Oqsuvkent qishlogʻi — Janubiy Qozog'iston viloyati Sayram tumanining eng katta qishloqlaridan biri hisoblanadi. Sayram tumanining ma'muriy markazi. Aholi soni 34 366[3] (2012). Oqsuvkent koʻp millatli qishloq hisoblanadi va bu qishloqdan Oqsuv daryosi oqib oʻtadi. Oqsuvkent qishlogʻi viloyat markazi sanalmish Chimkent shahridan 27 km uzoqlikda joylashgan. Qishloqning avvalgi nomlari — Belie Vodi, keyinroq — Oqsu, hozirgi nomi esa — Oqsuvkent

Oqsuvkent
qishloq
42°26′0″N 69°51′0″E / 42.43333°N 69.85000°E / 42.43333; 69.85000 G OKoordinatalari: 42°26′0″N 69°51′0″E / 42.43333°N 69.85000°E / 42.43333; 69.85000 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Janubiy Qozog'iston viloyati
Tuman Sayram tumani
Hukumat
 • Akim Nurbo'lat Qaratay
Avvalgi nomlari Belie Vodi, Oqsuv
Aholisi
 (2012)
34 366
Milliy tarkib Oʻzbeklar , Qozoqlar, Ruslar, Turklar va boshqalar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72531[1]
Pochta indeks(lar)i 160800[2]
Avtomobil kodi X, 13
Oqsuvkent xaritada
Oqsuvkent
Oqsuvkent

Iqtisodiyot tahrir

Oqsuvkentda Kengash Ittifoqi davridan qolgan Mashinasozlar zavodi faoliyat yuritmoqda, shuningdek bu qishloqda oʻsimlik moyi va musallas (vino) tsexlari ham faoliyat yuritadi.

Ijtimoiy soha tahrir

Oqsuvkent qishlogʻida:

  • 11 ta umumiy bilim beruvchi maktablar (bilim sohasida 962 kishi ishlaydi)
  • 11 ta tibbiyot mahkamalari (1180 kishi ishlaydi)
  • 5 ta maktabgacha boʻlgan bilim mahkamalari (219 kishi ishlaydi)

Maktablari tahrir

Tarixi tahrir

Oqsuvkent qishlogʻi (avvalgi nomi Belavod) toʻngʻich uylar XVII asrda paydo boʻla boshladi. Rossiya — oʻz taʼsirini kuchaytirish maqsadida ichki viloyatlardan, Ukraina va Belarusiyadan odamlarni koʻchirishga imkoniyatining boricha kirishdi. Ularning bir guruhi oʻsha hududlarga joylashtirildi. 1917-yilda Kambagʻallar qoʻmitasi tashkil topdi va hokimyatni oʻz qoʻliga oldi. Yangi hokimiyat organlari boylarning yeri va molu-mulklarini privatizac’iyalashga kirishdi.

1919-yili Belavod qishlogʻida ilk artel tashkil topdi. 1935-yili tumanga Sayram nomi berilib, Oqsuv qishlogʻi uning maʼmuriy markazi boʻldi. Toʻngʻich kolxoz „Oqsuv“ 1930-yili tashkil etildi. Davlat tomonidan kolxozga 1000 g er boʻlinib, unga asosan bashoqli ekinlar ekildi. 1957-yili Oqsuv ,Qorasuv, Qizilsuv, Chapaev, Qizilqistau, Novasyolovka, Nikolaevka, Beskepe, Oqboy, qishloqlarining kichik xoʻjaliklari birlashtirilib katta „Pobeda“ kolxozi tashkillashtirildi. Uning tarixida boshliqlar — Stepan Platonovich Karpenko va Gennadiy Nikolaevich Vasilevlar katta hissalarini qoʻshdilar. „Pobeda“ millioner kolxozga aylandi

Iqlimi tahrir

Oqsuvkent iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 22,2 24,5 30,7 33,0 37,8 43,0 44,6 42,2 39,2 34,4 30,5 25,4 42,6
Oʻrtacha maksimal, °C 4,1 6,6 12,9 19,2 25,1 30,0 32,7 32,1 27,2 18,8 12,1 6,0 18,9
Oʻrtacha harorat, °C 0,7 1,6 7,6 13,6 19,1 23,7 26,3 25,3 19,9 12,3 6,4 0,9 13,0
Oʻrtacha minimal, °C −4,8 −2,7 3,0 8,3 12,9 16,7 19,1 17,9 12,8 6,6 1,7 −3,1 7,4
Mutlaq minimal, °C −31,1 −28,9 −23,9 −5 −2,8 5,5 7,8 7,0 −1,1 −12 −30 −26,1 −31,1
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 73 70 83 69 56 16 12 4 10 41 63 74 571

Manbalar tahrir

  1. „Janubiy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-noyabr.
  2. „Почтовые индексы Казахстана“. 2014-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-noyabr.
  3. Баспана салуға бос жер жоқ., 2013-12-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-23

Havolalar tahrir