilgan paytda unga 1221 kishi aʼzo boʻldi. Dehqonlari asosan sabzavotchilik va gʻallachilik bilan shugʻullanadi. Raisi Yuldashov Murod.

Qorabuloq koʻrinishi

Qorabuloq qishloq hokimiyati

tahrir

Qishloq hokimiyati deganda shu qishloqni, hududni boshqarish usuli, faoliyati va boshqarilish natijasi tushunilgan. Qadimda Qorabuloq hududidagi oʻgʻuz qabilalarida boshliqlarni Bek deb atashgan. Islomga oʻtgach. amirlar, moʻgʻullar istilosidan soʻng Boʻlis (Ulus), chorizm davrida Volost, Sovet davrida qishloq soveti raisi va nihoyat mustaqillikka erishgach, Hokim boshqaradigan boʻldi.

Boʻlislik boshqarish davrida Qorabuloq boʻlislari – Anormat, Saydaxmat va Isolar boʻlishgan. Tulkiboshi, Mankent, Shayan hududlari ham Qorabuloq boʻlisligiga qaragan. Oktabr inqilobidan soʻng har bir qishloq alohida boʻlislikka aylandi. 1925-yildan soʻng Qorabuloq qishloq soveti tuzildi. 1936-yili Koʻlkent (Qizilqishloq), 1996-yilda Oris hokimiyati ajralib chiqdi. Shunday qilib hozirgi kunda Qorabuloq hududida 10 ga yaqin qishloq hokimchiligi mavjud boʻlib, har biri mustaqil oʻz hududlarini boshqarayotgan boʻlsada, ular oʻrtasida iqtisodiy, madaniy, maʼnaviy hamkorlik aloqalari yuqori darajada yoʻlga qoʻyilgan.

Hozirgi kunda Qorabuloq qishloq hokimiyati qadimgi hudud yerining 3/1 qismini boshqaradi. Qolgan qismi Koʻlkent (Qizilqishloq), Oris, Mashat, Jambul, Mankent, Oqsuv hokimiyatlariga qaraydi.

Qorabuloq qishloq hokimiyati hisobida 45 mingga yaqin aholi, 12 mingdan ortiq xonadon, katta kichik 6 ishlab chiqarish shirkati, 450 dan ortiq dehqon xoʻjaliklari, 12 ta oʻrta, toʻliqsiz oʻrta maktab va kollej, mashina-traktor stansiyasi, kasalxonalar, tadbirkorlik korxonalari bor. Hokimiyat mahalla oqsoqollariga suyanib, ular bilan hamkorlikda ish olib boradi. Qorabuloq qishloq hokimiyati yonida 12 ta mahalla qoʻmitalari ishlab turibdi[40].

Qorabuloq qishlogʻini boshqargan hokimlar

tahrir
  1. Quvonov Juman – (1929-1936-yillar)
  2. Chalaboyeva Gulxon – (1936-1937-yillar)
  3. Mingliboyeva Tugma – (1938-1940-yillar)
  4. Sherboʻtayev Shertoy – (1940-1941-yillar)
  5. Beknazarov Ergash – (1943-1945-yillar)
  6. Koshanov Zodibek – (1945-1951-yillar)
  7. Yusupov Islomqul – (1951-1954-yillar)
  8. Xoliqulov Toʻychi – (1954-1955-yillar)
  9. Toshtenov Ergash – (1955-1957-yillar)
  10. Asqarov Abduraim – (1958-1959-yillar)
  11. Nizomov Adham – (1960-1970-yillar)
  12. Shamurodov Abdulla – (1971-1972-yillar)
  13. Sultonov Rahmon – (1973-1975-yillar)
  14. Sayapova Daryo – (1975-1984-yillar)
  15. Abdazov Gʻulom – (1985-1987-yillar)
  16. Mukhiddinov Sadriddin – (1987-1996-yillar)
  17. Qoratoyev Faxriddin – (1996-2004-yillar)
  18. Mirzatoyev Baxtiyor – (2004-2007-yillar)
  19. Saidmurodov Abdugʻani – (2007-2010-yillar)
  20. Nishonqulov Olimjon – (2010-2013-yillar)
  21. Ibragimov Zokirjon – (2013-2015-yillar)
  22. Abduqodirov Abdugʻofur – (2015-2020-yillar)
  23. Shodiyev Maʼmurjon – (2020-2021-yillar)
  24. Abdulahatov Komiljon – 2021-yildan boshlab qishloqni boshqarmoqda

Jamoa boyligini yaratayotganlar

tahrir

Yuqorida keltirilganidek, Qorabuloqqa kelib oʻtroqlashgan qadimgi ajdodlarining asosiy kasbi dehqonchilik boʻlgan va shu kasb bilan nom qozonib, hozirgacha el-yurt boyligini yaratib kelayotganlar ana shu zahmatkash dala xizmatchilaridir. Oktabr inqilobigacha Qorabuloq hududining deyarli hamma yeri dehqonchilikka yaroqli boʻlib, el-yurtni toʻydirib, chetga ham mahsulot chiqarilgan. Inqilobdan soʻng dehqonlar birlashib shirkat boʻlib ishlay boshladilar. 1929-yilda birinchi kolxoz tuzildi, 1930-yildan soʻng kolxozlar koʻpayib, ular soni 15 taga yetdi: Rabochiy, Molotov, Qaynarbuloq, Gʻayrat, Baynalminal, Inqilob, Paxtazarbdor, Madaniy, Yangi turmush, Xrushchev va boshqalar. Urushdan keyin kolxozlar yana qoʻshildi va 70-yillarda Qorabuloqda bitta A. Navoiy nomli sovxozga aylantirildi. 1980-yilda bogdorchilik va uzumchilikga ixtisoslashgan „Ak-su“ nomli sovxoz A.Navoiy nomli sovxoz hududidan ajratilib tashkil qilindi. 1990-yillarda sovxozlar yana boʻlina boshlandi, shirkatlar, dehqon xoʻjaliklari yuzaga keldi. Hozirgi kunda qishloqda 7 ta: A.Navoiy, Oqsuv, Gʻayrat, Qorasuv, Koʻlkent, Koʻlkent ota, Navroʻz shirkatlari mavjud hamda 450 ga yaqin dehqon xoʻjaliklari paydo boʻldi. Xoʻjalik shakli oʻzgargani bilan el-yurt boyligini yaratuvchi dehqon mehnati qadimiyligicha qoldi.

Qorabuloq qishlogʻida sportning asosan voleybol va futbol turlari yaxshi rivojlangan[41]. Qishloqning 12 ta voleybol komandasi bor. Qorabuloq voleybol federatsiyasining prezidenti Abduazim Umarovdir. 2013-yil Respublika boʻyicha Voleybol chempionatida Qorabuloq voleybol komandasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Qorabuloq futbol federatsiyasi

tahrir

2012-yil iyun oyidan boshlab Qorabuloq futbol federatsiyasi rivojlanishi yaxshi yoʻlga qoʻyildi. QFF prezidenti boʻlib Badriddin Nishanqulov saylangandan buyon koʻplab ishlar amalga oshirildi. Bundan asosiy maqsad Qorabuloq qishlogʻida futbolni jonlantirib[42], butun respublika raqobatiga tayyorlash. 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha Qorabuloq qishlogʻida 5 ta stadion bor.

QFF klub trenirlar tizimi

tahrir
  • Rabochiy – T.Qodirqulov
  • Markaz – Z.Nishantayev
  • Furqat – B.Tursunqulov
  • Hamza – D.Toshmetov
  • Koʻlkent – A.Abdujalilov
  • Komunizm – O.Ismailov
  • Oris – A.Niyazmetov
  • Qaynarbuloq – K.Qosimbekov
  • Oqsuvobod – Z.Maxammedov
  • Gʻayrat – E.Toshmetov
  • Dalabozor – B.Gʻoipnazarov
  • Navoiy – Gʻ.Almetov

Kasb-hunar, savdo-tijorat

tahrir

Qorabuloq hududida kasb-hunar, savdo-tijorat sohasi uzoq-uzoq hududlarga qadimdan maʼlum boʻlgan. Bir tomondan Buyuk Ipak yoʻlida joylashganligi, ikkinchi tomondan xalqining kasb-hunarmandchilikka mohirligi, savdo-sotiqning oʻta gavjumligi qadimdan hozirgacha hududning shuhrat va mavqeini yoʻqotmay keladi. Bu yerga mahalliy hunarmandlardan tashqari Samarqand, Toshkent, Isfijob, Turkiston, hatto ajnabiy ellardan ham kasb-hunarmandlar kelib joylashganlar. Qishloqda kasb-hunarning hamma turi boʻyicha sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Eng nozik zargarlik buyumlaridan tortib, degrezchilik (temir, choʻyan buyumlar quyish) gacha, imorat solishdan tortib jihozlash, bezashgacha, toʻquvchiligu tikuvchilikkacha, xullas hudud xaridorlari talabiga mos mahsulotlar tayyorlagan. Isfijob, Taraz, Oʻtror va undan ham uzoq ajnabiy ellarda Qorabuloq ustalari, dehqonlari, chorvadorlari yetishtirgan buyum va mahsulotlariga ham talab katta boʻlgan. Bu holat bugungi kunda ham ahamiyatini yoʻqotganicha yoʻq. Hozirgi kunda asrlar osha xalq eʼzozlab kelgan kasb-hunarlarning ayrim turlari unutilib ketgan boʻlsa ham, Qorabuloq hududi shuhrati hamon mashhur.

Adabiyot, madaniyat va sanʼat

tahrir

Har bir katta va kichik xalqlarning oʻziga xos madaniyati, adabiyoti va sanʼati boʻlgani kabi Qorabuloq hududi xalqining ham oʻziga xos qadimdan davom etib kelayotgan yuksak madaniyati va sanʼati boʻlib, u oʻtmishdagi sanʼatkor ajdodlari anʼanalari bilan chambarchas bogʻliq. Qorabuloq qishlogʻidan yetishib chiqib, Oʻzbekistonda tanilgan Mahkam Maxamedov, Sadulla Anorqulov, Gʻiyos Boytoyev, Mehmonqul Islomqulov, Savron Javlonov kabi sanʼat va madaniyat xodimlari, Qorabuloq qishlogʻidan chiqib elga tanilgan Yusufaliev, Yusufjon Saydaliev, Irismat Yunusmetov, Inobat Qoʻchqorova, Soatoy Kamolova kabi talantli shoirlari Qorabuloq xalqining faxri hisoblanadi. Qorabuloq qishlogʻida xalqqa tanilgan yosh, talantli xonandalar, mohir soʻz ustalari juda koʻp.

Madaniyat

tahrir

Xalq orasidan chiqqan isteʼdodli sozandalar, qoʻshiqchilar juda koʻp. Qishloqda madaniyat uyidan tashqari doirachilar dastasi, „Laparchi buvilar“ guruhi tuzilgan. Ular „Sayram isteʼdodlari“ 2000-2001-yilgi festivallarida gʻolib va sovrindorlar deb topildi. Qishloqda 12 ta kutubxona bor. Ulardagi umumiy kitob jamgʻarmasi 35 ming dona.

Jamoat tashkilotlari

tahrir

Qishloqda urush va mehnat faxriylari kengashi (raisi Islomqul Yusupov), xotin-qizlar kengashi (raisasi Daryo Sayapova), yoshlar tashkiloti (raisi Alijon Rashidov) va „Sarboz“ guruhi (raisi Zafar Rahmatullaev) tuzilgan. Ular qishloqning tinch-osuda hayotini taʼminlash yoʻlida xizmat qiladi. Ayniqsa, biylar kengashining oʻrni oʻzgacha. Qishloqning toʻbebiyi Egamtoy Rustambekov oʻz ishida mahalla qoʻmitalari raislariga suyanadi.

Eʼtiqod va muqaddas dargohlar

tahrir
 
Qorabuloq qishlogʻidagi markaziy masjid

Qorabuloq xalqida „ona yerni tepma, har bir qadamda minglab ajdodlarimiz yotibdi“, degan oʻgit tarqalgan. Mahalliy aholi hududning har qadamini muqaddas hisoblaydi va bu hududda yashab oʻtgan ajdodlar tarixini ardoqlaydi. Hududdagi tarixiy joylar, avliyo va ajdodlar qabrlari aniqlanib, tozalanib, obodonlashtirilib, ziyoratgohlarga aylantirilgan. Mintaqaga IX asrda kirib kelgan islom diniga eʼtiqod qiluvchi aksariyat mahalliy aholi tomonidan bu ishlar ijobiy qabul qilinadi. Endigina diniy eʼtiqodga erkinlik berilisining birinchi kunlaridanoq, qishloqning bir guruh faol oqsaqol otaxonlari tashabbusi bilan, qishloq xokimi S.Mukhiddinov, A.Navoiy momli xojaligi rahbari B.Avezov va qishloq imomi A.Toshmetovlar hamjixadligida, qishloq Jomiy Masjidi qurilishi boshlandi.

Qishloq Jomiy Masjidining poydevori 1991-yil mart oyida boshlandi. Qurilish mutloq xalq xashari bilan olib borildi. Xar kuni, qishloq xokimiyati hududidagi mavjid 33 (shu paytdagi) mahalla qomita raislari boshchiligida, aholi navbatma-navbat tegishli mahallalardan jon kuydirib xasharga qatnasdilar. Mart oyida qurilishi boshlahgan bu yirik inshootning shu 1991-yili oktabr oyida tomi yopilib, eshik-derazalari ornanildi va birinchi Muborak Juma hamozi oqildi. Keyinchalik, xuddi shunday xalqning ahilligi va xokimiyatning gamxorligi yoli bilan, muddati 2-3 yil davomida, deyarli barcha maxallalarda xam masjitlar qurildi.

Qorabuloq ajdodlari yashab oʻtgan shahar, qishloq, turar joy oʻrinlari, yodgorliklari ihotalanmoqda. Hozirda Qorabuloq hududida 10 dan koʻproq qadimgi ajdodlari qabr-mozor qoldiqlari va hozir harakatdagi 50 dan koʻproq qabr yodgorliklari, fuqarolar qurgan va qurayotgan masjid-madrasa, koʻprik, toʻgʻon, yoʻl va xalq manfaati uchun qilinayotgan qurilish ishlari ham muqaddas dargohlar qatorida eʼzozlanadi.

Xalqlar doʻstligi va urf-odatlari

tahrir

Qorabuloq hududi baynalmilaldir. Xalqlar doʻstligi masalasi juda qadimdan Qorabuloq zamini xalqlari qoniga singib ketgan anʼanadir. Chunki Qorabuloq hududi katta Karvon yoʻlida va gavjum savdo-tijorat markazi boʻlgani uchun hududga turli elat vakillari kelib-ketib, mahalliy xalq – oʻgʻuzlar bilan muloqot qilganlar, aralashganlar. Hozirgacha davom etayotgan bu doʻstlik, quda-andalik, ulfat-joʻralik, tanish-bilishlik juda qadimdan boshlanib, hozir yanada mustahkamlanib bormoqda. Qorabuloq bilan Jambul, Mingboy qishlogʻi, Qorabuloq bilan Madaniy – Jana turmus, Partsyezd, Qaynarbuloq bilan Oʻshaqti, Jogʻalboy va boshqa ovul xalqlari totuv yashab kelgan. Atrofidagi hududlarning moli, yem-xashagisiz, gʻallasisiz Qorabuloq boʻlmaganidek, Qorabuloqning sabzavot, sanoat mollari, hunarmandchilik buyumlarisiz chet hududlar ham rivojlanmagan boʻlar edi. Keyingi paytlarda Qorabuloq xalqining deyarli toʻrtdan birining dehqonchiligi chet hududlarda boʻlib, bu doʻstlik, hamkorlikning yangi shaklini vujudga keltirdi.

Taniqli shaxslar

tahrir

Qishloqda tavallud topganlar

tahrir
 
Faxriylar xiyoboni
  • Toshtemir Rustamov – Kengash Ittifoqining qahramoni[43]. (vafot etgan)
  • Oʻsarqul Irisqulov – Akademik. Qozogʻiston xalq tabibi[44][45][46].(vafot etgan)
  • Jahongir Shopoʻlatov – Olim, professor, oʻnlagan ilmiy kitoblarning avtori.(vafot etgan)
  • Nurali Tojimaxammedov – Yirik tadbirkor(vafot etgan)
  • Badriddin Nishanqulov – Respublika „Doʻstlik“ assotsitsiyasining rais oʻrinbosari, viloyat kengashi deputati, NiK korporatsiyasining prezidenti[47].
  • Nurillo Ibodullayev – SSSR xalq maorif aʼlochisi(vafot etgan)
  • Abubakirov Murodjon – Janubiy Qozogʻiston gazetasining muharriri[48]
  • Fahriddin Qoratayev – Qozogʻiston Respublikasi Parlament majlisining sobiq deputati (2016-2023).

Transporti

tahrir

Qorabuloqda temir yoʻl stansiyasi va aeroport yoʻq. Qorabuloqqa eng yaqin temir yoʻl stansiya Oqsuvkentda joylashgan Mankent stansiyasidir, oraliq masofasi 18 km. Shuningdek Qorabuloqqa eng yaqin aeroport Chimkentda joylashgan orasidagi masofa 48 kilometrdir. Qorabuloqni Sayram tumanidagi boshqa aholi punktlari bilan avtomobil yoʻllari bogʻlab turadi.

Faktlar

tahrir

2012-yili aprel oyida Qorabuloqda maktab yoshidagi oʻquvchilar orasida oʻz joniga qasd qiluvchilar, yaʼni oʻzini osib qoʻyayotganlar koʻpaydi[49]. Shu kasofatni yoʻqotish va oldini olish uchun Qorabuoq xalqi oq tuyani qurbonlikka chaldi.[50].

Yana qarang

tahrir

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. ҚАЗАҚСТАНДЫ ЕТПЕН ҚАМТЫҒАН ҚАРАБҰЛАҚ
  2. Узбекское население Южно-Казахстанской области, 2014-02-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-02-15
  3. „Janubiy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-oktyabr.
  4. „Почтовые индексы Казахстана“. 2014-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-oktyabr.
  5. "Qozogʻiston" Milliy Ensiklopediyasi. 10-tom. – Almati: Qazaq ensiklopediyasi, 2007 – 704 b. – ISBN 9965-893-11-X
  6. Shayhi Axmet Ishan[sayt ishlamaydi] islam-orkeniet.kz
  7. Turkistonning uch xonlikka boʻlinishi, 2014-03-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-02-01
  8. Fierman, William. „Uzbekistan.“ Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, WA: Microsoft Corporation, 2008.
  9. 9,0 9,1 Mayhew, Bradley; Richard Plunkett, Simon Richmond. Lonely Planet Central Asia, 2, Lonely Planet Publications, 2000 — 34, 159-bet. ISBN 0-86442-673-9. 
  10. 10,0 10,1 Soviet Central Asia: The Failed Transformation William Fierman: . Boulder: Westview Press, 1991 — 17-bet. 
  11. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named FPM
  12. Tishkov, Valeriy. Ethnicity, Nationalism and Conflict in and after the Soviet Union: The Mind Aflame. London: Sage Publications, 1997 — 30-31-bet. 
  13. Өзіміздің өзбектер, 2013-07-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-07-09
  14. Қарабұлақ қауқары, 2014-02-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-04-23
  15. Билік,Үкімет Қарабұлақ қауқары, 2014-02-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-08
  16. Bұl auilgʻa jұmissizdiq jat (Wayback Machine saytida 2014-02-21 sanasida arxivlangan) egemen.kz
  17. Sayram audani auildiq okrugterіnің 2020-2022 jildargʻa arnalgʻan byujedterі turali. Arxiv
  18. ИССЛЕДОВАНИЯ ПО САМЫМ ДРЕВНИМ ОГУЗСКИМ ГОВОРАМ, 2013-11-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-10-13
  19. „Демоскоп Weekly - Приложение. Всесоюзная перепись населения 1939 года“. www.demoscope.ru. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyun.
  20. [http://www.demoscope.ru/weekly/ssp/ussr59_reg3.php Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1959 g. Chislennost selskogo naseleniya soyuznix respublik (krome RSFSR) – jiteley selskix naselennix punktov – rayonnix sentrov po polu]
  21. [http://www.demoscope.ru/weekly/ssp/ussr79_reg3.php Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1979 g. Chislennost selskogo naseleniya soyuznix respublik (krome RSFSR) – jiteley selskix naselennix punktov – rayonnix sentrov po polu]
  22. Yusufjon Saydaliev, Abdurahim Pratov. // Sayramnoma. – Almati: Dala, 2002. – 431 b.
  23. Kak jivyot selo Karabulak na yuge Kazaxstana, gde 95% naseleniya – uzbeki.
  24. XALIQ ALDINDAGʻI YeSYePTІK KYeZDYeSULYeR JALGʻASUDA
  25. SAYRAM SAPARINIҢ SIYI[sayt ishlamaydi]
  26. Yelіmіzdegі eң үlken auil
  27. Pogoda v Karabulake
  28. Auildastarima rizamin. Qashanda qoldaugʻa әzіr tұradi (Wayback Machine saytida 2020-12-02 sanasida arxivlangan) uakit.kz
  29. [<iframe src="https://www.facebook.com/plugins/post.php?href=https%3A%2F%2Fwww.facebook.com%2Fkarabulak.akimat%2Fposts%2Fpfbid0v5hjJVcnkvJEcpB69mxh7vdAYKQhdi38WHgsceDENV4n7GzEsYKL6xhACyFYP1Kfl&show_text=true&width=500" width="500" height="806" style="border:none;overflow:hidden" scrolling="no" frameborder="0" allowfullscreen="true" allow="autoplay; clipboard-write; encrypted-media; picture-in-picture; web-share"></iframe> JAҢA JIL QARSAҢINDA QҰQIQ BҰZUShILIQTIN ALDIN ALAYIQ!]
  30. Yusufjon Saydaliev, Abdurahim Pratov. // Sayramnoma. – Almati: Dala, 2002. – 431 b.
  31. Sayram tumanidagi maktablar roʻyxati, 2015-04-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-09-27
  32. TOO "SRYeDNYaYa ShKOLA IMYeNI „NIZAMXANA SULAYMANOVA“
  33. Qaji salgʻan mektep[sayt ishlamaydi]
  34. Қарабұлақта қарбалас тіршілік, 2013-12-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-30
  35. Q.Aytaxanovtiң deputattiq sauali
  36. „Новую школу в селе Карабулак ЮКО открыли ко Дню Астаны“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-mart.
  37. Tүrkіstan oblisinda jaңa mektep ashiladi
  38. Belgіlі xaliq emshіlerі
  39. V Sayramskom rayone otkrilsya mediko-ozdorovitelniy sentr „Al Kausar“
  40. Dalaboyev Abdumavlon. // Qorabuloq XXI asr boʻsagʻasida. – Qorabuloq: Kitap MChJ, 2001. – 90 b.
  41. Futbol men voleyboldi kult deңgeyіne jetkіzgen auilda „Qarabұlaq auili futbol federatsiyasi“ men „Qarabұlaq auili voleybol federatsiyasi“ atti ekі federatsiya bar
  42. Shimkentte Qarabұlaq auiliniң Superkubogі sarapqa salindi
  43. SSSR qahramonlari va yozuvchilari tarjimai hollari. Rustamov Toshtemir[sayt ishlamaydi]
  44. Өserqұl qajiniң өsietnamasi
  45. Tselitel
  46. Травы избавляют от недугов, 2014-02-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-15
  47. Бадритдин НИШАНКУЛОВ, «Ник» корпорациясының президентi, облыстық мәслихаттың депутаты:, 2014-02-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-15
  48. Janubiy-Qozogʻiston viloyati hokimiyatining rasmiy sayti, 2014-02-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-02-04
  49. Үrey jaylagʻan auil otyrar.kz
  50. Kazaxi prinesli v jertvu verblyuda radi prekraщeniya samoubiystv

Havolalar

tahrir
Ushbu maqolani tinglang (28 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 11-avgust, 2022-yil(2022-08-11) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.